Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

 
Krash sindrom 
To‘qimalarning uzoq vaqt ezilish sindromi yoki krash sindrom (75-rasm) – 
o‘ziga xos travmatik holat bo‘lib, asosan yumshoq to‘qimalarning har-xil 
intensivlikda va uzoq vaqt (2-3 soatdan ortiq) davomida ezilishidan keyin 
rivojlanadi. Patologiyaning bu turi er qimirlashlarida, shaxtalarning o‘pirilishida va 
boshqa holatlarda kuzatiladi. Bu simtomokompleksning klinikasi jarayonning 
joylashgan joyiga, shikastlanishning kengligiga bog‘liq. Qanchalik mushak 
to‘qimasi ko‘p bo‘lsa, kasallikning kechishi shunchalik og‘ir va oqibati yomon 
bo‘ladi. Mahalliy belgilari tana shikastlangan qismi ozod qilinganidan keyin 
boshlanadi va oyoq-qo‘llar shisha boshlaydi, paypaslaganda to‘qimalar 
dag‘allashgan bo‘lib bu o‘zgarishlar bir kundan keyin maksimal kuzatiladi. 
Keyinchalik oyoq-qo‘llar soviydi, teri oqarib, ko‘kimtir dog‘lar paydo bo‘ladi. 
75-rasm. To‘qimalarning uzoq vaqt ezilish sindromi 
Teri sezuvchanligi, tomir urishi yo‘qoladi. Terida seroz, gemorragik 
suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi. Shishlarning ortib borishi bilan 


181 
qon quyula boradi, ezilgan to‘qimalardan va interstitsial bo‘shliqdan plazma 
yo‘qotish, travmatik shok belgilari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Oyoq-qo‘llarda 
tezda qaytmas o‘zgarishlar rivojlanadi, bu esa miotsitlarda keng ishemik nekroz 
rivojlanishiga, uzoq vaqt ezilish sindromi, travmatik toksikoz, krash sindromi deb 
nomlanuvchi og‘ir distrofik o‘zgarishlariga olib keladi. 
Travmatik toksikozning bosqichlari 
Patologik jarayon uchta bosqichdan iborat: 1) erta (boshlang‘ich), 2) oraliq, 
3) kech bosqich. 
Boshlang‘ich bosqichida shikastlangan sohada og‘riqlar, harakatning 
qiyinlashganligi, umumiy holsizlik, ko‘ngil aynishi kuzatiladi. Tomir urishi 
tezlashadi, AB birmuncha pasayadi va eyforiya bo‘ladi. Keyinchalik bemorlarda 
apatiya bo‘lib, uyquchanlik rivojlanadi va umumiy manzara travmatik shokni 
eslatadi. Farqi travmatik toksikozda gematokrit, eritrotsitlar soni va gemoglobin 
miqdori oshgan bo‘ladi. Siydik miqdori esa borgan sayin kamayib borib, to‘q 
rangga kiradi, 0,6—1,2 g/l gacha proteinuriya, silindruriya, gematuriya bo‘ladi. 
Travmatik shok belgilar bo‘lgan boshlang‘ich bosqichi 1-2 kun davom etadi. Bir 
necha kun davomida o‘tkir jigar-buyrak etishmovchiligi, uremiya va sariqlik kelib 
chiqadi. Oraliq bosqichi 1-2 hafta davom etadi. Buyraklar, jigar funksiyalari 
tiklanganida to‘qimalarda nekroz kechki bosqichda rivojlanadi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish