Pardozlash korxonlarini rivojlanish istiqbollari.
To„qimachilik materillarini
pardozlash jarayonlari bo„yash - pardozlash yoki pardozlash korxonalarida olib
boriladi. Pardozlash korxonalari tarkibida quyidagi asosiy bo„limlar faoliyat
ko„rsatadi: oqartirish, bo„yash, gul bosish va yakuniy pardoz berish. Asosiy
bo„limlar bilan bir qatorda yordamchi bo„limlar ham bo„lib, ular: xom-ashyo,
tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulot, kimyoviy moddalar va ehtiyot qismlar
omborxonasi; kimyoviy stansiya, bo„yoq qaynatish xonasi, ishlatilgan eritmalarni
regeneratsiya qilish bo„limi, qoliplarni tayyorlash yoki gravyura xonasi.
7
Pardozlash korxonalarining rivojlanishi quyidagi omillarga asoslanadi;
1. Aralash tolali matolar miqdori va turlarini ko„paytirish, eni enli matolarni
ishlab chiqarishga o„tish.
2. Jarayonlarni birgalikda olib borish, texnologik ketma-ketlikni qisqartirish,
hamda jarayonlarni faollashtiruvchi, yangi fizik va kimyoviy usullarni keng
qo„llash orqali pardozlash jarayonlarini jadallashtirish.
3. Kichik modulli, ko„pik, azotrop, yuqori konsentratsiyali, yuqori haroratli,
suyuq ammiakli va shu kabi yangi progressiv texnologiyalarni qo„llash.
4. Kompyuter texnologiyalarini qo„llab texnlogik jarayonlarni avtomatik
nazorat qilishni keng qo„llash va kimyoviy modda miqdorini avtomatik boshqarish.
Tolali materillar yuqorida ko„rsatilgan jarayonlarni amalga oshiruvchi
obyekt bo„lib, xossalari va strukturasi bo„yicha juda murakkab sistemalardir.
Tolalarni sinflanishi.
Kelib chiqishi bo„yicha barcha ma‟lum tolali materillar
ikki guruhga bo„linadi: tabiiy va kimyoviy. Bevosita tabiiy materiallardan
olinadiganlarga tabiiy tolalar deyiladi. Ular asosan organik va ayrim hollarda
mineral tabiatli bo„ladilar. O„z o„rnida organik tolalar yana ikki guruhga:
jonivorlardan olinadigan va o„simliklar asosidagi tolalarga bo„linadi, bular paxta,
len, pelka, jut, rami va jun, tabiiy ipak. Bu tolalar tola hosil qiluvchi polimerlar
bo„yicha sellyulozali va oqsilli bo„ladi. Mineral tola guruhiga texnika sohasida
ahamiyatli hisoblangan asbest kiradi.
Tabiiy yoki sintetik yuqori malekulyar birikmalarni kimyoviy qayta ishlab
hosil qilingan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi. Kimyoviy tolalar sun‟iy va sintetik
tola guruhlaridan tashkil topgan.
Tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni qayta ishlash orqali sun‟iy tolalar
hosil qilinadi. Bularga quyidagi tolalar kiradi:
Sellyuloza asosli: viskoza, polinoza, mis-ammiakli, triatsetat, atsetat tolalari;
Oqsil asosli: kazein, zein tolalar.
Quyi molekulyar birikmalardan sintez yo„li bilan olingan sintetik polimerlar
asosidagi tolalar sintetik tolalar guruhini tashkil qiladi. Asosiy zanjirdagi
elementlar tarkibi bo„yicha sintetik tolalar geterozanjirli (polamid (PA)-kapron,
8
anid, enant; poliefir (PE)-lavsan;) va karbozanjirli (poliakrilonitril (PAN)-nitron;
polivinilxlorid (PVX)-xlorin; polivinilspirt (PVS)-vinol).
Noorganik kimyoviy tolalar guruhiga shishali tola, keramikali tolalar, metall
va yarim metalli iplar mansubdir. 1-rasmda tolalarning sinflanishi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |