Sun’iy oqsil tolalari.
Kazein va zein oqsil asosidagi sun‟iy tola hisoblanadi.
Bu tolalar oziq-ovqat mahsulotlaridan olinganligi sababli ishlab chiqarishda keng
miqyosda qo„llanilmaydi. Kazein tolasi faqat jun tolasi bilan birgalikda aralash
tolali mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kazein yumshoq, namlikni oson
yutuvchi va issiqbardosh, hamda arzon toladir. Nam holatdagi Kazein tolasi yoki
undan tayyorlangan mahsulotlarni quritish 100
0
C dan past bo„lgan haroratda olib
boriladi, aks holda tola mo„rtlashib qoladi. Kazein sun‟iy tola bo„lishiga
qaramasdan turli mog„orlaydi, kuyabardosh emas. Bu tola vodorod peroksid
yordamida uzoq vaqt past haroratda oqartiriladi. Yuqori haroratda vodorod
peroksid ta‟sirida tola sarg„ayadi. Kazein tolasini aniqlash uchun tolali materialga
71
4-5 tomchi karbazol (formulasi) ta‟sir ettiriladi, tarkibida kazein bo„lgan tola
bunday holda ko„k tusga kiradi. Kazein tolasi sutdan olinganligi sababli ayrim
ma‟lumotlarda bu tola «Melkwol» nomi bilan yuritiladi. Kazein tolasining uzilish
uzunligi 9 km ga teng, agar bu tolani poliamid tolasi bilan solishtirsak, uning
uzilish uzunligi 70-75 km ga teng. Kazein tolalarini tabiiy tolalar bilan qo„shib
ishlatish boshlangandan so„ng bu tolalarni ishlab chiqarish bir qadar kengaygan.
Dunyo miqyosida kazein tolalari Lanital, Laktofil, Aralak, Fibrolan, Marena, Ardil
i Tiolan nomlari bilan ishlab chiqariladi. Marena – teri proteinlari chiqindilaridan,
Ardil – yeryong„oq (Yaponiyada) va soya (AQSHda) proteinidan olinadi. Sun‟iy
kazein tolalari bo„yaluvchanlik xossalari bo„yicha junga o„xshash, lekin fizik
strukturasi bo„yicha undan farq qiladi. Ularning tarkibida oltingugurtni kamligi,
hamda ko„ndalang sistin bog„larining yo„qligi ularni jun tolasidan asosiy farqi
hisoblanadi. Shuning uchun ham kazein tolalarning mustahkamligi va turli
ta‟sirlarga turg„unligi jun tolasiga nisbatan past. Kazein tolasi sintezida uning
makromolekulalari orasida ko„ndalang sistin bog„larini hosil qila olish orqali bu
tolalarni ishlab chiqarish va ularni to„qimachilik sanoatida qo„llash imkonyatini
kengaytiradi.
Zein tolasi o„simlik oqsili zeindan olinadi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida
ishlab chiqarilishi to„xtatilgan. Bu tolani ishlab chiqarishni ikki xil usuli ma‟lum.
Birinchi usulda qimmat reagent mochevinadan foydalaniladi, ikkinchi usulda esa
oqsilning ishqoriy eritmalarini qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Zein tolalari
«Vikara» nomi bilan ishlab chiqariladi. Vikara tolasini ishlab chiqarish uchun oqsil
denaturatsiya (eritiladi) qilinadi, undan tola shakllantiriladi, bunda zein
makromolekulasi to„g„irlanadi va orientrlanadi. Keyin tolaga formaldegid balan
ishlov beriladi, bunda makromolekulalar orasida ko„ndalang bog„lar hosil bo„ladi.
Zein tolasini aniqlashda unga 1 ml 0,1% -li triketogidrindengidrat ((ningidrina)
(2,2-дигидрокси-1,3-индан-дион) (molekulyar formulasi C
9
H
6
O
4
)
ning suvli eritmasi ta‟sir
ettirilganda tola pushti rangga kiradi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |