Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

50-100 metr
uzoqlikda, qoidaga ko„ra, 
uning kichik guruhlaridan birining tarkibidan ajratilgan jangovar “uchlik” yoki 
“juftlik” harakatlanadi. Balandliklarning yonbag„irlari va cho„qqilari hamda vodiy 
(dara) 
bo„ylab 
hujum 
qilayotgan 
bo„linmalar 
harakatlarining 
muvofiqlashtirilganligiga alohida e'tibor qaratiladi.
Balandliklarni qo„lga olish kuchlarning bir qismi bilan dushmanni frontdan 
siqib qo„yib, artilleriya olovi va aviatsiya zarbalari madadida asosiy kuchlar bilan 
qanotlar front ortidan zarba bergan holda amalga oshiriladi.
Daraning (vodiyning) kirish joyini himoya qilayotgan balandliklar 
egallangandan so„ng bevosita dara (vodiy) bo„ylab hujum qiladigan bo„linmalar 
harakatni boshlaydi. Daraning o„ng va chap tomonlaridagi yonbag„irlar bo„ylab 
hujum qilayotgan bo„linmalar balandliklar va dara tomonga qaragan 
yonbag„irlardagi dushmanni yo„q qiladilar, shuningdek, o„t ochib dara (vodiy) 
bo„ylab hujum qilayotgan bo„linmalarga madad berishni amalga oshiradilar.


254 
Motoo„qchilar jangovar mashinalardan tushgandan so„ng tanklar, piyodalar 
jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) va avtomobillarga o„rnatilgan ZU-23-
2 zenit qurilmalari harakatni ta'minlash otryadi (guruhi) bilan izma-iz dara (vodiy) 
bo„ylab hujum qilayotgan bo„linma ortidan harakatlanadilar. Tanklar bevosita 
motoo„qchilarning jangovar tartiblari ortidan harakatlanadi hamda bo„linmalarni 
olg„a siljishiga to„sqinlik qilayotgan cho„qqilar va yonbag„irlardagi dushman o„t 
ochish vositalarini o„zining o„t ochish amali bilan yo„q qiladi. Darani zabt 
etgandan so„ng qo„yilgan vazifadan kelib chiqqan holda harakat qiladilar.
Tog„li joy sharoitida eng muhim hukmron balandliklar va yo„l bog„lamlarini 
qurshovga olish hamda ularni zabt etish, odatda, aylanib o„tadigan otryadlar va 
taktik havo desantlarini qo„llagan holda amalga oshiriladi.
Frontal hujumdan tashqari, aylanib o„tadigan otryadlar singari boshqa har 
qanday manevrni ham qo„llashning imkoni bo„lmagan taqdirda hujumkor otryad va 
guruhlar tuzilib, ular artilleriya olovi va aviatsiya zarbalari samarali bo„lmagan, 
yaxshi pana qilingan va niqoblangan g„or, ungur, tog„lardagi o„yiqlar, shuningdek, 
tik qoyalarga o„rnashib olgan dushmanni yo„q qilish uchun jalb qilinishi mumkin.
Qoyalardagi g„orlar, muhandislik nuqtai nazaridan qayta jihozlangandan 
so„ng yetarli darajada mustahkam istehkomlarga aylanadi. Ularda janggarilarning 
yashash joylari, ombor, shtab, qamoqxona va boshqa ob'ektlar joylashishi mumkin. 
Qoidaga ko„ra, g„orlar o„tish qiyin bo„lgan tog„larning o„rta va katta 
balandliklarida joylashadi hamda artilleriya olovi va aviatsiya zarbalariga chidamli 
bo„ladi.
G„orlarga olib boradigan yo„llar qattiq qo„riqlanadi, ularning kirish qismlari 
esa niqoblanadi va minalashtiriladi. Har bir g„or bir-ikkita zaxira chiqish joylari va 
o„t ochish amalini olib borish uchun maxsus jihozlangan o„t ochish tuynuklariga 
ega bo„lishi mumkin.
Bitta g„orni qo„lga olish uchun kuchaytirish vositalari hujumkor guruhning 
kuchaytirish vositalari bilan bir xil bo„lgan motoo„qchi vzvodgacha bo„lgan kuch 
talab etiladi.


255 
G„orni qo„lga olishdagi muvaffaqiyat ko„p jihatdan o„z vaqtida uning kirish 
joylarini topish, dushmanning to„siqlari va o„t ochish tizimini aniqlashga bog„liq 
bo„ladi. Bu vazifa tarkibi granatomyot, pulemyot va ognemyot raschetlari hamda 
mergan va sapyorlar bilan kuchaytirilgan jangovar guruhdan tashkil topgan 
razvedka-qidiruv guruhi tomonidan bajariladi.
G„orni qo„lga olish va dushmanni yo„q qilish uchun unda qo„lga olish kichik 
guruhi tuzilib, u razvedka-qidiruv guruhining ortida, 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish