Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti X. X. Muratov, R. R. Jabbarov



Download 14,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/59
Sana09.07.2022
Hajmi14,72 Mb.
#762108
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
AMALIY VA BADIIY BEZAK SAN’ATI o\'quv qo\'llanma

Tanob va novdalar
— (tanob) arabcha chilvir, arqon degan ma’noni beradi. 
Murakkab naqshlar kompozitsiyasi asosini tashkil etuvchi negizi va naqshga shakl 
beruvchi chiziq tanob deyiladi. O‘rta Osiyo naqshlarida bir xil yo‘g‘onlikdagi chiziq 
bo‘lib, ustalarimiz tabiat manzarasida uchraydigan anhorning shartli tasviri deb 
olganlar. Naqqosh naqsh kompozitsiyasini chizishdan oldin birinchi navbatda tanob 
tortib, keyin novdalarni chizadi, so‘ngra novdalarni yo‘nalishiga moslab gullar 
joylashtirib chiqadi.
Ustalar naqsh kompozitsiya chizishda tanobni birinchi rejaga qo‘yadilar. 
Tanob ustidan hech qachon, gul, novda yoki barg bosib o‘tmaydi. Bundan tashqari 
tanob tag ranglarni bir biridan ajratib turadi. Tanoblar xilma xil bo‘lib, bir 
kompozitsiyada tanob boshlanganicha uzluksiz davom etadi, ba'zi nusxalarda tanob 
ikki nuqtadan boshlanib bir biriga qarab yo‘nalib, bir biriga chirmashib tugallanadi, 
yana boshqa nusxalarda tanob bir nuqtadan boshlanib, ikki tomonga yo‘nalib taqim 
chetiga borib tugallanadi. Tanob egri, to‘g‘ri aralash chiziqlardan tashkil topgan 
bo‘lishi mumkin. Agar kompozitsiyada tanoblar kesib o‘tuvchi rangli naqshlarda 
ishlatilsa, unda albatta ikkalasi ikki xil rangga bo‘yaladi, agar bir xil rangda bo‘yalsa, 
unda asosiy shakl o‘zini ko‘rsata olmaydi. Tanoblar bir birini kesib o‘tmay, bir biriga 
parallel bo‘lsa, bunday nusxani «qo‘sh tanobli islimi» deb ataladi. Agar tugallangan 
mustaqil kompozitsiya bo‘lsa, «qo‘sh tanobli namoyon» deb ataladi. 
Kompozitsiyada tanob birdan ortiq ham bo‘lishi mumkin. Agar ikki tanobli 
kompozitsiya bo‘lsa, biri bosh, ikkinchisi yordamchi tanob deyiladi. Kompozitsiyada 
tanobning ustidan novda, gul, barg va boshqalarning o‘tishi mumkin emas. 
Biz yuqorida aytib o‘tilgan naqsh elementlarining nomini puxta bilib 
olishimiz kerak. Chunki keyinchalik naqsh tuzishda va unga nom qo‘yishda muhim 
rol o‘ynaydi.
O‘simliksimon naqsh elementlarini o‘rganish, ma'lum qonun–qoidalar asosida 
mashq qilishdan boshlanadi. Buning uchun katak daftar, lineyka, qora qalamlar, 
o‘chirgichlar, o‘rtacha yumshoqlikdagi qora qalam, rasm daftari va boshqalar. Dastlab 


68 
to‘g‘ri, og‘ma, egri, tik, aylana va yoylarni ko‘z chamasida teng bo‘laklarga bo‘lish 
bo‘yicha oddiy mashqlar bajariladi. Bu mashqni yaxshilab o‘zlashtirib olganingizdan 
so‘ng asosiy mashqqa o‘tamiz. 
O‘simliksimon naqsh elementlarini guruhlarga bo‘lib chizishni mashq 
qilamiz. Buning uchun katak daftarda quyidagi tartibda qora qalamda elementlarni 
qaerdan boshlab, qaerda tugatishni qunt bilan o‘rganib olamiz, katak daftarda lineyka 
yordamida qalamni yengil yurgizib sxematik kataklar chizib, shu kataklarga naqsh 
elemvntlarini chizishni mashq qilamiz. Har bir betga bitta naqsh elementini qayta 
qayta chizish mashq qilinadi. Bunda qalamni qattiq bosmasdan bir xil yo‘g‘onlikda 
chizib simmetriya va assimetriyaga katta e’tibor berish kerak. Elementlarni ravon
to‘g‘ri, ingichka va toza chizish muhim ahamiyatga ega. 
Chizishdan avval katak daftarlarni chizg‘ich va qora qalam yordamida 
qalamni yengil yurgizgan holda sxematik kataklar chizib, shu kataklar ichiga naqsh 
elementlarini chizishdan boshlaymiz. Daftarning har bir betiga bitta naqsh elementini 
qayta–qayta chizib mashq qilinadi. Chizish davomida, simmetriya va asimmetriya 
qonun–qoidalariga e’tibor qaratish lozim. 
Naqsh elementlarini chizish uchun oddiy qora qalam, ya'ni yumshoq B, 2B, 
3B yoki M, 2M, 3M, 4M; shuningdek o‘rtacha yumshoqlikdagi TM, HB, va F 
harflari bilan belgilangan qalamlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Naqsh 
elementlarini chizishni mashq qilishda qalamning sifatlisidan foydalanishga harakat 
qilish, qalamning sifatli yoki sifatsizini ajrata bilish muhum ahamiyatga ega. Chunki, 
amaliy san'atning qaysi tur va janrlari bilan shug‘ullanmasin naqqosh uchun 
qanchalik mo‘yqalam, yog‘och va ganch o‘ymakor ustalari uchun esa o‘yuvchi va 
yo‘nuvchi iskanalar qanchalik muhim bo‘lsa oddiy qora qalam ham shunchalik 
muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmaslik kerak. Chunki, amaliy san'at ustasi 
naqsh kompozitsiyasini yaratishda qalam asosiy ish quroliga aylanadi. Naqqosh har 
bir chiziq tortganida, chizayotgan chizig‘i sifatli, ravon va tiniq chiqsa usta 
shunchalik zavqlanadi, ruhi tetiklashadi. O‘zi amalga oshirayotgan ishdan ko‘ngli 
to‘lib, ilhomlanadi, yangidan–yangi naqsh elementlarini, kompozitsiyalarini yaratadi, 


69 

Download 14,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish