O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ PEDAGOGIKA INSTITUTI
“SAN’ATSHUNOSLIK”FAKULTETI MUSIQA TA’LIMI 20-1 GURUH TALABASI
“PSIXOLOGIYA” fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu:Qobiliyat va uning rivojlanishi
Bajardi:__________guruh talabasi
_____________________________
Tekshirdi:_____________________
Chirchiq-2021
Mavzu:Qobiliyat va uning rivojlanishi
Reja:
Qobiliyat haqida
Qobiliyat turkumlari
Pedagogik qobiliyatlar
“O’qituvchilar bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz, ammo zamonaviy murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak.”
Islom Karimov
Qobiliyat —insonning individual salohiyati, imkoniyatlar qobiliyat bilimdan keskin farklanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakatssh farq qiladi. Qobilyat-insonga berilgab Inom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. “Qobiliyatlar-inson ruhiyatining xususiyati bo’lib, u barcha psixik jarayonlar va holatlarning yig’indisi sifatida tushuniladi”. Ushbu tushunchaning asoschisi Xristian Volf hisoblanib, uning nazariyasiga ko’ra barcha psixik xodisalar qobiliyatlar kategoriyasiga kiritilgan.
XVIII-XIX asrlarda “Qobiliyat bu umumiy va maxsus bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi bo’lib, u turli faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Yangi qarashlar yuzaga keldi”. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda q. ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir.
Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn
nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, Qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi.
Zamonaviy psixologiyada qobiliyat qobiliyatning klassifikatsiyasini o’rganamiz. Psixologiyada tabiiy va maxsus insoniy qobiliyatlar ajratiladi.
Tabiiy qobiliyatlar bu-idrok,xotira,tafakkur va boshqa oddiy psixik jarayonida namoyon bo’lish qobiliyatidir.Ular inson va hayvonlarda tabiyydir. Insonda ijtimoiy muhitga moslasha olish qobiliyati mavjuddir.Bu umumiy va maxsus aqliy qobiliyatlar, nutq va mantiqdan foydalanganda, shaxslararo,predmetlararo munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Umumiy qobiliyatlar-insonni turli faoliyat yo’nalishlarida muvaffaqiyatini ta’minlaydi.Maxsus qobiliyaatlar insonni biror-bir maxsus faoliyat yo’nalishidagi muvaffaqiyatni ta’minlaydi va uning namoyon bo’lishi uchun maxsus layoqat bo’lishi lozim. Bunday qobiliyatlarga musiqaviy, matematik, texnik, adabi-ijodiy,pedagogic va boshqalar kiradi.
Musiqaviy qobiliyatlar B.M.Teplov tomonidan o’rganildi. Unda musiqiy qobiliyatlar zaminida individual-psixologik xususiyatlar kompleksi yotib, ular shaxsda musiqaviy shakllantirishga xizmat qiladi, deb ko’rsatilib o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |