Vrach va oliy malakali hamshira ko'rsatadigan birinchi tibbiy yordam tibbiy saralash bilan birga olib boriladi va ana shu jarayon davomida yaradorlar va bemorlarning kiyim-boshlari tanasining ochiq joylarida nurlanish darajasi o'lchab ko'rilib, atrofdagilar uchun xatarli bemorlar ajratib olinadi. Zaharli va nurlovchi moddalar bilan zararlanganlarning ust-boshlari tozalanib, yuqumli kasallikka chalinganlari alohida joylashtiriladi. Saralash jarayonida vrach yaradorlar va bemorlarni bir necha guruhlarga ajratadi: ba'zilarga o'sha joyning o'zida, boshqalariga keyingi bosqichda yordam ko'rsatiladi, yana bir guruhi shu yerda tibbiy yordam olgach, safga qaytadi. Vrach tomonidan yaradorlar va bemorlarga ko'rsatiladigan tibbiy yordam zudlik bilan va biroz keyinroq o'tkazilishi mumkin. Nafas olish qiyinlashganda, yurak faoliyati zaiflashganda, shokda, kollapsda, zahar ta'sirida o'pka shishganida, koma holatida, tutqanokda, kuchli og'riq va to'xtovsiz qusishda, odam ichiga zaharlovchi va nurlovchi moddalar tushganda hamda boshqa hayot uchun tahlikali vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatiladi. Yaradorlar va bemorlarni bosqichdan bosqichga ko'chirib, tibbiy yordam berish va davolashni davom ettirish uchun tibbiy hujjatlar to'ldirilib borilishi kerak. Dastlabki tibbiy hujjat vrach yoki oliy malakali hamshira tomonidan polk tibbiy punktida to'ldirilib, unda dastlabki tashhis asoslanadi va zaharlanish turi yozilgan bo'ladi. Bu hujjatga keyingi bosqichda ko'rsatilgan muolajalar qayd etib boriladi. Vrach birinchi tibbiy yordamdan so'ng hujjatlarni to'ldirgach davolashni davom ettirishi kerak, bemorlar keyingi bosqichga (alohida tibbiy batalyon yoki gospitalga) ko'chiriladi. Vrach tomonidan yaradorlar va bemorlarga ko'rsatiladigan tibbiy yordam zudlik bilan va biroz keyinroq o'tkazilishi mumkin. Nafas olish qiyinlashganda, yurak faoliyati zaiflashganda, shokda, kollapsda, zahar ta'sirida o'pka shishganida, koma holatida, tutqanokda, kuchli og'riq va to'xtovsiz qusishda, odam ichiga zaharlovchi va nurlovchi moddalar tushganda hamda boshqa hayot uchun tahlikali vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatiladi. Yaradorlar va bemorlarni bosqichdan bosqichga ko'chirib, tibbiy yordam berish va davolashni davom ettirish uchun tibbiy hujjatlar to'ldirilib borilishi kerak. Dastlabki tibbiy hujjat vrach yoki oliy malakali hamshira tomonidan polk tibbiy punktida to'ldirilib, unda dastlabki tashhis asoslanadi va zaharlanish turi yozilgan bo'ladi. Bu hujjatga keyingi bosqichda ko'rsatilgan muolajalar qayd etib boriladi. Vrach birinchi tibbiy yordamdan so'ng hujjatlarni to'ldirgach davolashni davom ettirishi kerak, bemorlar keyingi bosqichga (alohida tibbiy batalyon yoki gospitalga) ko'chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |