Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

BIOLOGIK ANTISEPTIKA 
1. 
Enzimoterapiya
(davolash enzimlari yoki fermentlari). Fermentativ 
preparatlarning xirurgik klinikada qo‘llash, ularning ayrimlari neyrolitik ta’sir 
xossasiga asoslangan va shu tufayli ular infeksiya tushgan jarohat, yiringli 
bo‘shliqlarning yiring, fibrin ivindisi, yashashga layoqatsiz to‘qimalardan tezroq 
tozalashga imkon beradi. Ayni vaqtda, ular yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi 


30 
va antibiotiklar faolligini oshiradi. Hozirga vaqtda, quyidagi fermentlar klinik 
jihatdan qo‘llanilayapti: 
a) 
Xayvon ferm
entlari – tripsin, ximotripsin, ximopsin, ribonukleaza, 
dezoksiribunukleaza. 
b) 
Bakterial fermentl
ar – terilitin streptokinaza, kollagenaza, asperaza, 
iruksol. 
v) 
O‘simlik fermentlari
– papain, bromelian. 
Proteolitik fermentlar yiringli jarohatlar, trofik yaralarni davolashda mahalliy 
qo‘llaniladi. Jarohat yoki yarani vodorod peroksidi yoki furatsillin bilan 
tozalashdan so‘ng ularga fermentlar eritmasi bilan ho‘llangan salfetka bosiladi. 
Jarohatdan so‘ng suyuqlik ko‘p ajralayotgan bo‘lsa, unga fermentlar kukuni 
sepiladi. Ayrim fermentlar jarohat yoki qo‘yiladigan malhamlar (iruksol, asperaza) 
nekrozga uchragan to‘qimalar va yiringlardan batamom tozalanguncha 
qo‘llaniladi. Preparat dozalari har- xil va ular qo‘llanishga doir yo‘riqnomalarda 
ko‘rsatilgan. 
Aktiv immunizatsiya uchun 
anatoksinlar
qo‘llaniladi: 
1.
Stafilokokkli anatoksin – 
teri ostiga 0,1 ml dan kurak ostiga yuboriladi, 
keyin har 2-3 kunda in’eksiya takrorlanib, dozasi 0,1 ml ga oshirib boriladi va 1,0 
ml ga etkaziladi. Shoshilinch hollarda operatsiyadan oldin 0,5 ml staiflokokk 
anatoksini yuboriladi. 
2.
Qoqshol anatoksini
– qoqsholni planli va shoshilinch profilaktika qilish 
uchun qo‘llaniladi. Shoshilinch hollarda preparat in’eksiyasi qoqsholga qarshi 
zardobning profilaktik dozasini yuborish bilan qo‘shib olib boriladi. Passiv 
immunizatsiya uchun xirurgik infeksiyaning u yoki bu qo‘zg‘atuvchilariga 
nisbatan antitelalar saqlangan preparatlar qo‘llaniladi. 
3.
Stafilokokka qarshi giperimmun plazmaning adsorbsiyalangan stafilokokk 
anatoksini
bilan immunlangan-emlangan donor qonining sof (suyuq yoki 
muzlatilgan) plazmasidan iborat. Stafilokokka qarshi plazmaning titri 6 XB dan 
kam bo‘lmasligi kerak. Plazmani 1 kg tana og‘irligiga 4-6 ml hisobidan 
qo‘llaniladi. Stafilokokklar ko‘zg‘atgan og‘ir yuqumli kasalliklarda (sepsis, yiringli 


31 
peritonit, osteomielit va boshqalar) venaga yuboriladi. Preparat bemorning 
ahvoliga ko‘ra, bir marta yoki takroran yuboriladi. 
4.
Stafilokokkga qarshi gamma-globulin adsorbsiyalangan stafilokokk 
anatoksini
bilan immunlangan donorlar qonida tayyorlanadi. 1,0 preparatda 20-50 
XB (xalqaro birlik) ka teng stafilokokklar keltirib chiqaradigan kasalliklar 
anatoksinlar bo‘ladi. Preparatning bir davolash dozasi 100 XB antitoksinni 
saqlaydi. Stafilokokkga qarshi gamma-globulin stafilokokklar keltirib chiqaradigan 
kasalliklar, sepsis, peritonit, plevrit, osteomielit kabilarni davolash va profilaktika 
qilish uchun qo‘llaniladi. 
5.
Qoqsholga qarshi gamma-globulin 
– qoqshol anatoksini bilan emlangan 
donorlar qonidan tayyorlanadi. Steril holda kavshirlangan ampulalarda chiqariladi. 
1,0 ml eritmasi 150 XB qoqsholga qarshi antitelalar bo‘ladi. Qoqosholning oldini 
olish va davolash uchun qo‘llaniladi. Preparat mushak orasiga yuboriladi va 
immunitet bir oygacha saqlanadi. 
6.
Qoqsholga qarshi zardob
– qoqshol anatoksini bilan emlangan hayvonlar 
(otlar) qonidan olingan immun zardob. Bir ampula zardob 1500-3000 XB ni 
saqlaydi. Zardobning profilaktik dozasi 3000 XB ni tashkil qiladi. Zardob 
profilaktik dozasini bir marta yuborish 5 kun muddatga qoqsholdan saqlaydi. 
Zardobning davolash dozasi profilaktik dozadan 10 barobar oshadi. Hamma 
hollarda anafilaktik reaksiyalar yuz berish xavfi borligidan zardobni ehtiyotlik 
bilan yuboriladi. 
7.
Gangrenaga qarshi zardob
– gazli gangrenaning 4 ta asosiy 
qo‘zg‘atuvchilariga qarshi antitelalar saqlaydigan hayvonlar (otlar) immun zardobi 
bo‘lib, profilaktika va davolash maqsadida qo‘llaniladi. Zardobni profilaktik 
maqsadda mushak orasiga, davolash maqsadida esa venaga ehtiyotlik bilan 
yuboriladi. 
Urush vaqtida anaerob infeksiyalarni keskin ko‘payishiga, 
rivojlanishiga sharoit tug‘iladi. Natijada gangrenalar foizi ortib boradi. Shuning 
uchun harbiy dala sharoitida tibbiy ta’minotda gangrenaga qarshi zardoblarni 
to‘rtta turi ham bo‘lishi kerak. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish