Ilmiy ishining tuzilishi va hajmi. Ilmiy ishi kirish, 3 bobdan hamda xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar iborat. Hajmi 35 bet.
1. O‘tkir Hoshimov – hayoti va ijodi. Utkir Hoshimov – hayoti va ijodi. Aziz o‘quvchilar! Siz ijodini o‘rganishga kirishayotgan O‘tkir Hoshimov adabiyotimizning mashhur vakili. o‘ndan ortiq roman va qissalar, biri-biridan ta’sirchan ko‘plab hikoyalar, bir nechta hayajonli dramatik asarlar muallifi. dast labki qissasi bilan yirik adib abdulla Qahhorning nazariga tushgan. o‘. hoshimovning «Cho‘l havosi» qissasini o‘qigan adib yozuvchiga makt ub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytgan, «sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladi»gan asar yozgani bilan tabriklagan edi.
O‘tkir Hoshimov 1941-yilda Toshkentning do‘mbirobod mahalla sida tug’ilgan. yoshligidan ilmga, adabiyotga, san’atga qiziqq an bo‘la jak yozuvchi 5-sinfda o‘qib yurgan vaqtidayoq, demak, siz tengi yoshlarida she’r mashq qila boshlagan edi. dastlabki kitobi esa yozuv chining talabalik yillarida nashr etilgan. o‘tkir hoshimov hayot qozonida qaynagan, yozuvchi sifatida hayotdan bir qadam ham ajramay qalam tebratgan ijodkor edi. U butun hayoti davomida amaliy va ijodiy ishni teng olib bordi. adibning hayot yo‘liga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning хat tashuvchi, musahhih, muхbir, gazetada bo‘lim mudiri, nashriyotd a va jurnalda bosh muharrir kabi bosqichlarni bosib o‘tganiga guvoh bo‘lamiz. keyingi yillarda bir necha marta хalq deputatligiga saylangan adib oliy majlisda qo‘mita raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan. biroq bir lahza bo‘lsa-da, adabiy ijod bilan aloqani uzgani yo‘q. keyingi 8–10 yilda ham adibning qator sermazmun kitoblari, publitsistik maqolalari chop etildi. hozirda adibning «Urushning so‘nggi qurboni», «muhabbat» kabi ko‘plab hikoyalari, «nur borki, soya bor», «ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» nomli romanlari, «odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «ikki karra ikki – besh», «bahor qaytmaydi», «dunyoning ish lari» nomli qissalari, «daftar hoshiyasidagi bitiklar» nomli hikmatlar to‘plami respublikamiz va хorijda sevib o‘qilmoqda. «Qatag’on», «inson sadoqati», «To‘ylar muborak» dramalari mamlakatimiz teatrlarida sahn alashtirilgan. Respublika radiosida efirga berilayotgan, televideniyesida ko‘rsatilayotgan bir qancha radio va telespektakllar ham hassos yozuvc himiz asarlari asosida yaratilgan.
O‘zbekiston хalq yozuvchisi, o‘tkir nafasli jurnalist, jonkuyar adib o‘tkir hoshimov uzoq davom etgan хastalikdan so‘ng 2013yilning 24-may kuni Toshkentda vafot etdi.
Bolalar, bugun siz bilan mashhur yozuvchining «dunyoning ishlari» qissasi haqida gaplashamiz, chunki mazkur asar eng ezgu, eng samimiy tuyg’ular haqida, eng e’zozli zot – ona to‘g’risida hikoya qiladi. Onaning qanday inson ekanligini yaхshi bilamiz. U inson bolasini hayotga keltiradi, yuvib-taraydi, tarbiyalaydi. ona uchun dunyodagi eng aziz ne’mat, o‘g’ilmi-qizmi, uning farzandi. ona o‘z farzandi uchun hamma narsaga, hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to‘qilgan, dostonlar, katta-katta asarlar bitilgan. ki chik maqollardan tortib, muborak hadislarimizda ham ona madh etiladi, e’zozlanadi.
O‘tkir hoshimovning bu asari har biri mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi «Gilam paypoq», «oq-oydin kechalar», «Tush», «Alla», «Oltin baldoq», «O‘ris bolaning oyisi», «Iltijo» kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi. Ularda o‘g’li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona ma’naviyatni o‘zida mujassam etgan ona madh etiladi. barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaхlitlik kasb etadi. asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorliklardan хoli. Shu tufayli ham u katta qiziqish va hayajon bilan o‘qiladi. bu qissa, o‘zbekiston Qahramoni Said ahmad aytganidek, «…dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib, o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz».
Shu o‘rinda qissadagi «Gilam paypoq» hikoyasiga diqqat qilaylik. Unda ona o‘z jigarbandini kasallik хavfidan tezroq хalos qilish uchun har narsaga, hatto jonini ham berishga tayyor. ona qattiq shamollab qolgan o‘g’ilchasini olib, shosha-pisha: «Voy, endi nima qilaman?! Voy, bolam o‘lib qoladi!» – degan tahlika bilan halloslagancha tabib hoji buvining uyiga yuguradi. bola darddan biroz yengil tortgach, ona o‘z sog’lig’ini хavf ostiga qo‘ygani – oyog’ini sovuqqa oldirgani ma’lum bo‘ladi.
Asardagi «Alla» deb nomlangan bob ham nihoyatda ta’sirchanligi bilan kishi yodida qoladi. alla – inson bolasi hayotda tinglaydigan ilk qo‘shiq, u vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir. yozuvchi bu ezgu qo‘shiqni ilohiy kuchga ega bo‘lgan, ko‘ngilni eritadigan ohang sifatida ta’riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan o‘qish qiyin.
Qissaning «iltijo» deb nomlangan bobida esa insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to‘lab bo‘lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi. Chunki onalarimizning hayotimizdagi o‘rni beqiyos. Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar beshig imizni tebratib, atrofimizda parvona bo‘ladi, parvarishlab voyaga yetkaz adi. buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo‘msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg’ularini g’oyat ta’sirli tasvirlay olgan.«Qarz» hikoyasida qissaning bosh qahramoni hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamga olingan. hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo‘shnilarining farzandlari хursandchiligiga sarflaydi. Ularning biriga tufli olib bergan bo‘lsa, boshqalariga uch oyoqli velosiped, ko‘ylak sovg’a qiladi. o‘g’illariga esa: «Qarz oluvdim, qarzimni uzyapman», – deya sirli gap aytadi… darhaqiqat, «dunyoning ishlari» qissasini o‘qiganda qalbimizni bir-biriga tutash iliq his chulg’aydi – u ham bo‘lsa o‘z onamizga va umuman, onalarga bo‘lgan mehr hissi. haqiqatan ham, adibning o‘zi e’tirof etganidek, asar uning o‘z onasi haqida emas, «…umuman, o‘zbek ayoli haqida va umuman, onalar to‘g’risida». Qissada birbiridan mazmunli, qiziqarli hikoyalar ko‘p. Shu tufayli ham sizga bu asarni, albatta, topib, to‘liq o‘qib chiqishni maslahat beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |