Nazorat uchun savollar
Xotira haqida umumiy tushuncha
Xotiraning nerv fiziologik asoslari
Xotira turlari
Xotira jarayonlari
REJA:
9.1. Xayol xaqida tushuncha
9.2. Xayol jarayonlarining nerv fiziologik asoslari
9.3. Xayol jarayonlari va sifatlari
9.4. Xayolning asosiy xususiyatlari
Tayanch so‘z va iboralar:
Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol, orzu, tush ko„rish va shirin xayol. fantaziya.
9.1.Xayol xaqida tushuncha
Odam o‘z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini ham o‘z hayotida yarata oladi.
SHuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o‘qiyotganimizda yoki bo‘lmasa, o‘qituvchining o‘zoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo‘ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo‘lishi uchun xotira tasavvurlarining bo‘lishi shart. SHuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog‘liq.
Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning (assostiastiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
Xayol – obraz tasavvur yoki g‘oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya’ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir.
Xayolning inson hayotidagi o‘rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo‘lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo‘lmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror o‘simlikni o‘stirish uchun qo‘lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya’ni xayolda tasavvur etib ko‘rish lozim bo‘ladi. SHuning uchun xayol juda ko‘p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi.
Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emotsional irodaviy holatlari bilan o‘zviy bog‘liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan o‘zviy bog‘liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog‘liq-ki, xayol ham, tafakkur, ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |