Tayanch so‘zlar va iboralar:
Tolali materiallar, tabiiy tolalar va ularning yo„ldosh moddalari, yo„ldosh
moddalar tarkibi, kimyoviy tolalar, pardozlash, tolalar qurilmasiga pardozlash
muhiti va haroratsining ta‟siri, yo„ldosh moddalar xossalari, turli tolali matolarni
bo„yash va gul bosishga tayyorlash nazariyasi, bo„yovchi moddalar, bo„yash,
bo„yash nazariyasi, bo„yashning kinetik va termodinamik ko„rsatkichlari, bo„yash
bosqichlari, bo„yovchi moddaning tola ichiga diffuziya mohiyati, diffuziya
koeffitsienti va uni hisoblash, bo„yovchining tolaga sorblanish izotermasi,
kimyoviy potensial, moyillik, moyillikni hisoblash usullari, bo„yash entalpiyasi va
entropiyasi, gul bosish, gul bosishning nazariy asoslari, yakunlovchi pardozlash,
yakunlovchi pardozlashning kimyosi va nazariyasi, kimyoviy bog‟, antipiren,
termoreaktiv smola, termoplastik smola, antistatik pardozlash maxsus tolalar.
4
1-MA’RUZA
Kirish. Tolali materiallarini pardozlash kimyoviy texnologiyasi fani
maqsadi, vazifalari
Reja:
1.
Tolali materiallarini pardozlash kimyoviy texnologiyasi fani, maqsad va
vazifalari
2.
Pardozlash korxonlarini rivojlanish istiqbollari.
3.
Tolalarning sinflanishi.
Kishilik jamiyati o„zining moddiy farovonligini oshirish uchun tabiat bilan
kurashda turli-tuman yangiliklar yaratib, undan ustunlik qilmoqda. Kimyo fanining
eng so„nggi kashfiyotlari va ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirish sohasida
erishilgan muvaffaqiyatlar yangi-yangi sun‟iy va sintetik materiallarni vujudga
keltirishga imkon bergan. Bu materiallardan tayyorlangan sun‟iy va sintetik
gazlamalar, trikotaj, mo„yna, poyabzal va boshqalar pishiqligi, mustahkamligi,
arzonligi bilan ajralib turadi.
Inson ming yillardan beri o„zi uchun kerakli barcha buyumlarni, ya‟ni
gazlama va kiyimlarni tabiiy tolalar: jut, paxta, kanop, jun va zig„irdan tayyorlagan
va ularga turli-tuman pardoz bergan.
To‘qimachilik materiallarini pardozlash kimyoviy texnologiyasi fani,
maqsad va masalalari
. Xalq iste‟mol mahsulotlarini sifatini yaxshilish,
raqobatbardoshligini ta‟minlash, dunyo namunalari darajasida ishlab chiqarish
O„zbekiston Respublikasning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy
yo„nalishi hisoblanadi. Bu maqsadga yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan
pardozlash korxonalari texnologlarini yetishtirib berish orqali erishish mumkin.
TMPKT – bu to„qimachilik materiallarini pardozlashga tayyorlash, bo„yash,
gul bosish va yakuniy pardozlash jarayonlarini nazariy va texnologik mohiyatini
ilmiy-texnik muammolarni hal etuvchi fandir.
5
Pardozlashning kimyoviy texnologik jarayonlari asosan tolali materillarga
kimyoviy, fizik-kimyoviy yo„llar bilan ta‟sir etish orqali amalga oshiriladi Bunday
jarayonlarga oxorsizlantirish, qaynatish, oqartirish, merserlash, karbonlash,
bo„yash, gul bosish, appretlash, termoishlov berish va boshqalar misol bo„la oladi.
To„qimachilik korxonalaridagi kimyoviy-texnologik jarayonlarning asosiy
vazifasi mahsulotlarga ma‟lum xossalar berishdan iboratdir. Bular: kapillyarlik,
oqlik, kamkirishuvchanlik, kamg„ijimlanuvchanlik, namga chidamlilik, ko„rkamlik
va boshqalardir. To„qimachilik materillarini pardozlashning kimyoviy jarayonlari
bilan bir qatorda mexanik jarayonlar ham bajariladi (tuk qirqish, paxmoqlash,
dazmollash, en kengaytirish va boshqalar).
To„qimachilik materiallarini pardozlash qadimdan ma‟lum bo„lib, hozirgi
kunda u og„ir qo„l mehnatidan to uzluksiz tez sur‟atlarda olib boriladigan
jarayonlargacha rivojlanib kelmoqda. XVIII asrgacha zig„ir tolali matolarni
oqartirishga butun yoz mavsumida erishilgan bo„lsa, XIX asrga kelib ba‟zi
kimyoviy materiallarni qo„llanilishi sababli bu jarayonga ikki oy mobaynida
erishishga muvaffaq bo„lganlar. Hozirgi kunda yuqori harorat, bosim hamda turli
faol kimyoviy moddalarni ishlatish orqali matolarni oqartirishga bir necha soat
sarflanadi xolos.
XIX asr o„rtalarigacha bo„yash va gul bosishda faqat tabiiy bo„yovchilardan
foydalanilgan. 1842 yili Qozon universiteti professori N.N.Zinin tomonidan kashf
etilgan anilinni olish texnologiyasi sanoat miqyosida ko„pgina bo„yovchi
moddalarni ishlab chiqarishga asos bo„ldi. Matolarni badiiy bezash uchun
bo„yovchi moddalar, bo„yoqlar va pigmentlar ishlatiladi.
Bo„yovchi moddalar – rangli organik birikmalar bo„lib, to„qimachilik
materiallari va boshqa jismlarga bir tekis va mustahkam rang beradi.
Bo„yoq - matolarga gul bosish uchun ishlatiladigan bo„yovchi modda,
quyuqlovchi va yordamchi moddalardan tashkil topgan murakkab tarkibdir.
Pigmentlar – suvda va ko„pchilik organik erituvchilarda erimaydi, tola
yuzasiga bog„lovchi moddalar yordamida bog„lanadi.
6
Pardozlash-bo„yash korxonalari ko„p miqdorda suv iste‟mol qiluvchi sanoat
tarmog„iga kiradi. Jarayonlardan hosil bo„lgan oqova suvlarni tarkibida bo„yovchi
modda, ishqor, kislota, tuz va sirt aktiv moddalarning bo„lishi ularni tozalash
jarayonini qiyinlashtiradi.
Hindiston, Xitoy va Misr matolarga gul bosishning vatani hisoblanadi. Ilgari
matolarga qo„lda gullar chizilgan, so„ng maxsus qoliplar orqali, keyinchalik esa
gul bosish jihozlarida matolarda turli gullar hosil qilingan.
Matolarga yakuniy pardoz berish xamma jarayonlardan so„ng kashf etilgan.
XVIII-XIX asrlarda matolarga kraxmal bilan ishlov berib, uni sifatini oshirish
ma‟lum bo„lgan. Bu jarayonda mato o„ziga olgan yangi xususiyatlar birinchi
yuvishdanoq chiqib ketgan.
XX asr o„rtalariga kelib matolarga yakuniy pardoz berishning yangi turlari
kashf etildi (kam kirishuvchan, kam g„ijimlanuvchan, suv o„tkazmaydigan,
olovbardosh, bakteriyalardan himoyalanuvchan).
Turli ishlab chiqarishdagi pardozlash jarayonlarining iqtisodiy baholash va
o„rganish, bu jarayonlarni olib borishning eng maqbul sharoitini tanlash,
yordamchi materiallar va jihozlar tanlash, ishlab chiqarish jarayonlarni nazorat
qilish muammolarini hal qilish, gigienik va xavfsiz mexnat qilish sharoitini
ta‟minlash to„qimachilik materillarini pardozlash texnologiyasi vazifasini tashkil
etadi. To„qimachilik materiallarini pardozlash jarayonlarini effektiv olib borish
kimyo va fizika qonuniyatlarini muhandis, iqtisod va boshqa fanlarni amalda
qo„llashni o„rganuvchi bilimlar majmuasiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |