Afgʻon urushi Sanalar



Download 45,51 Kb.
bet2/2
Sana04.08.2021
Hajmi45,51 Kb.
#138378
1   2
Bog'liq
Referat

Mundarija

  • 1Sovet armiyasidan soʻng

  • 2Halok boʻlganlar

  • 3Qurol-aslahalar

  • 4Manbalar

Sovet armiyasidan soʻng

Sovet armiyasi ketgach, Usama Ben Laden yangi tashkilot tuzib, uni „Al-Qoida“ deb atadi. 1989 yilda Abdulla Aʼzam oʻldirilgach, „Maktab al-xidamat“ning koʻplab jangarilari ham „Al-Qoida“ tarkibiga oʻtib ketdi va shu tariqa Peshovarda yirik terrorchilik tashkiloti yuzaga keldi. Ular endi oʻz homiysiga, yaʼni AQShga qarshi kurasha boshladilar. 1998 yilda Keniya va Tanzaniyada AQSh elchixonalari portlatib yuborilgach, „Al-Qoida“ dunyodagi nomer-1 terrorchi tashkilot deb eʼlon qilindi. Keyinchalik „Al-Qoida“ kamikadzelari 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi osmonoʻpar egizak binolarni „Boing“ samolyotlari vositasida kunpayakun etishdi… Shu tariqa Afgʻon urushi millionlab odamlarning yostigʻini quritgan, yirik terrorchilik tashkilotlariga doya boʻlgan urush boʻlib tarixda qoldi. Xorij ommaviy-axborot vositalari „musulmon“, „islom“ soʻzlarini „terror“ soʻzi bilan shu qadar koʻp tilga olishdiki, dunyoning koʻplab mamlakatlarida musulmonlarga munosabat keskin oʻzgardi. Albatta, bunda „Al-Qoida“ kabi terrorchilik tashkilotlari bilan birga xorij OAVining „xizmat“lari katta.

Halok boʻlganlar

1988-yil Afgʻoniston prezidenti Najibullo bergan statistikaga koʻra urushda 243 ming 900 nafar odam vafot etgan. Shundan 35 ming 700 nafari ayol, 20 ming 700 nafari yosh bola. Qolganlari harbiy xizmatchilar va fuqaro erkaklar. 77 ming kishi esa yaralangan yoki nogiron boʻlgan.



AQSh manbalarida esa Sovet-Afgʻon urushida bir million odam halok boʻlgani keltiradi. Ahmad Shoh Masʼud esa bir yarim million odam halok boʻlgani, besh million odam mamlakatdan qochib chiqib ketgani haqida maʼlumot bergan. Biroq hozirda Afgʻoniston hukumati oʻn yillik urushda 330 ming afgʻon halok boʻlganini aytmoqda.

Oʻn yillik urushda sobiq Ittifoq armiyasidan 14 ming 427 askar va ofitserlar, KGBning 576 ta xodimi, ichki ishlar Vazirligining 28 xodimi, oʻsha paytda SSSR chegarasida turgan 514 ta chegarachi halok boʻldi. 416 ming kishi esa kasallik (kontuziya, asab va b.) orttirib olishdi.



Afgʻon urushida ishtirok etgan sovet armiyasi 650 ming harbiy xizmatchidan iborat edi. Eng koʻp halok boʻlish 1984 yilga toʻgʻri keldi. Oʻsha yilning oʻzida sovet armiyasidan 2 ming 343 ta askar va ofitserlar oʻldirildi. Sovet armiyasidan jami 417 ta harbiy xizmatchi asirga tushdi yoki bedarak yoʻqoldi. Shundan 130 tasi urush vaqtida asirlikdan ozod qilindi. Asirlarni ozod qilishda AQSh ham ishtirok etdi. Taxminan 30 kishi asirlikdan keyin SSSRga qaytmay, Yevropa va Amerikada yashashga qaror qildi. Shulardan uch kishi keyinchalik vataniga qaytdi. Sovet-Afgʻon urushida jami 1066 oʻzbek halok boʻldi. Shuningdek, ruslardan 6888 ta, ukrainlardan 2378 ta, beloruslardan 723 ta, tatarlardan 442 ta, qozoqlardan 362 ta, turkmanlardan 263 ta, tojiklardan 236 ta, qirgʻizlardan 102 ta, qoraqalpoqlardan 5 ta, chechenlardan 35 ta, yahudiylardan 7 ta, ozarbayjonlardan 195 ta, armanlardan 95 ta va boshqa millat vakillaridan yuzlab yigitlar hayotdan bevaqt koʻz yumishdi. Shulardan 8655 tasi 20 yoshda, 3557 tasi 25 yoshgacha, qolganlari esa 25 yoshdan kattalar edi. Urushda sovet armiyasining yuqori lavozimdagi beshta generali oʻldi: uchtasining vertolyotini mujohidlar urib tushirishgan boʻlsa, biri sirli ravishda toʻsatdan vafot etdi, yana biri ogʻir xastalikka uchrab, Kobul shifoxonasida hayotdan koʻz yumdi. Mujohidlarga qarshi urushda SSSR Afgʻoniston hukumatiga har yili 800 million dollar berib turgan. Shu bilan birga mujohidlarga qarshi kurashayotgan Afgʻonistondagi oʻz armiyasi uchun SSSR har yili 3 milliard dollar sarflagan.
Download 45,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish