Harbiy-dala terapiya gospitali Harbiy-dala terapiya gospitali — ixtisoslashgan terapiya yordami ko'rsatuvchi asosiy davolash muassasasi hisoblanadi. Odatda u gospitallar tarkibida bo'lib, zaharlar. fosforli zaharlovchi moddalar qo'llangan joylarga yaqinroq ko'chirilishi mumkin.Harbiy-dala terapiya gospitalida shifokorlar (vrach, feldsher, oliy malakali hamshira) tomonidan anik tashxis qo'yilib, yaradorlar va bemorlar kompleks medikamentoz davolash, xirurgiya yordami, reanimatsiya muolajalari, qon va qon o'rnini bosuvchi preparatlar, suyak ko'migi transfuziyasi, oksitenoterapiya hamda fizioterapevtik davolash usullari o'tkaziladi. Yuqumli kasalligi bor bemorlar infeksion kasalliklarga ixtisoslashgan gospitalga jo'natiladi, ruhiy va asab tizimi kasallangan bemorlarni harbiy-dala nevrologik gospitaliga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |