6. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona tamonidan odatiy xol hisoblanmagan va uch yillik oralikda bunday faoliyat bilan shug‘ullanmagan xolatlardan oladigan daromad va yo’qotishlar Favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi.
Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy natijalar shakllanishining uchinchi tarkibi sifatida qaraladi.
Kutilmagan suv toshkini, yong‘inlar, tabiy ofatlar ta’siridagi yo’qotishlar ham ushbu qatorga kiritiladi. Ular bo‘yicha foyda va zararlarning boshqa shakllanish qatorlarida soliqlanish bo’yicha xech qanday farqlanish yo’q. Agar foyda olinadigan bo‘lsa, u bo‘yicha ham tegishli tartibda soliq to‘lanadi, zarar olinadigan bo‘lsa umumxo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda so’mmasi zarar so’mmasiga kamaytiriladi.
Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish ehtimoli nixoyatda qisqa yoki kam. Bo’lgan takdirda ham fakat zarar shaklida bulmokda.
7. Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar).Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar) so’mmasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) so’mmasiga Favqulodda foyda (zarar) so’mmasini ko‘shish asosida aniqlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda so’mmasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator hisoblanadi.
U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda Favqulodda foyda va zararlar jamlangan so’mmasidan iborot bo‘ladi.
8. Sof foyda (zarar).Sof foyda korxona ixtiyorida koladigan foyda so’mmasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo’lgan foyda so’mmasidan foyda (daromad)dan tulangan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi.
Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi foyda so’mmasidir. Lekin, sof foyda so’mmasi ham turli to‘lovlar va ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan. Masalan, korxona sof foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratmalar, futbol federatsiyasiga ajratmalar va boshqa to‘lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin.
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi kursatkichida fakat sotilgan mahsulotnigina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa uning uchun ketgan barcha harajatlarning qiymatini uzida ifodalaydi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ham hisobga olish usulida ushbu qatorga urinlanadi.
Davr harajatlari qatoriga sotish harajatlari, ma’muriy harajatlar va operatsion harajatlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar qatoriga foizlar bo’yicha harajatlar, bank xizmat haqi harajatlari, valyuta kursining tushib ketishidan yo’qotishlar va boshqa sarflar kiradi.
Favqulodda harajtalar qatoriga kutilmagan xolatlar ta’sirida yuzaga keladigan harajatlar kiritiladi.