O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
______________________________________________fakulteti
|
|
______________________________________________kafedrasi
|
Ro’yhatga olindi № __________
|
|
Ro’yhatga olindi № __________
|
“______” ___________2021 y.
|
|
“______” ___________2021 y.
|
“Turizm va Servis” KAFEDRASI
TU-53 amaliyoti bo’yicha
Hisobot
Toshkent viloyati Turizm va Sport Bosh Boshqarmasi
Bajardi: Xalqaro turizm fakulteti, TU-53guruh talabasi Abduqodirova Movjuda
Ilmiy rahbar:Aliyeva M
Hisobot himoya qilingan hay’at a’zolari: _______________________________
______________________________
Himoya natijasi: “______”ball “_____”____________ 2021 yil
Toshkent-2021
Mundarija:
|
Kirish ……………………………………………………………
|
3
|
1
|
Toshkent viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasining tashkil topish tarixi ……….…………………………………………….
|
6
|
2
|
Toshkent viloyati turizm va sport bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilishi ………………………………………………………….
|
10
|
3
|
Toshkent viloyati turizm va sport bosh boshqarmasida ish yuritish texnologiyasi ……………………………………………………
|
14
|
4
|
Turizm va sport vazirligi tizimida foydalaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari………………………………………….
|
17
|
5
|
Turizm sohasining rivojlanish ko’rsatkichlari …………………..
|
21
|
5
|
Xulosa ……………………………………………………………
|
26
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………….
|
30
|
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasi jahon turistlik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, ekspertlarning tahlilishuni ko‘rsatmoqdaki, keyingi yillarda mamlakat turizm sohasi davlat investitsiyalarisiz va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini oshirib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Olimlar O‘zbekiston rahbarining mamlakatimizda, jumladan, ilm-fan va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va tub islohotlarga qaratilgan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashlarini taʼkidladilar.
«Biz, dunyoning turli mamlakatlari - Evropa, Osiyo va Amerikadan kelgan mutaxassislar, sizning bu sohadagi noyob tashabbuslaringizni har tomonlama qo‘llab -quvvatlashga tayyormiz. O‘zbekistonning madaniy merosini o‘rganish sohasida ish olib borar ekanmiz, har birimiz O‘zbekiston hududida bronza davridan boshlab, qadim zamonlardan buyon rivojlanib kelgan eng boy madaniyatning qadr -qimmatiga ishonamiz. Bu mamlakatning eng boy maʼnaviy va moddiy merosi jahon sivilizatsiyasi uchun abadiy qadriyatdir ”,-taʼkidladi Temuriylar sanʼati va tarixini o‘rganish uyushmasi (Fransiya) prezidenti va asoschisi Frederik Baupertuis-Bressand.
So‘nggi yillarda turizm sohasi mamlakatimizda milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biriga aylandi. Bu borada sohani jadallik bilan rivojlantirishga qaratilgan 90 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
2021 yilning 15 mart holatiga ko‘ra, 90 ta xorijiy mamlakat uchun vizasiz rejim tatbiq etildi. 2018 yil 15 iyuldan elektron kirish vizalarini berish tizimi yo‘lga qo‘yildi va bu tizimdan 57 ta davlat fuqarolari foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
2016 yilda 1,3 million nafar xorijiy davlat fuqarolari mamlakatimizga sayyoh sifatida tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilda 6,7 million nafarga yetdi.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonga ziyorat maqsadida uzoq xorij davlatlaridan tashrif buyurayotgan sayyohlarning sonida o‘sish kuzatilmoqda. Xususan, 2018 yilda uzoq xorij davlatlaridan 325 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, ularning 35 foizi, yaʼni 115 ming nafari musulmon sayyohlari hisoblanadi. 2020 yilda uzoq xorij mamlakatlaridan yurtimizga jami 83 ming nafar sayyohlar tashrif buyurgan bo‘lib, bunda musulmon sayyohlarning soni 49 787 nafar (59 foiz) ni tashkil qildi.
Turizm sohasida qilinayotgan islohotlar natijasida turizm va sport sohalari rivojiga to’sqinlik qilayotgan muammolar muhokama qilindi. Turistik yig’imlarning yulduz toifasidan ajratilishi, turistik yig’imlarni to’lash mexanizmlarini soddalashtirish, otelyerlar uchun QQS'ni soddalashtirish, xizmatlarni tasniflash uchun standartlarni takomillashtirish shular jumlasidandir.
22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi fikrlarni bildirdi:
«Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan.
Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim.
Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq ishga solish lozim».
Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimiz mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida turizm haqida so‘z yuritar ekan, bunday serdaromad soha rivoji e'tibordan chetda qolib kelayotgani, uning O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligini alohida ta'kidladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |