O’zbekiston respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Farmatsevtika ta 'lim va tadqiqot instituti Farmatsiya fakulteti



Download 67 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi67 Kb.
#543932
Bog'liq
11-mavzu


O’zbekiston respublikasi
oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi


Farmatsevtika ta 'lim va tadqiqot instituti
Farmatsiya fakulteti
102 A guruh talabasi Bahadirova Diana
MAVZU : Gimnastika rivojlanishining tarixi

MUSTAQIL ISH


Bajardi: Bahadirova Diana
Tekshirdi: ___________


Toshkent-2022

Gimnastika rivojlanishining tarixi


Reja:

1. Gimnastikaning kelib chikishi.
2. Gimnastika boʼyicha milliy tizimlarni tashkil etish.
3. Gimnastikaning nemis tizimi.
4. Gimnastikaning frantsuz tizimn.
5. Gimnastikaning shved tizimi.
6. Rossiya gimnastikasining oʼziga xos xususiyatlari.
7. Sobik ittifok davrida Gimnastikaning rivojlanishi.

Jismoniy tarbiya sifatida gimnastika juda koʼp vaktdan buyon rivojlanib kelgan. Gimnastikaning rivojlanishi janglarni olib borish usullarining, jamiyat tuzilishining oʼzgarishlariga va inson toʼgrisidagi ilmlarni rivojlanishiga uzviy boglik boʼlib kelgan.Qadimlardan, kadimiy Sharkda gimnastik mashgulotlari koʼllanib kelingan. kadim Gretsiyada ham gimnastika jismoniy tarbiya sifatida koʼllanilgan. Greklar gimnastika deb butun bir jismoniy tarbiya tizimini atashgan, lekin yoshlarning jismoniy tarbiyasiga va ularni musobakalarga tayyorlashga alohida eʼtibor berishgan. Shuning uchun birinchi tizimni gimnastika, ikkinchisini esa agonistika deb atashgan. kadimiy greklarning mashgulotlariga yugurish, sakrash, har xil predmetlarni otish, suzish, bugdoy toʼldirilgan koplarni urish kirar edi. Keyinchalik gimnastika K,adimiy Rimda armiyaning jismoniy tarbiyasini kuchaytirishda juda rivojlanadi. Bu yerda maxsus gimnastik moslamalar koʼllaniladi, masalan, otda chavandozlarning yurishinn oʼrgatish uchun yogoch ot, nayza, pichok sanchishni oʼrgatish uchun yogoch moslamalar, dushman istehkomini zabt etish uchun zina va narvonlar.


XXI asrda gimnastika, yaʼni jismoniy tarbiya sanʼatn hakida birinchi bor koʼllanma chop etildi. U harbiy, tibbiy va atletik kismlarga boʼlingan edi. koʼllanmada jismoniy tarbiyaning asosi deb dushmanni maglub etishga intilishga boglamasdan, fakat organizmni rivojlantirishga yoʼnaltirilishi hisoblanardi. Gimnastik mashgulotlarining keyingi davrlarda rivojlanishi, maxsus gimnastik snaryadlarnning koʼllanilishi bilan boglik.
XVIII-XIX asrlarda pedagogik va gigienik Gimnastikaning rivojlanishiga mashhur pedagoglar J.Russo va Pestalotsining taʼsiri boʼldi. Inson tanasini chiniktirish va mustahkamlash, uning kuchini va imkoniyatlarini rivojlantirishning birinchi omili va sharti.U mazkur mashgulotlar bilan tanani chiniktirish orkali insonni xayotga tayyorlaydi, aklan rivojlantiradi va sogligini mustahkamlaydi. Pestalotstsi eng yaxshi mashgulot deb boʼginlar harakatlantirishini eʼtirof etgan. Boʼginlar gimnastikasini har xil harakatchan oʼyinlar va mehnat bilan toʼldirgan. Pestalotstsi gimnastika nazariyasi va usullarining asoschisi deb hisoblanadi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Germaniyada, Fit va Guis Mut» boshchiligida gimnastikaning yangi tizimi tashkil etildi. Ular snaryadlarda gimnastik mashgulotlarni oʼtkazish texnikasi, ushbu texnika asosida oʼrgatish, tarbiya etishni ishlab chikishdi.
Chuts Muts oʼzining nazariyasida snaryadlarda harakatlanish va mashgulotlarni guruh boʼlib bitta komandaga asosan oʼtkazishni olga surdi, gimnastik mashgulotlar texnikasini va metodik koʼllanmalarni ishlab chikdi.
XIX asrda gimnastikaning nazariy asoslari shakllandi va u milliy burjuaziya shaklida rivojlandi. Bu davr janglarni olib borish usullarini anik va tezkor, baravariga buyruklarining bajarilishini talab etardi. Ushbu harakatlarni bajarishga gimnastik mashgulotlar, boshka sport uyinlariga nisbatan koʼl kelardn.

Gimnastika mashgulotlarining organizmga taʼsirini anikrok belgilash va hisoblab chikish mumkin edi. Shuning uchun usha davr pedagog va vrachlariga, yoshlarni jismoniy tarbiyalashda gimnastika yagona toʼgri yoʼl deb hisoblangan. XIX asrning birinchi yarmida uchta milliy gimnastika tizimi - nemis, frantsuz va shved tizimlari shakllandi. Ushbu tizimlarda uch yoʼnalish aniklandi.


1. Аsosan, maxsus gimnastika snaryadlarida (nemis tizimi), murakkab harakatlanishlarni egallashga yoʼnaltirilgan gimnastika. Keyinchalik undan sport gimnastikasi kelib chikkan.
2. Harbiy mashklar gimnastikasi (frantsuz tizimi), keyinchalik undan harbiy-dala va maxsus gimnastika shakllangan
3. Nemis gimnastika tizimi - gimnastik snaryadlarda kuch, chakkonlik, tanani har xil xolatda boshkarishni talab etuvchi mashgulotlardan iborat edi. Fridrix Yan - nemis milliy gimnastikasi asoschisi va tashkilotchisi boʼlgan. U oʼz oʼkuvchilarini juda koʼp marotaba mashgulotlarni takrorlatib, ularda irodani, katʼiylikni, kuchni rivojlantirmokdaman deb oʼylardi. Shu bilan u kuchni, irodani rivojlantirish va kupaytirishga - murakkab harakatlarni juda koʼp marotaba takrorlash yordamida yetishish mumkin deb ishonardi. Yan oʼkuvchilari gimnastika mashgulotlarining texnikasiga asosiy eʼtiborni karatishgai. Yan va uning oʼkuvchilarining gimnastika tizimi tugallanmagan edi, chunki ular tizimning ukuv jarayonini ishlab chikishmagan edi.
А.Shpiss mazkur tizimni, maktablarda dars berishga mosladi va shu bilan ushbu tizimni ishlab chikishni yakunladn Ushbu tizimning oʼziga xos tomoni shundan iboratki, Shpiss mashgulotlarning kiyinligi va murakkabligi buyicha va har xil yoshga karab toʼrt darajaga boʼlgan, lekin bolalarning jismoniy rivojlanishi darajasini hisobga olmagan. Oʼzining metodik koʼllanmalarida, u mashgulotlar oʼkituvchilarning jiddiy nazorati ostida oʼtkazilishni talab etardi. Bu kelgusi harbiy xizmatga juda kerak boʼlgan intizomni tarbiya kilardn. Lekin gimnastika bunaka karash, bolalarda tashabbuskorlikni soʼndirardi, ularning shaxsiy ravishda rivojlanishiga halakit berardi va asosiysi, ushbu davrning pedagogik taʼlimotiga toʼgri kelmas edi. P.SLestgaft oʼzining "Jismoniy tarbiya yoʼriknomasida" nemis gimnastikasini, anikrogi Shpissenn tankid kilgan.
Frantsiyada polkovnik Аmorosole va uning izdoshlari tomonidan frantsuz gimnastikasining tizimi tuzilgan edi. U asosan harbiy mashklardan iborat edi - yurish, yugurish, sakrash, suzish, otish, kilichbozlik, yaradorlarni koʼtarish. Bundan tashkari Аmorosole oʼzining gimnastikasiga ashula, musika ishtirokida tayyorlov mashgulotlarini va koʼl mehnatini kiritgan edi. Mashgulotlarda Аmorosole snaryadlar (narvon, tayok)ni kam kuch sarf etib, tez va chakkon olib yurishni talab etardi. Ushbu mashgulotlar tarbiyalanuvchilarda Vatanga nisbatan vatanparvarlik xis-tuyguni uygotish maksadida musika ishtirokida bajarilishini talab etardi.


Аmorosole gimnastikasi boshka mamlakatlarda ham ommalashdi.Shved gimnastikasi gigienik yoʼnalishda edi va koʼp mamlakatlarda asosiy gimnastika maktabi sifatida keng tarkaldi. Bu tizimning asoschilari P.Ling va Ya.Ling edi. Daniya ushbu davrda Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri edi va u yerda 1779 yili birinchi gimnastika jamiyati va instituti tashkil etilgan edi. Keyinchalik Stokgolьmda maxsus institut ochildi. Ushbu institutda P.Ling oʼzining jismoniy tarbiya usullarini koʼllar edi. Jismoniy tarbiya uchun odam tanasining rivojlanishiga va mustahkamlanishiga olib boruvchi mashgulotlar bilan shugullanish kerak deb hisoblardi. Loʼndasini aytganda gimnastikaning maksadi, insonni soglomlashtirish va tanasini mustahkamlash. P.Ling, gimnastika darslari tizimini ishlab chikdi, bir kator yoʼriknomalar yozdi, mashgulotlarni sistemalashtirdi va maxsus snaryadlarni kiritdi.
Shved gimnastika mashgulotlari anatomik belgilar boʼyicha, (badanning kismlari boʼyicha) bir nechta klassifikatsiyaga boʼlinardi. koʼl, oyoklar va badanni anik joylashishiga juda katta eʼtibor berilardi.Tankidchilar shved gimnastikasini - xarakat gimnastikasi emas, koʼrgazma gimnastikasi deb atashar edi.Shved gimnastikasi tufayli, gimnastikaga shved devori, shved skameykasi, ot, arkon kabi snaryadlar (moslamalar) kirib keldi.
Shved gimnastikasi tizimining gigienik yoʼnalishi, badanni anatomik tuzilishiniig harakat shakllariga boglikligi, darslarning maxsus ishlab chikilgan tizimlari, mashklarning xilma-xilligi, mashgulotlarni oʼtkazish uchun metodik koʼllanmalarning borligi, shved gimnastikasining nemis gimnastikasidan ajralib turishini va ustunlignni koʼrsatar edi. Shuning uchun shved gimpastikasi koʼpchilik orasida tan olindi va keng tarkaldi.
XXI - asr oxirlarida Legsfat I.F.(Rossiya) va Demeni J (Frantsiya) shved tizimini ilmiy tankid kilishdi. Аvstro-Vengriya va Chexiyada "Sokolьskoe dvijenie" va gimnastikaning Sokol tizimi paydo boʼldi. Uning asosi xozirgi kunda sport gimnastikasida koʼllanilmokda va uning
- birinchi kismiga ozod mashklar kiritilgan edi;
- ikkinchi (asosiy) kismiga snaryadlarda boʼladigan mashklar kiritilgan edi;
- uchinchi (yakunlovchi) kismiga yurish va yugurish kiritilgan edi.
M. Toʼrsh zamonaviy sport gimnastikasining muallifi edi. Shved va Sokol gimnastikasi Rossiyada keng tarkaldi va bu gimnastika asosan armiya va armiyagacha boʼlgan yoshlarning jismoniy tarbiyasida keng koʼllanildi. P.FLesgaft maktab yoshidagi bolalar uchun jismoniy tarbiyaning tizimini ishlab chikdi. U uch pogonaga boʼlinardi:
1. Toʼgri harakatga oʼrgatish;
2. Harakatlardan imkoniyat kadar samarali foydalanishni oʼrgatish;
3. Oʼz imkoniyatini vakt va atrof muhitda toʼgri oʼlchab bilishni oʼrgatish.
J. Demeni bor gimnastika tizimlarini oʼrganib chikib, mashklar statik emas, aksincha dinamik boʼlishi va toʼlik amplituda bilan bajarilishi kerak degan xulosaga keldi. J.Demeni taklif etgan mashklar inson fiziologiyasi talablariga mos edi va gimnastikani ancha boyitdi.U jismoniy tarbiya masalalari - soglikni mustahkamlash, badanni harakat va shakllantirish orkali goʼzallikga yetkazish, insonning chakkonligi va irodasini kuchaytirish deb bilardi.Demenining oʼkuvchisi J.Eber jismoniy tarbiyaning tabiiy metodlarini koʼllashni taklif etardi. Bu esa harbiy gimnastikani ochiklik joydagi rivojlanishi edi. Oʼsha davrda E. Bʼersten ayollar uchun gigienik gimnastika tizimini tashkil etdi.
Unda mashklarning fiziologii va estetik jihatlari xisobga olingan edi. Mashklar tez tempda oʼtkazilardi va juda koʼp marotaba takrorlanardi. Ushbu gimnastika mashklari hozirgi ritmik gimnastika mashklariga kiritilgan. Mashklarda mashk kiluvchi guruhlarni yoshi hisobga olinardn.
XIX - asrning boshlarida Rossiyada xarbiy - dala gimnastikasi tarkaldi. Bu gimnastikani Suvorov А.V. keyinchalik esa Dragomnirov M.I. majburiy tartibda koʼllashardi va bu gimnastikani rus armiyasida koʼllashni taklif etishdn, chunki u armiyaning jismoniy tarbiyasini rivojlantirishi kerak edi.
Hozirgi kunda gimnastika turlari va tizimlari juda yaxshi ishlab chikilgan va pedagogik jarayonlarining usullari yetarlicha takomillashgan. Masalan, oxirgi yillarda "aylana" (krugovoy) usuli keng ommalashdi. Uning mazmuni shundan iboratki, bir nechta mashklar navbatma-navbat, ancha tezlikda takrorlanadn.
XIX asr oxirlarida sport gimnastikasining rivojlanishi xalkaro sport alokalari va sport tadbirlarining rivojlanishi bilan yakindan boglik. 1881 yilda xalkaro gimnastka federatsiyasi, 1894 yilda esa Xalkaro olimpik kumitasi tashkil etildi.
Gimnastikaning Sobik ittifok davrida rivojlanishi. Sovet xukumati davrining birinchi yillarida gimnastika maktablarning oʼkuv darslariga kiritildi. Rossiyada 19926 yildan sport gimnastikasi jismoniy tarbiyaning asosiylaridan biri deb eʼlon kilindi va maktablar uchun davlat dasturlari ishlab chikildi. 1929 yilda jismoniy tarbiya oliy oʼkuv bilim yurtlariga kiritildi. 1920 yildan ishlab chikarish gimnastikasi kiritildi. 1933 yilda, birinchi gimnastika konferentsiyasida, mamlakatda gimnastika metodikasining asoslari, uning vazifalari va gimnastika darsining tipik tizimi aniklangan. 1938 yilda gimnastika atamashunosligi kabul etildi. 1934 yildan, gimnastika boʼyicha pedagogik kadrlar tayyorlash boshlandi, gimnastika amaliyoti va nazariyasi boʼyicha ilmiy - metodik ishlar boshlab yuborildn.
Gimnastikaning mamlakatda rivojlanishiga ommaviy gimnastik chikishlar va musobakalarning ahamiyati juda katta boʼldi. Ulug Vatan urushidagi galabadan soʼng, jismoniy tarbiya va sport ishlari mamlakatda juda keng koʼlamda amalga oshirila boshlandi. Xalkaro sport maydonida sovet gimnastikachilari juda katta muvaffakiyatlarga erishishdi. Kadrlar tayyorlash ishlari kengaytirildi, sport inshoatlari kurilishi va uskunalarini tayyorlanishi koʼpaytirildi.
Ilmiy - tekshirish ishlari, ilmiy konferentsiyalar keng koʼlamda oʼtkazilishi boshlandi, bu esa gimnastika boʼyicha ilmiy asoslangan nazariya va metodikani
Аdabiyotlar:

1. Smolenskiy V.M. Gimnastika va dars berish metodikasi darslik..


2. Orlov P.N., Koryakovskiy I.M. Gimnastika: darslik.
3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
"Maktabda gimnastika mashulotlari tashkili, mazmuni va metodikasi".
4. www.ziyonet.uz
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish