Toshkent viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasining
tashkil topish tarixi
Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda.
Sayohat ham faol turizm deb nomlanadi. Bunday sayohatlarda odamlar poyada, chang'i, ot, kayaklar yoki katamaraning uzoq masofasini engishadi. Bunday turizmning maqsadi jismoniy faoliyatdan zavqlanish, shuningdek stressli kurash, ma'naviy kuchlarni to'ldirishdir. Sport turizmi turli xil to'siqlarni engib, o'zidan engib o'tish, ularning qo'rquvi. Sportni dam olish turizmi shunchaki sport turizmi bilan chalkashtirmasligi kerak, unda odamlar turli xil to'siqlarni yengib o'tishda raqobatlashadi. Bunday burchakda turizmni to'ldirish vositasi bo'lib, u professional turizmga yaqinlashmoqda.
1-rasm.Turizm va Sport vazirligi tomonidan o’tkazilgan ot sporti musobaqasidan lavha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6199-son Farmoniga muvofiq:
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi.
Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida umummajburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli. Turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Turizm va sport vazirligi bilan kelishiladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatildi;
Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritildi;
Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati etib qayta nomlandi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafar etib belgilandi;
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati etib qayta nomlandi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 nafar etib belgilandi;
Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti etib qayta nomlandi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 7 nafar etib belgilandi;
10 ta shtat birligidan iborat Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tashkil etildi. Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi shtat birliklari O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining 10 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilandi.
Toshkent viloyati Turizm va Sport bosh boshqarmasi Toshkent viloyati Turizm departamenti negizida tashkil etilgan.
Hududiy bosh boshqarmalarning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi
Turizm,jismoniy tarbia va sportning rivojlanish holati monitoringini olib boradi,ularni hududda yanada rivojlantirish bo’yicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
Hududda vazirliklar,idoralarning hududiy bo’linmalari hamda boshqa tashkilotlarning turizm,jismoniy tarbiya va sport sohalaridagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hududda turizm,jismoniy tarbiya va sport sohalariga tegishli bo’lgan dasturiy metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi;
Turizm,jismoniy tarbiya va sport sohalarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga,shuningdek,ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar hududda o’tkazilishini muvofiqlashtiradi;
Hududdagi turizm,jismoniy tarbiya va sport namoyondalarini jumladan,turizm va sport faxriylari,sportchilar,trenerlar va boshqa mutaxassislarni davlat boshqaruvining boshqa hududiy organlari bilan birgalikda ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
Hududda turizm va sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi;
Mahalliy davlat hokimiyati organlari,fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari,ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda turizm,jismoniy tarbiya va sport sohalarini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
Xalqaro va Respublika darajalaridagi ommaviy sport tadbirlarining yagona kalendarini shakllantirdi va ushbu tadbirlarning hududiy boshqichlarini o’tkazadi;
Tegishli hududda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan qisqa,o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan yaxlit konseptsiya amalga oshirilganini ta’minlaydi;
Turizm resurslarini saqlash va rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;
Tegishli hududda turizm faoliyati rivojlanishini ta’minlaydi,yangi turizm yo’nalishlarini tashkil etishda ko’maklashadi;
Turizm sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalarda metodik va maslahat yordamini ko’rsatadi;
Tegishli hududda harakatlanish vaqtida turistlar va ekskursantlarning turistik resurslarga moneliksiz kirishini ta;minlashga ko’maklashadi;
Turizm salohiyatini rivojlantirish,turizmni rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan g’ovlarni bartaraf etish,shuningdek turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
Turizm va sport vazirligining tumanlar (shaharlar)dagi bo‘limlarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tuman (shahar)da samarali bajarish choralarini ko‘radi;
turizm resurslarini saqlash va rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;
turizm faoliyati rivojlanilishini ta’minlaydi, yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
joylarda turizm va sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi;
tegishli nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati rivojlanishiga yordam beradi;
tumanlar (shaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga o‘z vakolatlari doirasida amaliy yordam ko‘rsatadi;
tumanlar (shaharlar)ning turizm va sport yo‘nalishidagi resurslardan oqilona foydalanish choralarini ko‘radi;
joylarda sohaga oid tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
shahar va tuman miqyosida sohaga oid resurslar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yuritadi;
turizm, jismoniy tarbiya, sport va moddiy madaniy meros sohalarida targ‘ibot ishlarini olib boradi;
turizm, jismoniy tarbiya, sport va moddiy madaniy merosni rivojlantirish to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni amalga oshiradi va uni hududiy bosh boshqarmalarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda mahalliy ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlikni oshirish tadbirlarini tashkil etadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar beradi;
keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda sohani rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va tadbirlarini amalga oshiradi;
joylarda harakatlanish vaqtida turistlar va ekskursantlarning turizm resurslariga moneliksiz kirishini ta’minlashga ko‘maklashadi;
sifatli sport zaxirasini va Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish maqsadida iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, aholining ushbu musobaqalarda ishtirok etishi choralarini ko‘radi;
aholi keng qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |