Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

II. Aldegidlar
.
1) 
Formalin
-formaldegidlar (NSON) 40% li eritmasi, chumoli kislota 
aldegididir. Xirurgiya amaliyotida qo‘lqoplar, kateterlar, xirurgik ashyolarni 
dezinfeksiya qilish uchun yod o‘rniga formalinning spirtdagi 5% li eritmasi 
qo‘llanilishi mumkin. 


27 
2. 
Lizoform
-formaldegidning sovunli eritmasi. Tarkibi: formalin – 40 ulush, 
kaliyli sovun – 40 ulush, spirt – 20 ulush. Qo‘llanishi formalinnikiga o‘xshash: 
dezinfeksiyadan tashqari yomon, qo‘lansa hidlarni yo‘qotadi, qo‘l va xonalarni 
dezinfeksiya qilish uchun ham foydalaniladi (1-3% li eritmalari). 
3. 
Urotropin
– yallig‘lanish jarayonlarida (sistit, pielit, xoletsistit, sepsis) 
poroshok yoki tabletka holida va venaga quyish uchun qo‘llaniladi. Urotropin 
dozasi har gal ichishga 0,1-1,0 kuniga 4 g gacha. Venaga quyish uchun 5-10 ml 
40% li suvdagi eritmalari ishlatiladi. 
III. Fenollar. 
1. 
Karbol kislota
– xirurglarning jarohat infeksiyasini profilaktika qilish 
uchun ongli ravishda ishlatgan birinchi kimyoviy moddasidir. Suvda, spirtda 
yaxshi eriydi. O‘zining zaharli xossasiga ko‘ra, hozirgi vaqtda sulema kabi 
narsalarni dezinfeksiya qilish, ba’zan drenajlarni zararsizlantirish, kateterlarni 
yuvish, rezina qo‘lqoplarni saqlash va shu kabi maqsadda qo‘llaniladi. 
2.
Uch tarkibli (Krupinin)
eritmasi tarkibi: karbol kislota – 3 g, natriy 
karbonat - 15 g, formalin - 20 g va distillangan suv - 1000 ml. 
Bu aralashmaga Felder Sinitsin taklif etgan borat kislotadan 20 g qo‘shilsa, 
eritma yaroqliligi muddatini oshiradi. Uch tarkibli eritma kesadigan instrument va 
plasmassalardan yasalgan narsalarni sterilizatsiya qilish, aksariyat esa unda 
qaynatib sterillangan ignalar, skalpellar, kornsanglar, polietilen naychalarni saqlash 
uchun mo‘ljallangan. Uch tarkibli eritmadan mikroblarning vegetativ formalari 30 
daqiqalik, sporalari 60-90 daqiqalik ekspozitsiyadan halok bo‘ladi. Skalpellarning 
sterilizatsiya qilish muddati (yangi yoki ichak bo‘shlig‘ini ochmay o‘tkazilgan 
aseptik operatsiyalarda) 30-40 daqiqa. Polietilen naychalarniki 1-2 soat. Krupinin 
eritmasidan olingan narsalar distillangan suv yoki fiziologik natriy xlorid eritmasi 
bilan, skalpellar doka-salfetka bilan quruq qilib artiladi. 
3. 
Lizol
– XX asr boshlanishida fenol qatorining turli xil birikmalari ichida 
keng qo‘llanilgan. 
Hozirgi vaqtda keng qo‘llaniladigan sof krezol (kamida 42%) va kaliyli ko‘k 
sovundan tayyorlanadigan lizolning o‘zi amaliy ahamiyatini saqlab qolgan 40-45
o



28 
gacha isitilgan 2% li lizol eritmasi (isitish uning bakteriyalarini qirish xossasini 
oshiradi). Xonalarni, operatsion bog‘lov blokini dezinfeksiya qilish (pol, devorlari, 
mebelni yuvish), shuningdek, operatsiya vaqtida yiring yoki ichakdagi moddalar 
tekkan instrumentlar rezina qo‘lqoplar va boshqa narsalarni toza saqlash uchun 
qo‘llaniladi. Bu holda ko‘rsatib o‘tilgan narsalar iliq suv bilan sovunlab 
yuvilgandan keyin, 3-5% lizol eritmasiga 1 soatga solib qo‘yiladi. So‘ngra, suv 
bilan chayiladi, quritiladi va ilgari ifloslanmagan boshqa instrumentlar bilan bir 
qatorda yana sterilizatsiya qilinishi mumkin. 
4. 
Naftalin
– naftalin neftidan (Ozarbayjondagi Naftadan kurorti) olinadigan 
to‘q-qo‘ng‘ir rangli surtma. Sof holda malhamlar, pastalar, sepmalar ko‘rinishida 
qo‘llaniladi. Xirurgiyada kuyish (ayniqsa, ipritdan kuyish), yaralanish va yara 
toshib ketishini davolashda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Naftalanda-naftalan 
kislotalar miqdori ko‘pligidan (3%) klinik jihatdan, ayrim yiring hosil qiladigan 
mikroblar o‘sishini to‘xtatishga doir ma’lumotlar bo‘lsada, uning bakteritsidligi 
to‘g‘risida masala hozircha hal qilinmagan. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish