63
qavatda yog„ va bo„yovchi moddalar bo„ladi. Tola fibrillardan,
fibrillar esa
mikrofibrillardan (20-rasm, 1) tashkil topgan. Mikrofibrillar 11 tadan
protofibrildan (20-rasm, 2) tashkil topgan bo„lib, ularning 9 tasi bir-biriga tegib
turuvchi halqa ko„rinishda, 2 tasi halqa o„rtasida joylashgan (20-rasm, 3).
Protofibril kabel ko„rinishdagi 3 tadan spiralni buralgan holda tashkil topgan.
3
20-rasm.
Jun
tolasining
tuzilishi.
1-mikrofibril,
2-protofibril,
3-
mikrofibrilning gorizontal ko„rinishi.
Dag„al jun tolasida uchinchi qavat ham bo„ladi.
Bu qavat markaziy
hisoblanib, u kanal ko„rinishda bo„ladi va qurigan hujayra, hamda havodan tarkib
topgan. Tolaning ichki qavati bir jinsli emas, u ikki yo„nalishdagi strukturaga ega.
Ular ikkita bir xil o„zaro bir-biriga tegib turadigan silindrlardir. Bu silindrlar
kimyoviy turg„unligi va boshqa xossalari bo„yicha o„zaro farqlanadi. Turg„un
qismi parakorteks va turg„un bo„lmagan qismi ortokorteks deb yuritiladi. Jun
tolalarining uzunligi taxminan 30-40 mm va diametri 0,025 mm ga teng. Bobina
tayyorlash uchun yuvilgan, ya‟ni dastlabki ishlov berish zavodlarida chiqindilardan
tozalangan jundan foydalaniladi.
Jun murakkab tuzilishga ega. Junni 90% - ini keratin tashkil etadi.
Keratin
tarkibida
S
O
N
H
C
,
,
,
,
bo„ladi. Elementar tarkibi bo„yicha ko„pchilik jun tolalari
o„zaro o„xshash, farqi asosan oltingugurt hisobiga bo„ladi. Keratin to„r tuzilishiga
ega. Keratin tarkibida yonbag„ir radikallari murakkab bo„lgan aminokislotalar
ko„proq bo„ladi, uning makromolekulasi fazoda α-spiral ko„rinishda joylashadi.
64
Keratin
-formadan
-formaga oson o„tadi, bu o„tish issiq suv yoki bug„bilan
ishlov berib, tortish chog„ida vujudga keladi (21-rasm).
a
b
21-rasm. Jun tolasi polipeptid zanjirining α-spirali (
a
) va β-spirali (
b
)
Junda keratindan tashqari yana bir qancha oqsil bo„lmagan yo„ldosh
moddalar ham bo„ladi:
tuz aralashmalari, yog„, mumsimon moddalar, sellyulozali
va tasodifiy qo„shimchalar bor. Jun tolasida quyidagi moddalar bo„ladi, %:
-keratin
-90
-jun yog„i
-0,5-1,5
-yog„lovchi moddalar -0,5-2,0
-o„simlik moddalari
-1
-bo„yovchi moddalar
Jun tolasi xossasi.
Jun gigroskopik tola.
Jun atrof muhit harorati va
namligiga bog„liq ravishda ko„p miqdorda suyuqlik yutishga moyil. 100-105
0
C da
quritilgan tola o„z namligini yuqotadi. Qattiq va mo„rt bo„lib qoladi. Qayta
namlashda jun yana namlikni yutadi va o„zining yumshoqligi hamda
mustahkamligini
tiklaydi, lekin uzoq vaqt shu haroratda quritish jun tolasi
buzilishiga olib keladi va tola sarg„ayadi, hamda
Do'stlaringiz bilan baham: