4-rasm.Ertoshsoy hududida yo’l infratuzilmasini yangilash
Toshkent viloyati Parkent tumani Kumushkon turizm qishlog‘ida oilaviy mehmon uylari sonini ko‘paytirish, xizmat sifatini yaxshilash maqsadida viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi tashabbusi bilan tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman soliq inspeksiyasi va mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida targ'ibot va tashviqot ishlari olib borilib, oilaviy mehmon uylari ochish istagini bildirgan xonadon egalari bir paytning o‘zida ro‘yhatdan o‘tkazilganligini fotolavhalarda:
5-rasm.Targ’ibot ishlaridan lavha
4. Turizm va sport vazirligi tizimida foydalaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari
Zamonaviy axborot-almashinuv tizimi.Ushbu platformada har bir hodim uchun alohida login-parol orqali tizimga kirish yo’lga qo;yilgan.Joriy vaqtdagi nazorat qilish tizimiga ega va mutlaqo xavfsiz.Yagona elektron baza O’zbekistonda bo’lganligi uchun axborot xavfsizligi ta’minlangan.MF.IJRO.uz platformasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport Vazirligi tomonidan kelgan topshiriq ijrosiga qarab quyi tizimdagi tegishli xodimlarga vazifalar taqsimlanadi.Ushbu platformada ichi hujjatlar aylanmasi yo’lga qo’yilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3962-sonli qarori ijrosi yuzasidan vazirlik va idoralar ichida birinchi boʼlib Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan vazirlik markaziy apparatining 2018 yil 1 noyabrdan boshlab barcha hujjatlar aylanmasi toʼlaligicha “mf.ijro.uz” tizimiga oʼtkazish yoʼlga qoʼyildi.
6-rasm .mf.ijro.uz platformasining ko’rinishi
Mazkur “mf.ijro.uz” yagona idoralararo hujjatlar dasturi tizimiga oʼtishning quyidagi bir qator afzallik va qulayliklari mavjud, jumladan:
- mamlakatimizning istalgan joyidan turib Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining topshiriqlari ijrosini soʼzsiz taʼminlash va nazorat qilish;
- vazirlikka kelib tushayotgan barcha hujjatlar juda qisqa muddatda tegishli mutasaddi rahbar va ijrochilarga yetkazilishi;
- kelib tushayotgan hujjatlar xodim tomonidan istalgan joyda tezkorlik bilan qabul qilinishi va ijrosini oʼz vaqtida taʼminlash choralarini koʼrish imkonini berishi;
- vazirlikning www.mf.uz veb-sayti orqali elektron ravishda “PDF” formatda yuridik va jismoniy shaxslar bilan yozishmalar va murojaatlariga javob xatlarini yuklash, elektron arxiv bazasini yaratish.
2009 yili - "UNICON.UZ" davlat unitar korxona yangi brendi yaratildi. Shu yili:
- himoyalangan elektron pochta «E-Xat»;
- fayllarni saqlash himoya tizimi «HIMFAYL»;
- apparat-dasturiy moslama «E-kalit» ishlab chiqildi.
- umumiy va maxsus texnik reglamentlar «Telekommunikatsiya uskunalariga talablar», «Elektromagnit moslashuvchanlik to‘g‘risida», «Ochiq kalitlar infrastrukturasiga talablar» va «Pochta aloqasida xavfsizlik talablari»ni ishlab chiqish boshlandi.
Elektron hukumatning Yagona billing tizimi orqali yil boshidan beri umumiy qiymati 974 mlrd. so‘mlik 8,4 mln.dan ortiq tranzaksiyalar amalga oshirildi. Bu esa yo‘l va qog‘oz sarfi xarajatlari uchun 24,1 mlrd. so‘m tejalishiga erishildi.
Ushbu tizim davlat bojlari va yig‘imlarining to‘lov hujjatlarini shakllantirish, to‘lovlar shaffofligini oshirish imkonini beradi. 2021-yilda Yagona billing tizimining yangi talqini ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |