Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


II. Anorganik kislota va ishqorlar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

II. Anorganik kislota va ishqorlar.
a) 
Novshadil spirti 10%
li (Sol. Ammonii caustisi) – bug‘lanuvchi suyuqlik. 
Amalda jarrohlikda qo‘l va operatsiya maydonini tozalash uchun ishlatiladi. 
Spasokukotskiy va Kochergin usuli bo‘yicha 0,5% - 25ml ga 5 litr iliq qaynagan 
suv kerak bo‘ladi. U qo‘llanilganda, yangi tayyorlangan eritmalardan 
foydalaniladi. Chunki u mikrobga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, terini yaxshi tozalaydi. 
b) 
Bor kislotasi
– (H
3
BO, Acidum boricum) 2-3% li eritmasi chayish, yuvish, 
bog‘ichni namlash uchun ishlatiladi. Kislota mikrob hujayrasi protoplazmasidagi 


24 
oqsillarni denaturatsiyaga uchratadi. To‘qimani kam ta’sirlantiradi. Yiring 
tayyoqchalari bilan ifloslangan yarani davolashda qo‘llaniladi. 
III. Og‘ir metall tuzlari. 
1. 
Simoblar:
ilgaridan tibbiyotda qo‘llanilgan kuchli hujayra zahari bo‘lib, 
mikroorganizm va to‘qimalarga bir xil ta’sir qiladi. Ko‘p qo‘llaniladiganlariga 
quyidagilar kiradi: 
a) 
Sulema
-simob xlorid kuchli antiseptik vositadir. Bakteriyalar 1:200000 
eritmasida nobud bo‘ladi. Sulema eritmalari juda zaharlidir. U qo‘llaniladigan 
yarada (to‘qimada nekroz, chirish) boshlanishi mumkin. Undan umumiy 
zaharlanish ham mumkin va oshqozon-ichak yo‘li ta’sirlanishi bilan ifodalanishi 
mumkin (og‘izda metall mazasi, og‘riq, kungil aynish, ich ketish-ayrim holda qon 
aralash). Sulema zararlanmagan teri orqali ham ta’sir qilishi mumkin. Shuning 
uchun sulema kompresslaridan foydalanmaslik kerak. Sulema eritmalari doimo 
bo‘yab qo‘yiladi (undan foydalanilganda adashmaslik uchun). Boshqa eritmalardan 
o‘larok uni ko‘k va pushti rangga bo‘yab o‘zgacha yorliq yopishtiriladi. 
Sulemaning 1:1000, 1:2000 eritmasi yuqori bakteritsid ta’siriga ega bo‘lib, oqsilli
suyuqliklarda (ekssudat, qon, yara ajralmalari va boshqalar) oqsil bilan 
birikkan albuminatlar hosil qiladi va o‘z xossalarini (ta’sir kuchini) juda pasaytirib 
yuboradi. Metall asboblar sulemaga tekkizilsa qorayadi va yaroqsiz holga keladi. 
b) 
Asosli sion simobi
1:1000-1:5000 eritmalari qovuq va siydik yo‘llarini 
yuvish uchun qo‘llaniladi. Uning afzalligi shuki, u asboblarni yaroqsiz holga 
keltirmaydi. Undan sistoskoplarni va boshqa optik asboblarni dezinfeksiya qilish, 
kateterlarni sterilizatsiya qilish uchun foydalaniladi. 
v) 
Diotsid
-simob ommaviy birikma, 35 yildan beri jarrohlikda antiseptik va 
yuvish vositasi sifatida qo‘llanib kelmokda. Aralashma qo‘llanish oldidan 
tayyorlanadi (2:1 nisbatda). Uni oldin ozgina spirt yoki qaynoq suvda eritib, so‘ng 
vodorod suvi bilan aralashtirilib 1:1000, 1:5000 qonsentratsiya hosil qilinadi. 
Asbob-uskunalarni zararsizlantirish uchun diotsidning 1:1000 eritmasi, qo‘lqopni 
zararsizlantirish va operatsiya oldidan qo‘lni yuvish uchun 1:5000 eritmasi (6 


25 
daqiqa davomida) qo‘llaniladi. Kamchiligi shuki, diotsid faqat mikroblarning 
o‘suvchi formalariga ta’sir qilib, sporalariga ta’sir kilmaydi. 
2. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish