275
112-rasm. Qutirish virusi kirish yo‘li.
Virus so‘lak bezlariga tushadi va so‘lak orqali tashqi muhitga ajraladi.
Quturish maxsus (spetsifik) ensefalitga o‘xshab kechadi.
Bir necha oydan bir
yilgacha cho‘ziluvchi inkubatsion davrdan (ko‘pincha 20-90 kun) keyin
boshlanadi. Inkubatsion davrning davomiyligi infitsirlanish dozasiga va
jarohatning joylashuviga (miyaga uzoq yoki yaqinligiga) bog‘liq.
Klinik ko‘rinishi:
inkubatsion davrdan keyin kasallikning prodromal davri
(davomiyligi 1-3 kun), bu vaqtda esa kuzatiladi: tishlangan joy shishadi,
tishlangan joyga yaqin joylashgan nervlarda nevralgiya, umumiy madorsizlik, tana
haroratining
oshganligi, uyquning buzilishi. Keyin esa kasallikning avj olish
bosqichi boshlanadi: suvdan qo‘rqish, tamoq va hiqildoq mushaklarining og‘riqli
qisqarishlari, ba’zan suv ichishga harakat qilganida nafasning to‘xtashi,
keyinchalik esa oqayotgan suvni ko‘rganda yoki ovozini eshitganda, yoki suv
haqida gapirganda mushaklar qisqarishi. Xurujlar bir necha soniya davom etadi va
so‘nadi. Shu jumladan psixomotor qo‘zg‘alish xurujlari kuzatiladi: bemorlar
agressiv bo‘lib
qoladilar, baqiradi, mebellarni sindirib odamga xos bo‘lmagan
kuchlar ishlatadi.
276
Diagnostikasi.
Tishlangan jarohatning topilishi yoki hayvon so‘lagining
shikastlangan teriga tushishi katta ahamiyatga ega. Odamda muhim belgilardan biri
bu suvdan qo‘rqish, suv yoki ovqatlarni ko‘rganda yutish mushaklarining spazmi
yuz berishi tufayli bemorlar hatto bir stakan suv ham icha olmaydilar. Havoning
bir ozgina harakati ham mushaklar qisqarishiga sabab bo‘ladi – aerofobiya. So‘lak
oqishining kuchayishi bunday bemorlarga xos belgilardan bo‘lib, so‘lagi og‘iz
burchagidan doim oqib turadi. Diagnozni laboratoriyada tasdiklash talab
qilinmaydi.
Davolash.
Kasallikning belgilari boshlanganidan
keyin bemorlarni qutqarib
bo‘lmaydi. Davolashning samarali usullari yo‘qligi bemorlar hayotini qutqarish
muammosini tug‘diradi. Bemorlar ahvolini engillashtirish uchun simptomatik
muolajalardan foydalaniladi. Bemorlarni qorong‘i va tinch palatalarga
joylashtiriladi. Harakat qo‘zg‘alishlarini to‘xtatish uchun sedativ vositalar
buyuriladi, tutqanoq xurujlari kuraresimon vositalar yordamida bartaraf qilinadi.
Nafas buzilishlarini trexeotomiya va sun’iy nafas olish
apparatiga ulash bilan
bartaraf qilinadi.
Profilaktikasi.
Kuchuklarda quturishni yo‘qotish maqsadida daydi kuchuklar
yo‘qotiladi. Kasal yoki gumonli kuchuk tishlagan odamlar jarohati tezlik bilan
qaynatilgan iliq 20% li sovunli suvda yuviladi, keyinchalik esa 70% spirt yoki
yodning spirtli damlamasi bilan ishlov beriladi. Iloji
boricha tezroq vaksinatsiya
o‘tkazilishi zarur. Bunda antirabik zardob yoki antirabik immunoglobulin jarohat
devorlariga va atrof to‘qimalarga yuboriladi. Shuni bilish kerakki emlash kuchuk
tishlaganidan keyin 14 kun ichida va qat’iyan emlash qoidalari bilan qilinsagina
samarali bo‘ladi, bu muddatdan keyin esa emlashning xojati qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: