247
(terrorizmga qarshi kurash bo„yicha maxsus kichik bo„linmalar tarkibidan)
kiritilishi mumkin.
Ikkinchi darajali ko„cha bo„ylab hujumga o„tayotgan
hujumchi guruhning
tarkibi kamroq sondagi kuchaytirish vositalariga ega bo„lishi mumkin.
Hujumchi otryad (guruh) portlovchi zaryadlar, aerozolli (tutunli),
yondiruvchi va signal berish uchun mo„ljallangan vositalar bilan ta'minlanadi.
Hujumchi guruhning bo„linmalari, qoidaga ko„ra, jangovar “juftlik” va
“uchlik”larga bo„linib harakat qiladilar hamda ularning o„rtasida hamkorlik va bir-
biriga madad berish tashkillashtiriladi. Hujumchi guruhlarning harakatlari
artilleriya bo„linmalari tomonidan qo„llab-quvvatlanadi, buning uchun hujumchi
otryad boshqaruv punktida komandirning yonida aviatsiya mo„ljallovchisi va
artilleriya o„t ochish amallariga to„g„rilashlar kirituvchi bo„ladi. Hujumchi otryad
komandirining qo„mondonlik-kuzatuv punkti, qoidaga ko„ra, magistral (asosiy)
ko„chada harakatlanayotgan hujumchi otryadning jangovar tartibida (jangovar
tartib ortida) joylashadi.
Hujumchi otryadning jangovar tartibi 2-3 ta hujumchi guruhlar, rezerv
(kuchaytirilgan jangovar guruhdan motoo„qchi vzvodgacha), artilleriya
bo„linmalari va muhandislik rezervidan tashkil topadi.
Hujumchi guruhning jangovar tartibi quyidagilardan tashkil topishi mumkin:
qo„lga olish kichik guruhi, rezerv kichik guruhi, o„t ochish kichik guruhi, to„siqni
tozalash kichik guruhi hamda oralab chiqish guruhlari. Qo„lga
olish kichik
guruhiga, qoidaga ko„ra, pulemyot seksiyasi (jangovar mashinasiz) hamda
ognemyotchilar bilan kuchaytirilgan tankchi guruh va bir-ikkita jangovar guruhlar
kirishi mumkin. Rezerv kichik guruhining tarkibida, odatda, kuchaytirilgan
jangovar guruh harakat qiladi.
O„t ochish kichik guruhiga minomyot va SPG rusumidagi tirgakka
o„rnatilgan tankka qarshi granatomyot raschetlari, motoo„qchi vzvodning o„t ochib
madad berish vzvodi (pulemyot seksiyasisiz) va avtomobilga o„rnatilgan ZU-23-2
rusumidagi zenit qurilmasi, to„siqni tozalash kichik guruhiga esa muhandislik-
sapyor bo„linmasi va shunga mos muhandislik texnikasi kiradi.
248
Hujumchi otryadga birinchi navbatdagi va navbatdagi vazifalar tayinlanadi.
Hujumchi otryadning birinchi navbatdagi vazifasi ikki-uchta dahani qo„lga
olishdan, navbatdagi vazifasi esa shahar yoki uning
tumanlaridan biridagi muhim
imoratni (ob'ektni) zabt etishdan iborat bo„lishi mumkin.
Hujumchi guruhga birinchi navbatdagi vazifa va kelgusi harakatlarning
yo„nalishi tayinlanadi. Hujumchi guruhning birinchi navbatdagi vazifasi binoni (bir
nechta kichik binolarni), ba'zida esa bitta dahani qo„lga olish va zabt etishdan
iborat bo„lishi mumkin. Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, jangovar vazifani
bajarish mobaynida hujumchi guruhlarning jangovar vazifalariga hujumchi otryad
komandiri tomonidan aniqliklar kiritilishi mumkin.
Hujumchi guruhlar dushman bilan bevosita jangovar to„qnashuv chizig„ida
harakat qilayotgan bo„linmalar ortida yoki egallab turgan hududlaridan chiqib
kelgan holda hujum qilinadigan ob'ektlarga imkon qadar yaqin joydan
egallanadigan boshlang„ich holatdan turib harakat qilishlari mumkin. Belgilangan
vaqtda (umumiy signalga binoan) hujumchi guruhlarning bo„linmalari hujumga
o„tadilar.
Hujumchi otryad, qoidaga ko„ra, ulardan biri magistral ko„cha bo„lgan ikkita
ko„cha bo„ylab hujum qiladi. Magistral ko„cha bo„ylab hujum qilayotgan hujumchi
guruhning qo„lga olish kichik guruhi binolarning o„ng va chap tomonidan
harakatlangan holda olg„a siljib boradi hamda qarshilik ko„rsatgan dushmanni yo„q
qiladi. Qo„lga olish kichik guruhidagi motoo„qchi
va ognemyotchilar tanklar
panasidagi jangovar “juftlik” va “uchlik”lar tarkibida piyoda yurgan holda
binolarning birinchi qavatlari va yerto„lalariga qarata o„t ochish amalini olib
boradilar. Tanklar va piyoda yurib harakatlanayotgan motoo„qchilar ortida, 50-100
metr uzoqlikda kelayotgan qo„lga olish kichik guruhi bo„linmalarining BMP
(BTR) lari ikkinchi-uchinchi qavatlarga qarata o„t ochish amalini olib boradilar.
Qo„lga olish guruhi ortidan o„t ochish kichik guruhi harakatlanib, u dushman
tomon qo„l granatomyotlari va o„qli qurollardan o„t ochib qo„lga olish guruhining
zirhli ob'ektlari hamda shaxsiy tarkibiga shikast yetkazishining oldini
olish
maqsadida binolarning yuqori qavatlari va tomlariga qarata o„t ochadi. Oralab
249
chiqish guruhlari o„t ochish kichik guruhining
ortidan harakatlanib, ketma-ketlik
bilan binolarni ko„zdan kechirish hamda u yerlarda qolib ketgan dushmanning
kichik guruhlari va yakka holdagi janggarilarini yo„q qilishni amalga oshiradilar.
To„siqni tozalash kichik guruhi, hujumchi otryad va guruh qo„mondonlik-
kuzatuv punktlari, shuningdek, rezerv kichik guruhi, qoidaga ko„ra, qo„lga olish
kichik guruhining bo„linmalaridan 150-300 metrlik uzoqlikda, ko„cha markazi
bo„ylab kolonna bo„lib harakatlanadilar.
Qo„lga olish guruhi, odatda minalangan bo„lib chiquvchi uyumlar, vayron
qilingan uchastkalar, barrikada va to„siqlarga duch kelgan vaqtda, to„siqni tozalash
guruhi oldinga chiqib, tanklar hamda qo„lga olish kichik guruhi bo„linmalarining
olovli himoyasi ostida o„tish joylarini (o„tish yo„llarini)
ochish va minalarni
zararsizlantirishga kirishadi. Mudofaaga tayyorlangan binolarni vayron qilish
uchun UR-77 rusumidagi boshqariladigan raketa qurilmalaridan foydalanish
mumkin.
Dushmanning mudofaa uchun tayyorlangan binodagi kuchli qarshilik
o„chog„iga duch kelgan vaqtda qo„lga olish kichik guruhining motoo„qchi va
ognemyotchilari oldinga chiqadilar hamda hujum ob'ektidan
Do'stlaringiz bilan baham: