Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi



Download 6,47 Mb.
bet48/181
Sana30.05.2022
Hajmi6,47 Mb.
#619950
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   181
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun ushbu misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan bo‘laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo‘yamiz. SHu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Mazkur holat matnni talaba yoki o‘quvchi tomonidan o‘qishda, uni ko‘chirib yozishda, ijodiy fikr yuritishda, aqliy faoliyatni amalga oshirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
7.4.Xotira jarayonlari
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po‘stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po‘stida muvaqqat nerv bog‘lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o‘zining faolligi jihatidan ikkiga bo‘linadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O‘zining go‘zalligi, hissiy ta’sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo‘yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:

  • maqsad qo‘yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;

  • o‘quv materiallarini tushunib esda qoldirish;

  • esda qoldirishning rastional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo‘li bilan esda qoldirish.

Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol o‘ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog‘liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo‘lsa, shu faktlarga tegishli bo‘lgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo‘lsa ham ko‘pincha noaniq bo‘ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o‘zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash bilan qo‘llanilishi foydalidir.
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:

  • Ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.

  • Egallash yoki o‘zlashtirish zarur bo‘lgan materiallarni ko‘rib idrok qilish yordamida esda olib qolish.

  • Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.

  • Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko‘rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta’sir etuvchilar yordamida aks ettirish.

Mana shu yo‘llar orqali eshitish, ko‘rish, eshitish harakat, kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri bo‘sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda olib qolishda assostiastiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun esda olib qolish jarayonining bog‘lanishlari paydo bo‘lish sur’atini aniqlash maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi:

  • Sabab oqibat bog‘lanish.

  • Bo‘lak va yaxlit munosabati.

  • Qarama-qarshilik munosabati.

  • Inkor etish holati.

  • Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.

Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko‘rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo‘lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo‘yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo‘lganligi aniqlangan..
Esda olib qolish jarayonida o‘zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi muhimdir. Assostiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingao‘z jahon psixologiyasida birinchi bo‘lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo‘lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko‘lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdi. Xotirani «sof» ko‘rinishda o‘rganishga harakat qilib ma’no kasb etmaydigan bo‘g‘inlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo‘llanishiga xos to‘g‘ri yo‘nalishdir.
G.Ebbingao‘zning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o‘z-o‘zini ko‘zatish yoki ichki ko‘zatish) metodiga qarama-qarshi qo‘yilgan ilmiy tajribaviy metod yutug‘i sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o‘z oldiga 38 ta ma’no anglatmaydigan bo‘g‘inlardan to‘zilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu materialni o‘zlashtirish o‘rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so‘zdan, 11 ta so‘z o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan so‘zlardan foydalangan. Bu materialni o‘zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 91 nisbatga to‘g‘ri keladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz bo‘g‘inlardan to‘zilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta’kidlangan. Katta yoshdagilar ma’nosiz bo‘g‘inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog‘lay oladilar. SHuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma’no kasb etadi. SHuningdek, ma’no anglatmaydigan materialni o‘zlashtirish jarayoni tez ko‘chadi, mahsuldorroq bo‘ladi. Ma’nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yo‘nalish berilmay,, materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog‘liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma’noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun engil ko‘chishi ularning yosh xususiyatlariga bog‘liq narsa emasligini ta’kidlab o‘tadi. CHunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go‘yo ma’nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma’nosining noma’lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga talabchanlikni uyg‘otadi. Odatda ma’nosiz so‘zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi.
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog‘liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) so‘z esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir. Esga tushirish va uning turlari.
O‘tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg‘u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po‘stida ilgari hosil bo‘lgan nerv bog‘lanishlarning qo‘zg‘alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma’lum vaqt o‘tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo‘lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam ko‘zimizga issiq ko‘rinadi, lekin uni qaerda ko‘rganimizni eslay olmaymiz. To‘liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o‘ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko‘rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan, bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bo‘ladi. Masalan, biz she’rni yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon o‘qiganimizni eslay olmaymiz. Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni ko‘rib, uning savolini o‘qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol o‘ynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan, she’rni yod olganimizda bir necha satrni o‘qigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya’ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra ko‘zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning ko‘lami aniqlanadi.
Materialning ko‘p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira ko‘lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so‘z va iboralarni esda tutib qolish xotirasining ko‘lami keng bo‘ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tushirish xotirasining ko‘lami keng bo‘ladi.
Vaqt o‘tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o‘tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o‘tgandek bo‘ladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o‘rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish