Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Aminoglikozidlar
– ular gentamitsin, kanamitsin, sizomitsin, tobramitsin, 
yarim sintetik aminoglikozidlar – aminakatsin. 


33 
Tetratsiklinlar
– bu guruhga tetratsiklin, oksitetratsiklin, yarim sintetik 
tetratsiklinlar – metatsiklin (rondomitsin), doksitsiklin kiradi. 
Doksitsiklin harbiy dala sharoitida ko‘p qo‘llaniladi. Urush vaqtida harbiy tibbiy 
ta’minotda tetratsiklinning ahamiyati juda katta. Mikrofloraga keng spektrda ta’sir 
qilgani uchun doksitsiklin individual aptechkada, qo‘shin aptechkasida, sanitar 
tibbiy va qo‘shin tibbiy sumkalarida ham bor. 
Levomitsetin
(xloramfenikol) – ta’sir spektri keng antibiotik hisoblanadi, 
ko‘pgina gramm musbat va yarim manfiy bakteriyalar xususida ta’sirchan preparat 
organlarga va organizm suyuqliklariga yaxshi kiradi, gematoensefalik to‘siq orqali 
kiradi, organizmdan siydik bilan chiqariladi. 
Polimiksinlar
– spora hosil qiladigan tuproq bakteriyalari ishlab chiqaradigan 
qardosh antibiotiklar guruhiga hisoblanadi. Turli polimiksinlar ko‘shimcha harflar 
bilan ifodalaniladi, polimiksin M, V va hakozo. 
Silga qarshi antibiotiklar
– streptomitsin va uning unumlari – rifamitsin, 
flormitsin, sikloserin va boshqalar. 
Zamburug‘larga qarshi antibiotiklar
– nistatin, grizeofulvin, amfoteritsin V, 
levorin. 
Hamma 
antibiotiklarning 
dozalari, 
xossalari, 
qo‘llanish 
usullari 
farmakologiya fanida bir muncha batafsil o‘rganiladi. 
III.
 ASEPTIKA, ENDOGEN VA EKZOGEN INFEKSIYA, 
STERILIZATSIYA USULI, HAVO-TOMCHI INFEKSIYASI 
Xirurgiyada infitsirlangan asoratlar eng ko‘p uchraydi va samarali bajarilgan 
operatsiyaga qaramay, bu asoratlar nogironlikga yoki o‘lim hollariga olib kelishi 
mumkin. Bu asoratlarning oldini olish xirurgiyaning asosiy qonun-qoidalari 
hisoblanadi va u aseptika va antiseptikaga asoslanadi. 


34 
Jarohatga tegadigan hamma narsa steril, ya’ni mikroorganizmlardan holi 
bo‘lishni talab qiladi. Aseptika jarohatga infeksiya tushishining oldini olishga 
karatilgan tadbirlar yig‘indisidir. 
Jarohatlarning mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish uchun avval 
infeksiya tushishi manbalarini bilish va ularning xususiyatlariga binoan tegishli 
usullarni qo‘llash kerak. Infeksiya tushunchasi ostida mikroorganizmlarning 
rivojlanishi, ko‘payishi tushuniladi. Bemorga ular tashqaridan (ekzogen) yoki 
uning ichidagi (endogen) manbalardan tushishi mumkin. 
Ekzogen infeksiyaning 4 turi bir-biridan farq qiladi: qontakt, implantatsion, 
havo-tomchi turlari. 
1.
Kontakt infeksiya bevosita tashqi omillar bilan aloqada bo‘lish natijasida 
yuzaga keladi. Ko‘chada yoki daladagi bo‘lgan jarohat kontakt infeksiyaga tipik 
misol bo‘lib xizmat qiladi. Bunday hollarda jarohatni keltirib chiqaruvchi yoki 
jarohat bilan aloqada bo‘luvchi jismlar (avtomashina g‘ildiragi, belkurak, tuproq, 
tosh va boshq.) ko‘p miqdorda mikroorganizmlar, jumladan, qoqshol tayoqchasi 
yoki gazli gangrena bakteriyalari singari xavfli mikroorganizmlarni saqlaydi. 
Jarohatga tushgan mikroblar uning eng chuqur qismlariga kiradi va jarohatning 
yiringlashiga sabab bo‘ladi. Mikroblar operatsion jarohatlarga xirurg qo‘lidan, 
sterillanmagan instrumentlardan va bog‘lov materiallaridan tushishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda kontakt infeksiya profilaktikasi operatsion hamshiralar va 
xirurglarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu turdagi infeksiyaning oldini olish 
usullari yaxshi ishlab chiqilgan va ular to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. 
2.
Implantatsion infeksiya to‘qimalar ichkarisiga infeksiyalardan yoki yot 
jismlar (parchalar, cho‘plar, kiyimbosh bo‘laklar kabi) bilan birga tushadi. Tinchlik 
davrida implantatsion infeksiya aksariyat choklar, protezlar, sun’iy organni 
ko‘chirib o‘tkazishda (implantatlar), drenajlar qo‘yishda yoki tasodifan, masalan, 
instrumentlar uchib chiqkan metall parchalari, operatsiyadan keyin qolib ketgan 
tamponlar, salfetkalar, sharchalar va xirurgik instrumentlar bilan bog‘liq. 
Implantatsion infeksiya operatsiyadan keyin uzoq vaqt o‘tgach, organizmning 


35 
immun tizimi zaiflashishi yoki organizmdagi boshqa infeksiyaning qo‘zg‘alishi 
natijasida yuzaga chiqishi mumkin. 
3.
Havo-tomchi infeksiyasi – operatsiya xonasi havosidan, tashqaridan yoki 
so‘zlashish, 
yo‘talish 
vaqtida 
mikroorganizmlarning 
jarohatga 
tushib 
zararlanishidir. Uning oldini olishga quyidagi puxta o‘ylangan tadbir sistemasidan 
iborat operatsion blok rejimiga qattiq rioya qilish yo‘li bilan muvaffaq bo‘linadi. 
A’zo va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari (buyrak, yurak)kabilarni 
aseptikaga bo‘lgan talablarni oshiradi, bunday hollarda xirurglar operatsiya xonasi 
havosini tamoman steril bo‘lishini ta’minlashga harakat qiladilar. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish