Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/68
Sana28.02.2022
Hajmi2,72 Mb.
#473881
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68
Bog'liq
tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi

Fibroin reaksiyalari. 
Fibroin atsillash, alkillash reaksiyalariga kirisha
oladi. Formaldigid bilan ishlov berilgan ipak ishqorda kam eruvchan bo„lib, mis – 
ammiakli eritmada erimaydi va mustahkamligi ortadi. Fibroinni uzoq vaqt suvda
qaynatishda unda bir qadar gidroliz ketishiga olib keladi. Kislota va ishqor 
ishtirokida bu gidroliz kuchayib boradi. Fibroin ishqor ta‟sriga o„ta chidamsiz. 
Xatto kuchsiz ishqorlar ham (pH-10) qaynatish haroratida fibroinni gidrolizga 
uchratadi. 5-7% li o„yuvchi ishqor bilan tabiiy ipak qaynatilganda, u darhol erib
ketadi. O„yuvchi natriyga nisbatan natriyfosfat, soda, natriy silikat, sovun
eritmalari, ammoniy gidrooksidi tabiiy ipakka kamroq ta‟sir etadi. Ishqorlar 


69 
ta‟sirida tabiiy ipakni parchalanishi haroratga bog„liq. O„yuvchi ishqorlar bilan 
past haroratda tasir ettirilganda fibroinda deyarli o„zgarishlar sezilmaydi. Fibroin 
ishqorlarga nisbatan kislotalarga chidamliroq. Hatto mineral kislotalar ham past 
konsentratsiyada qizdirish orqali ta‟sir ettirilgada ham fibroin deyarli 
parchalanmaydi. Shuning uchun ham ulardan bo„yash jarayonida foydalaniladi. 
Amalda qaynatish yoki bo„yash jarayonidan so„ng tabiiy ipakka kislotalar bilan 
ishlov beriladi. Natijada tola maxsus skripli(donador) bo„lib qoladi.
Yuqori konsentratsiya va yuqori haroratda fibroin parchalanadi. Masalan 
konsentrlangan sulfat va xlor kislotada xona haroratida tabiiy ipak bir zumda erib 
ketadi. Kislotali gidroliz ham ishqoriy gidroliz kabi ishlov berish harorati va muhit 
pH iga bog„liq. Yarim soat davomida tabiiy ipakni suyultirilgan sulfat yoki xlor 
kislota eritmalarida qaynatilsa va bunda pH 1,75 dan past bo„lsa, ipakning 
mustahkamligi pasayadi. Fibroin kuchsiz mineral va organik kislotalar ta‟siriga 
bardoshli. Fibroin keratin kabi fermentlar ta‟siriga chidamli. Lekin fibroinni tolali 
strukturasiga mexanik yoki kimyoviy ta‟sir ettirilgan bo„lsa, u ferment ta‟sirida 
gidrolizlanadi. 
Fibroinga qaytaruvchi yoki oksidlovchilar ta‟siri kam o„rganilgan. 
Oksidlovchilar ta‟siriga bir qadar sezgir. Past konsentratsiyadagi xlor kislota 
fibroinni parchalaydi. Amalda tabiiy ipakni oqartirish uchun vodorod peroksidi 
eritmasidan foydalaniladi. Lekin vodorod peroksid eritmasida ham fibroinning 
massasi va azot miqdori kamayadi, ipak eritmalari qovushqoqoligini orttiradi. 
Tabiiy ipak fotokimyoviy oksidlanishga chidamsiz. Havodagi kislorod ta‟sirida 
tabiiy ipak parchalanadi. Ipakka qaytaruvchilar ta‟siri kam o„rganilgan. 
Qaytaruvchilar ta‟siriga chidamli. 
Seritsin
fibroinga nisbatan kamroq o„rganilgan. Seritsinni aminokislotali 
tarkibi tekshirilganda, uning fibroindan farq qilishi kuzatilingan. Fibroin 
tarkibidagi alanin va tirazin seritsinda kam miqdorda, glitsin esa nomigagina 
uchraydi xolos. 
Seritsin spirtda, atseton va benzinda erimaydi. Lekin suv va kislota hamda 
ishqorlarning suvli eritmalarida eriydi. Uning suvda erishiga sabab kimyoviy 


70 
tuzilishining fibroindan farq qilishidir. Yon zanjirlarida qutbli guruhlarning 
ko„pligi, zanjirning tartibsiz joylashganligi va ular orasidagi molekulalararo 
ta‟sirlashuvning kamligidadir. Seritsinni suvda eruvchanligi haroratga bog„liq. 
Harorat 90
0
C dan kam bo„lsa, u faqat bo„kadi va deyarli erima holiga o„tmaydi. 
100
0
C da tolani butkul seritsindan xalos etish mumkin. Buning uchun ko„p vaqt 
talab qilinadi. Harorat 105
0
C dan ortganda seritsinni eruvchanligi keskin ortadi. 
110

C da 1 soat davomida to„liq eriydi. Seritsinning eruvchanligi muhitga ham
bog„liq, kislotali va ayniqsa ishqoriy muhitda seritsinning eruvchanligi ortadi. 
pH -9,5-10 bo„lganda kuchsiz ishqoriy muhitdan ham 95-100

C haroratda tola
tez seritsindan ozod bo„ladi. Seritsin fibroindan farqli o„laroq fermentlar ta‟siriga 
chidamsiz. Shuning uchun mikroorganizmlar ta‟sirida seritsin parchalanadi. Xom
ipakka formaldegid bilan ishlov berilganda seritsinni suvda eruvchanligi 
kamayadi. Xom ipakni seritsindan tozalagandan keyin qolgan seritsinli eritma 
jelatin holatida bo„ladi. Ya‟ni zol holatdan gel holatga o„tadi. Seritsinni 
izoelektrik nuqtasi pH=3,9-4,3 ga teng. Bundan ko„rinib turibdiki seritsin
kuchsiz kislotalilik namoyon qilar ekan. Pillada fibroin va seritsin bilan bir 
qatorda 1-1,7 % miqdorda mineral moddalar ham bo„lib, ular asosan 
silikatlardan, sulfatlar, fosfatlar xloridlar, kaliy, magniy, natriy, kalsiy karbonatlari 
va temirdan tarkib topgan. Pillaga uning tarkibidagi tabiiy pigmentlar rang
beradi. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish