Afgʻon urushi (1979—1989)
Afgʻon urushi
|
|
Sanalar
|
1979-1989-yillar
|
Urush yeri
|
Afgʻoniston
|
|
Raqiblar
|
Afgʻon urushi 1979-yil 25-dekabr-1989-yil 15-fevral oraligʻida boʻlib oʻtgan.
Mujohidlar islom bayrogʻi ostida goʻyoki kofirlarga qarshi kurashayapmiz deb islomiy shiorlarni bayroq qilgan boʻlsalar-da, ular AQSh va Buyuk Britaniyadan qurol-yarogʻ olishgan. Mujohidlarning spetsnazlari AQSh va Buyuk Britaniya harbiylari ustozligida Pokiston va Shotlandiyadagi maxfiy lagerlarda harbiy amaliyotni oʻtashgan. Ularga sovet harbiy kolonnalariga hujum qilish, harbiy bazalarni portlatish, samolyot va vertolyotlarni urib tushirish oʻrgatilgan hamda Amerika-Angliya razvedkasining sovet armiyasi harakati, joylashuvi, planlari haqidagi maʼlumotlari mujohidlarga etkazib turilgan, mina, granatomyot, raketalar bilan taʼminlangan. 1983-yil 5-mayda Moskvaning tazyiqi ostida AQSh davlat departamenti mujohidlarning homiysi ekanini rasmiy ravishda tan oldi.
Sovet-Afgʻon urushi davrida mujohidlar biror marta ham yirik harbiy operatsiya oʻtkazolmadi, hech qaysi shaharni bosib ololmadi. Ular kichik toʻdalarga boʻlinib, pistirma qoʻyish, qoʻporuvchilik qilish kabi usullar bilan jang olib borishgan. Sovet armiyasi Afgʻonistonni tark etgach, mujohidlar ancha erkin harakat qilishga oʻtishdi. Ular 1989-yilning oʻzida 250 marta SSSR chegarachilariga qurolli hujum uyushtirishdi. Pokiston va Shotlandiyada harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan mujohid-diversantlar kechasi chegaradan yashirincha SSSRga oʻtib, yoʻllarni minalashtirishdi. 1990-yilgacha 17 ta mina sapyorlar tomonidan zararsizlantirilgan. Bu minalar AQSh, Angliya va Italiyada ishlab chiqarilgan edi.
Afgʻon urushida Afgʻoniston hukumati va sovet armiyasiga qarshi urishayotgan mujohidlar „Afgʻoniston islom jamoati“ga birlashtirilgan edi. Jangarilar safida faqat afgʻonlar emas, Pokiston, Eron, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlardan kelgan jihodchi-jangarilar ham bor edi. Ular jami 250 mingta jangaridan iborat boʻlib, hech qachon ikki mingtadan koʻpi bir joyga toʻplanmagan, doimo togʻlarda guruh-guruh boʻlib, tarqoq yurishgan. Ularga koʻplab xalqaro islomiy tashkilotlar ham moddiy yordam berib turishgan. Ularning orasida eng katta kuchga ega tashkilot, bu Pokistondagi „Maktab al-xidamat“ tashkiloti edi. Bu tashkilot AQShdan millionlab dollar mablagʻ va qurol-yarogʻ olib turardi. „Maktab al-xidamat“ning rahbarlari Abdulla Aʼzam va Usama ben Laden edi. Afgʻoniston urushida arab jangarilari katta rol oʻynadi. Ularning koʻpchiligi Usama ben Ladenga boʻysunardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |