Alohida tibbiy batalyon. Bunday batalyon o'z navbatida yaradorlar va bemorlarga mutaxassis terapevtlar yordam ko'rsatadigan birinchi tibbiy bosqich hisoblanadi. Bu yerda yaradorlar va bemorlar qabul qilinib, tibbiy hujjatlari to'ldiriladi, so'ng palatalarga joylashtiriladi. Qo'shimcha saralash o'tkazish zarur bo'lsa, zararlanganlar yaxshilab yuvintiriladi, yuqumli kasalliklar bilan og'riganlar va talvasaga tushib bezovta bo'lgan kishilar alohida xonalarga qo'yiladi. Alohida tibbiy batalyonda yaradorlar va bemorlarga malakali tibbiy yordam ko'rsatilgach, davolashni davom ettirish lozim bo'lsa, keyingi bosqichga ko'chiriladi. Bundan tashqari, ushbu batalyonda 7-10 kun ichida tuzalib, safga qaytadigan yaradorlar va bemorlar hamda ahvoli og'irligi tufayli ko'chirib bo'lmaydigan jangchilar davolanishadi. Alohida tibbiy batalyonning gospital bo'limidagi gerapevt ahvoli og'ir, jarohati tufayli jarrohlik amaliyoti ko'llangan bemorlarda ichki a'zolar kasalliklariga chalingan bemorlarni davolaydi. Hayot uchun tahlikali holatlarni (asfiksiya, tutqanok tutish, kollaps, o'pka shishi) bartaraf etish, rivojlanishi mumkin bo'lgan turli asoratlar oldi olinishi va bemorlarning tezroq sog'ayib ketishlari uchun zarur malakali terapevtik yordam ko'rsatish tadbirlari ikki guruhga bo'linadi. Birinchisi yarador va bemor hayoti uchun xavfli (talvasaga tushish, iprit bilan zaharlanganda badanda kelib chiquvchi chidab bo'lmas darajada qichishish va b.) yoki nogiron qilib qo'yuvchi holatlarda (ko'zga zaharli modda tushishi va h.k.) zudlik bilan ko'rsatiladigan tibbiy yordam bo'lsa, ikkinchisi keyingi bosqichga qoldirsa ham bo'ladigan muolajalar hisoblanadi. Sharoit taqozo etsa, malakali tibbiy yordam bekamu-ko'st ko'rsatiladi. Lekin yaradorlar va bemorlar juda ko'p, buning ustiga jangovor sharoit noqulay bo'lganda yordam ko'lami qisqarib, zudlik bilan ko'riladigan tibbiy choralargina amalga oshiriladi. Hayot uchun tahlikali holatlarni (asfiksiya, tutqanok tutish, kollaps, o'pka shishi) bartaraf etish, rivojlanishi mumkin bo'lgan turli asoratlar oldi olinishi va bemorlarning tezroq sog'ayib ketishlari uchun zarur malakali terapevtik yordam ko'rsatish tadbirlari ikki guruhga bo'linadi. Birinchisi yarador va bemor hayoti uchun xavfli (talvasaga tushish, iprit bilan zaharlanganda badanda kelib chiquvchi chidab bo'lmas darajada qichishish va b.) yoki nogiron qilib qo'yuvchi holatlarda (ko'zga zaharli modda tushishi va h.k.) zudlik bilan ko'rsatiladigan tibbiy yordam bo'lsa, ikkinchisi keyingi bosqichga qoldirsa ham bo'ladigan muolajalar hisoblanadi. Sharoit taqozo etsa, malakali tibbiy yordam bekamu-ko'st ko'rsatiladi. Lekin yaradorlar va bemorlar juda ko'p, buning ustiga jangovor sharoit noqulay bo'lganda yordam ko'lami qisqarib, zudlik bilan ko'riladigan tibbiy choralargina amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |