Ko‘rsatkichlar nomi
|
2018-y.
|
2019-y.
|
2020-y.
|
2021-y.
|
2022-y.
|
2023-y.
|
2024-y.
|
2025-y.
|
1.
|
O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar soni (ming kishi)
|
4 800
|
5 889,9
|
6 302,2
|
6 743,3
|
7 282,8
|
7 865,4
|
8 494,7
|
9 089,3
|
2.
|
Turizm xizmatlari eksporti (mln AQSh dollari)
|
951
|
1 166,9
|
1 271,9
|
1 399,1
|
1 553
|
1 739,4
|
1 965,5
|
2 232,8
|
3.
|
Ichki turistlar soni (mingta tashrif)
|
14 000
|
15 640
|
17 230
|
18 806
|
20 317
|
21 867
|
23 404
|
25 010
|
4.
|
Mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalari soni (dona)
|
910
|
1 098
|
1609
|
2 394
|
2 562
|
2 715
|
2 851
|
2 994
|
5.
|
Joylashtirish vositalaridagi xonalar soni (ming)
|
22,0
|
24
|
33,7
|
48,7
|
52,1
|
55,2
|
58,0
|
60,9
|
6.
|
Joylashtirish vositalaridagi o‘rinlar soni (ming)
|
47,8
|
52,5
|
73,6
|
105,9
|
113,3
|
120,1
|
126,1
|
132,4
|
7.
|
Turoperatorlar soni (nafar)
|
957
|
1 053
|
1 158
|
1 262
|
1 325
|
1 458
|
1 531
|
1 676
|
Mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘la turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan to‘liq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi, hamma o‘z bilganicha faoliyat yuritib keldi.
Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida belgilandi. Prezidentning 2017-yil 16-avgustdagi qarori bilan 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Joriy yil fevral oyining o‘zida Prezidentning shu sohaga doir 4 ta muhim hujjati qabul qilingani davlatimizning turizm rivojiga yuksak e’tiboridan dalolat bo‘ldi. Ushbu hujjatlar bilan sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish, turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi, ichki turizmni yanada rivojlantirishga ko‘plab imtiyozlar,yengilliklarberildi.
Shavkat Mirziyoyev turizmning iqtisodiyotdagi o‘rnini alohida ta’kidlab, mamlakatimizda bu boradagi ahvol va sohani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligini birma-bir tahlil qildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning mintaqaviy tuzilmalari shtat birliklari oshirilgani, hududlarda turizm departamentlari va boshqarmalari, hokim o‘rinbosarlari lavozimlari tashkil etilgani mazkur tashkilotlarning imkoniyatlarini kengaytirdi.
Joriy yilning 10-fevralidan boshlab Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Isroildan kelayotgan turistlarga mamlakatimizda 30 kungacha vizasiz bo‘lishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, 39 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirildi. 2018-yil 1-iyuldan elektron vizalar joriy qilinadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, turizmning barcha istiqbolli yo‘nalishlarida sayyohlar sonini ko‘paytirish, turizm xizmatlari real eksportini 5 yil ichida kamida ikki barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.Turizm salohiyatini oshirishda aviaqatnovlarning tutgan o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab sayyohlarning qariyb 60 foizi eng qimmat ekaniga qaramasdan, havo transportidan foydalanadi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining bu boradagi sustkashligi qattiq tanqid qilindi. Aviachiptalar narxini optimallashtirish, yangi reyslar ochish, tranzit yo‘lovchilarni tashish imkoniyatini oshirish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish bo‘yicha natijali ish olib borilmayapti.
Shundan kelib chiqib, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi oldiga qator vazifalar qo‘yildi. Ularga muvofiq, aviakompaniya tizimiga zamonaviy marketing joriy etiladi, dunyo aeroportlarida mavjud bo‘lgan maxsus moslamalar, mobil aloqa vositalari yordamida aviachipta sotib olish imkoniyatlari yaratiladi.
Chet el tajribasini o‘rganish asosida “Qarshi” aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy qilinib, sayyohlarga keng erkinlik yaratilmoqda. Kelgusida shunday tizim Andijon, Nukus va Navoiy aeroportlarida ham qo‘llanadi.
Fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga kiritilgan xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari va Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qilmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 30 kun muddatga bir martalik, ikki martalik va koʻp martalik kirish uchun “e-visa.gov.uz” portali orqali “E-VISA.UZ” tizimi yordamida elektron vizani rasmiylashtirishlari va olishlari mumkin.
Elektron vizani rasmiylashtirish va berishga doir murojaatni koʻrib chiqish muddati murojaat berilgan kundan tashqari ikki ish kunini tashkil etadi (Nizomning 6-b, 2018-yil 4-iyuldagi 3836-son qarorga 1-ilova.
Xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun elektron kirish vizasini rasmiylashtirish va berish uchun konsullik yigʻimlari miqdori quyidagicha belgilangan:
- 20 AQSH dollari - bir martalik;
- 35 AQSH dollari - ikki martalik;
- 50 AQSH dollari - koʻp martalik.
Xulosa
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5048-sonli “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “2019 – 2021-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi 1053-son qarorlar ijrosi yuzasidan viloyatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, VMning 1053-sonli qarorining 2-ilova 23-bandiga asosan Parkent tumanidagi “Kumushkon turistik qishlog‘i”ni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasiga bosh boshqarma xodimlari alohida eʼtibor qaratishmoqda. Unga ko‘ra tuman turizm va sport bo‘linmasi hamda Kumushkon mahalla fuqarolar yig‘ini bilan birgalikda mahallalarda toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.Amaliyot davrim mobaynida boshqarma xodimlarining bajarayotgan ishlarini taxlil qilib borishga harakat qildim.Ular tomonidan o’tkazilga targ’ibot ishlari natijasida viloyat hududida 40 dan ortiq mehmon uylari ochildi va bu raqamlar yil yakuniga qadar yana o’sishi kutilmoqda.Viloyat hududida 39 ta turoperator ham turagentlik firmalari mavjud bo’lib,ular kirish,chiqish va ichki turizm bilan bog’liq faoliyatlarni olib borishadi.Boshqarma bilan Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan bo’lib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqodchilari Butun jahon turizm tashkiloti (UNWTO) tomonidan e’lon qilingan “Hududlarda Qishloq turizmini rivojlantirishga qaratilgan” xalqaro loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, “Ovjazsoy” qishlog‘iga borishgan.
Izlanuvchilar- “Toshkent shahridan juda uzoq bo‘lmasada, havosi bir muncha shahar havosidan salqin, kislorodga to‘yinganligi bilan tashrif buyurganlarni e’tiborini tortar ekan. Qishloqning landshaft manzarasi, jilg‘alari, uylarning o‘ziga hos bir-biridan uzoq qurilganligi, yashash sharoitlari, qishloq turizimining barcha turlarini o‘z ichiga qamrab olgan jihati alohida tahsinga loyiq”-deya baho berishdi
Do'stlaringiz bilan baham: |