Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

KO‘P SONLI JAROHATLAR 
XX asr oxirlariga kelib sanoat va qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishi
transportning taraqqiyoti, katta tezlikka ega bo‘lgan avtomobillarning yaratilishi, 
ko‘p qavatli baland turar joylar qurilishi, tabiiy ofatlarning tez-tez yuz berishi, 
temir yo‘l xalokatlari tufayli odamlarda ko‘p sonli og‘ir jarohatlar uchrashi keskin 
ko‘paydi. Bu jarohatlar 15-40% hollarda o‘lim bilan tugaydi. Ko‘pchilikda esa 


186 
jarohat asoratlari tufayli nogironlik kuzatiladi. Jahon sog‘liqni saqlash 
tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha, ko‘p sonli jarohatlar oqibatida yuz beradigan 
o‘lim yurak-qon tomir kasalliklari va o‘smalardan keyingi uchinchi o‘rinni 
egallaydi. Politravma – ikki yoki undan ko‘p anatomik sohaga ega jarohat bo‘lib, 
ulardan bittasi yoki birgalikda bemor hayotiga xavf solishi mumkin. Bu esa tez va 
samarali tibbiy yordamga muhtoj holatga aytiladi. Har-xil xalokatlar, urush, bu 
jarohatlar epidemiyasidir. Xalokatlarni 1/5 qismi bosh miya jarohati, 1/10 - 
ko‘krak va qorin bo‘shliqlari a’zolari, 1/3 - qo‘l va oyoqlar jarohati, 1/4 - 4/5 - 
aralash jarohatlar, 1/50 - 1/20 - kombinatsiyalashgan jarohatlar, ezilish sindromi 
(Krash sindromi) – to 1/2 - uchrashi mumkin. Ushbu bemorlarning 1/5 qismi - 
reanimatsion yordamga muhtoj, yana 1/5 qismi - jarrohlik amaliyotiga muhtoj, 2/5 
qismi - neyroxirurgik yordamga muhtoj, 1/25 qismi - agoniya holatidagi 
bemorlardir. Politravmada o‘lim – bemorlarni 2/3 qismida kuzatiladi, birinchi 
yordam vaqtida ko‘rsatilganda – 1/2 qismida, malakali yordam ko‘rsatilganda 
o‘lim – 1/6 qismini tashkil etadi. Ko‘p sonli jarohatlarni klassifikatsiyalash va 
terminologiyasini yaratish uchun ko‘p olimlar va maktablar tomonidan takliflar 
berilgan. Klassifikatsiya bo‘yicha jarohatlarning monotravma (yakka jarohat) va 
politravma (ko‘p sonli jarohat) turlari ajratiladi (A. V. Kaplan, 1975 y.): 
I. Monotravma (yakka jarohat), tayanch-harakat a’zolaridagi bir anatomik 
sigmentning, yoki bir bo‘shliqdagi bir a’zoning shikastlanishidir. Monotravmaning 
monofokal va polifokal turlari qayd etiladi. 
II. Politravma, tayanch-harakat a’zolaridagi ikki va undan ortiq segmentlarning 
sinishi, bir yoki undan ortiq anatomik-funksional sohadagi bir necha a’zolarning 
jarohatlanishidir. Qon tomir va nervlarning turli anatomik sohalardagi jarohatlari 
ham shular jumlasiga kiradi. Politravmaning quyidagi turlari farqlanadi: 
1) Ko‘p sonli sinishlar (polifrakturalar) - bir bo‘shliqda ikki yoki undan ortiq 
a’zolarning shikastlanishi, tayanch-harakat sistemasida ikki va undan ortiq 
segmentlarning sinishi. 
2) Aralash jarohatlar – bir necha bo‘shliqlardagi a’zolarning, yoki ikki va undan 
ortiq a’zolar sistemasining turli anatomik-funksional sohalardagi jarohatlaridir.


187 
3) Omuxta (kombinatsiyalashgan, bir necha xil) jarohatlar - bir necha xildagi 
tashqi jarohatlovchi omillarning ta’sir etishi tufayli ro‘y beradi. Masalan: mexanik 
va termik, elektr va mexanik, nurlanish va kimyoviy ta’sir, bir vaqtda suyakning 
sinishi va kuyish; o‘tkir nur kasalligi va bosh miya jarohati va h. k. 
Bemorda politravma holati ro‘y berganida, jarohatlarning biri dominant 
hisoblanadi va bemor ahvolining og‘irligini aniqlaydi hamda uning hayoti uchun 
eng ko‘p xavf tug‘diradi. Boshqa og‘irroq bo‘lmagan jarohatlar yo‘ldosh jarohat 
deb yuritiladi va inson hayoti uchun unchalik xavf tug‘dirmaydi. Travmatik 
kasallikning patogenezi va klinik belgilari juda murakkab bo‘lib, bemor 
organizmida ketma-ket keluvchi va bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan quyidagi 
davrlar ajratiladi: 
1. Shok – bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. 
2. Nisbiy stabillashish va asoratlarning yuzaga kelish xavfi bor davr bir haftagacha 
davom qiladi. 
3. Kechki asoratlarning yuzaga kelishi – bir necha hafta davom etadi. 
4. Sog‘ayish – jarohatlangan a’zolar va sistemalar anatomik butunligi va 
faoliyatining qayta tiklanishi bir necha oylar va uzoq vaqt davom etadi. 
Ko‘p sonli, aralash va omuxta jarohatlar klinik belgilarining o‘ta og‘irligi, 
butun organizmning hayot uchun zarur faoliyatining izdan chiqishi, to‘liq va aniq 
diagnostikaning qiyinligi, davolashning murakkabligi, nogironlik, hamda 
o‘limning yuqoriligi bilan xarakterlanadi va monotravmadan farq qiladi. Ushbu 
jarohatlar ko‘p hollarda travmatik shok, ko‘p qon yo‘qotish, qon aylanishi va nafas 
olishning buzilishi bilan kechadi.
Demak politravma og‘ir kechishi bilan klinik manzarani ifodalaydi va 
hamshiralik diagnostikasi, davolash muolajalari tinchlik davrida va urush paytida 
tezkor harakatlar bilan farqlanadi. Hozirgi kunda zamonaviy qurollarni 
texnologiyalari rivojlangan bir davrda HDX muammolari ham ko‘payib bormoqda. 
Bu holat albatta politravmalarni ham o‘z ichiga oladi.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish