Taqqoslash - shunday bir tafakkur operastiyasidirki, bu operastiya vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta’kidlagan: “Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o‘ziga juda o‘xshash bo‘lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o‘zida juda o‘zoq bo‘lgan narsalar bilan o‘xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz”.
Narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan fikr yuritish operastiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta’limdagi roli to‘g‘risida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan bila olmasak, boshqa yo‘l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo‘lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to‘g‘risida hech qanday fikr qila olmagan bo‘lar edik.
Taqqoslash operastiyasi ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo‘l bilan ko‘tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor hosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo‘ladi. SHuningdek, o‘quvchilar ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog‘ochga yoki qog‘ozga solishtirsalar, u analogik holatga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan og‘irlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o‘lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
Abstrakstiya - shunday fikr tafakkur operastiyasidirki, bu operastiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstrakstiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o‘zi tafakkurning mustaqil ob’ekti bo‘lib qoladi. Abstrakstiya operastiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to‘g‘risida emas, balki devorning oqligi to‘g‘risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yuldo‘z, elektr, olov ba’zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko‘z o‘ngilarida yoritishni ko‘zata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.
Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida ham abstrakstiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, og‘irligiga, qiymatiga va shu kabi o‘xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi.
Abstrakstiya operastiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |