Jangovor holatlarda birinchi terapiya yordamini ko'rsatish yaradorlar va bemorlarga dorilar yuborish (inyeksiya qilish), sun'iy nafas oldirish, kiyimlari va terini zaharlovchi, nurlovchi moddalardan tozalash, shikastlanganlarga gazniqob kiydirib, bexatar joyga olib chiqishdan iborat. Vrachgacha bo'lgan yordam Vrachgacha bo'lgan yordamni jang maydonida batalyon feldsheri yoki oliy malakali hamshira ko'rsatadi. U yaradorlar va bemorlarni dastlabki ko'rikdan o'tkazib, fizikal tekshiruv usullari yordamida taxminiy tashhis qo'yadi va ahvoliga karab og'ir, yengil turlariga ajratadi. U asfiksiya, shok holatidagi, tutqanoq tutgan, yurak faoliyati izdan chiqqan kishilarga zarur tibbiy yordam ko'rsatadi. Shuningdek, atrofidagilar uchun xatarli bo'lgan yaradorlar va bemorlarning usti-boshi va terisini qisman tozalash, yuqumli kasalliklar bilan og'riganlarni aniqlab, ularni aloxida yerga jo'natish kerak. Bu bosqichda bakteriologik va kimeviy, nurlovchi vositalar bilan zaharlanganlarda kelib chiqadigan nohush holatlarning oldini olish choralari ko'riladi. Vrachgacha ko'rsatiladigan tibbiy yordam yaradorlar va bemorlarga antidotlar, og'riqni qoldiruvchi vositalar, qusishga qarshi, yurak faoliyatini yaxshilovchi dorilar yuborish, ko'z, burun va og'izni chayish, me'daga zaharlovchi va nurlovchi moddalar tushganda uni zondsiz chayish, yarador va bemorlarga kislorod berish, sun'iy nafas oldirishdan iborat. Og'ir ahvoldagilar darhol PTPga evakuatsiya qilinadi. Polk tibbiy punkti (PTP)
Bu yerda yaradorlar va bemorlarga vrach va oliy malakali hamshira yordam ko'rsatib, hayot uchun tahlikali asoratlarning (kollaps, o'tkir yurak-qon tomirlari yetishmovchiligi, nafas olishning buzilishi, og'riq sindromi) oldi olinadi va keyingi tibbiy bosqichga tayyorlanadi. Harbiy va tibbiy sharoitlarga ko'ra, ko'rsatiladigan yordam hajmi o'zgarishi mumkin.
Vrach va oliy malakali hamshira ko'rsatadigan birinchi tibbiy yordam tibbiy saralash bilan birga olib boriladi va ana shu jarayon davomida yaradorlar va bemorlarning kiyim-boshlari tanasining ochiq joylarida nurlanish darajasi o'lchab ko'rilib, atrofdagilar uchun xatarli bemorlar ajratib olinadi. Zaharli va nurlovchi moddalar bilan zararlanganlarning ust-boshlari tozalanib, yuqumli kasallikka chalinganlari alohida joylashtiriladi. Saralash jarayonida vrach yaradorlar va bemorlarni bir necha guruhlarga ajratadi: ba'zilarga o'sha joyning o'zida, boshqalariga keyingi bosqichda yordam ko'rsatiladi, yana bir guruhi shu yerda tibbiy yordam olgach, safga qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |