guruhlar -OH, -NH
2
, -COOH,
=NH, -SH
va boshqalarning bo„lishi vodorod bog„ning vujudga kelishiga olib
keladi va tolaning gigroskoplik hamda reaksion qobiliyatini oshiradi. Van-der
Vaals kuchlari
elektrostatik maydon dipol
ligi yoki ikki molekula elektron va
atom yadrolarining elektromagnit maydonlarining o„zaro ta‟sirlashuvi natijasida
vujudga keladi.
Vodorod bog„lar 0,26-0,28 nm, Van-der Vaals bog„lanish 0,28-0,6 nm
masofada ta‟sir qiladi, turli bog„lanishlarning bog„lanish energiyasi 1-jadvalda
keltirilgan.
1-jadval
Bog„lanish turiga bog„liq ravishda ta‟sirlashuv energiyasining solishtirma
qiymatlari
№
Bog„ turi
(ta‟sirlashuv,
bog„lanish)
Ta‟sirlashuv energiyasi (bog„lanish, ta‟sirlashuv)
kKal/mol
kDj/mol
1.
2.
3.
4.
5.
Van-der-Vaals
Vodorod
Koordinatsion
Ion
Kovalent
0,4-0,04
2-10
50-100
50-100
50-100
1,6-0,16
8-40
200-400
200-400
200-400
21
Izoh
. 1 kDj/mol = 0,24 kKal/mol. Masalan. Sellyulozada vodrod bog„lanish
energiyasi 20,9-30,4 kDj/mol, Van-der-Vaals kuchlar energiyasi 8,3-12,5 kDj/mol,
kovalent bog„lanish energiyasi 320-360 kDj/mol
Ion bog„lanish ikki bir-biriga qarama-qarshi zaryadli ionlar orasida vujudga
keladi. Tarkibida ionogen (-OH, -COOH, -NH
2
) guruhlari bo„lgan oqsil,
sellyuloza, poliamid va poliakrilonitril tolalar ion bog„lanishga kira oladi. Suvda
eruvchi barcha bo„yovchi moddalar, anion va kation tipidagi sirt aktiv moddalar va
boshqa to„qimachilik yordamchi moddalari tolalar bilan ion bog„lanishi mumkin.
Koordinatsion bog„lanish bu donor akseptor bog„lanish bo„lib, u kompleks
birikmalar uchun xosdir. Markaziy atom sifatida vakant elektron orbitali bo„lgan
neytral atom (akseptorlar), liganda sifatida esa bo„sh elektron juftlikga ega bo„lgan
neytral atom (donorlar) ishtirok etadi. Koordinatsion bog„lanishlar poliamid va jun
tolali to„qimachilik materiallarini metallkompleks bo„yovchi moddalar bilan
bo„yash jarayonida vujudga keladi.
Kovalent bog„lanish eng mustahkam kimyoviy bog„ hisoblanadi. Kovalent
bog„lanishda sorblanish qaytmas xarakterda bo„ladi. Tola hosil qiluvchi
polimerlarning elementar zvenolari orasidagi kovalent bog„lanish ularni kimyoviy
mustahkamligini, bo„yovchi modda strukturasidagi atom orasidagi kovalent bog„
ularning xromofor sistemasining kimyoviy va fotokimyoviy mustahkamligini
bildiradi.
Molekulalararo ta‟sirlashishning umumiy energiyasi kogeziya energiyasi deb
ataladi. Bu energiyaning ortishi bilan polimerning pishiqligi, mo„rtligi, erish
harorati va yumshash harorati ortib boradi. Kogeziya bu – jism ichida (hajmda) bir
faza chegarasida molekulalararo birikishdir. Bu vodorod va (yoki) kimyoviy
bog„lar kuchi hisoblanadi. Adgeziya esa – ikki bir-biriga tegib turgan yuzalar
orasidagi molekulalaro bog„lar energiyasidir. Adgeziyaning miqdoriy maydon
birligi hisobida jismlarni ajratishga sarflanadigan ish bilan aniqlanadi. Tola
yuzasida ko„pgina tabiiy va texnologik chiqindilar adgeziya hisobiga ushlanib
turadi. To„qimachilik materialiga gul bosilib, quritilgach bo„yoq mato yuzasi bilan
adgezion bog„lanib turadi.
22
Makromolekulalarni turli ta‟sirlarda tuzilishini o„zgarishi ularning
konformatsiya va konfiguratsiyasi bilan tushuntiriladi.
Konfiguratsiya
bu – issiqlik ta‟sirida makromolekula atomlarining ma‟lum
fazoviy tuzilishidir. Makromolekulaning bir konfiguratsiyadan ikkinchisida o„tishi
kimyoviy bog„larning uzilishi bilan boradi. Polimerlarda bir necha turdagi
konfiguratsiya bosqichlari ajratilib ko„rsatiladi:
- zveno konfiguratsiyasi;
- zvenolarning ulanish konfiguratsiyasi;
- bloklarning ulanish konfiguratsiyasi;
- zanjir konfiguratsiyasi.
Zveno konfiguratsiyasi to„yinmagan qo„shbog„ monomerlardan olingan
polimerlar uchun xos:
Zvenolarning ulanish konfiguratsiyasi nosimmetrik tuzilishga ega bo„lgan
polimerlar uchun xos bo„lib, unda zvenolar boshi oxiriga, oxiri oxiriga, boshi
boshiga usullarda birikishi mumkin, masalan xlorvinildan polivinilxloridni hosil
bo„lishi:
Bloklarning ulanish konfiguratsiyasi turli tarkibdagi zvenorlardan tashkil
topgan sopolimerlar uchun xos:
Regulyar zanjir – A-V-A-V-A-V-A-V-A-
Bloksopolimerlar – [A-A-A]
n
- - [-B-B-B-B]
m
-[A-A-A-A-A]
k
-
Choklangan (privitie) bloksopolimerlar
– A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-A-
B-B-B-B-B-B-B-B-B-B B-B-B-B-B-B-
23
Zanjir konfiguratsiyasi zveno yoki bloklarning ketma-ket birikishi bilan
aniqlanadi. Bunda chiziqli (PVS, PE, PP, tabiiy sellyuloza), tarmoqlangan (asosiy
zanjir bilan birga yon zanjirlari xam bo„lgan polimerlar), to„rsimon (polimerni
yuqori darajada tarmoqlanishida hosil bo„ladi; to„rsimon polimer zanjirlari o„zaro
kimyoviy bog„lar yordamida birikkan bo„ladi; to„rsimon polimer strukturasi yassi
yoki fazoviy ko„rinishda bo„lishi mumkin) polimerlar hosil bo„lishi mumkin.
Tarmoqlangan polimerlarni ayrim tuzilishlari:
Yon zanjiri kalta bo„lgan
Yon zanjiri uzun bo„lgan
Yulduz ko„rinishda
Taroqsimon
Daraxtsimon
To„rsimon polimerlarni ayrim tuzilishlari:
Narvonsimon
Yarimnarvonsimon
Yassi to„rsimon
24
Fazoviy to„rsimon
Makromolekulalarning
Do'stlaringiz bilan baham: |