UMAR
CHAG‘MINIY
Umar Chag‘miniy (Mahmud ibn
Muhammad ibn Umar Chag‘miniy) har tomonlama chuqur bilimli olim bo‘lgan. U Xorazm viloyatidagi Chag‘min nomli qishloqda tavallud topgan.Chagmitiyning
tug‘ilgan yili ma’lum emas, vafoti 1221 -yil. Chag‘maniy yoshlik chog‘idayoq har xil bilimlarga qiziqa boshlagan.
U chuqur va keng ma’lumotli olim
bo‘lib yetishishga intilgan. Shu
maqsadda Urganchga kelib, bu yerdagi
madrasalardan birida ta’lim oladi.
So‘ng o‘z bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida Samarqanga boradi.
Bu yerda aniq fanlar (astronomiya, riyoziyot, fizika va h.k.) va falsafa
ilmini chuqur o ‘rganadi. So‘ng tibbiyotga qiziqib qolib, bu fanni ham
o‘zlashtirib oladi. Shundan keyin
Urganchga qaytib kelib, o‘z ilmiy
ishlarini davom ettiradi va muhim
kashfiyotlar qiladi. Masalan,
Chag‘maniy N .Kopernikdan bir necha asr ilgari geliosentik (Quyosh
markazi) gipotezani oldinga suradi.
Bundan tashqari Chag’maniy yil
fasllarining almashinishini yerning Quyosh atrofida aylanishi bilan bog‘liq
ekanligini matematik hisob bilan isbotlab bergan. Bu kashfiyotlar jahon
faniga qo‘shilgan katta hissa edi.
Chag‘maniy tibbiyot ilmi sohasida ham mashhur bo’lgan. Ammo,
bizga Chag‘maniyning tabiblik faoliyati haqidagi ma’lumotlar juda kam
yetib kelgan. Olimning tibga oid birgina asari ma’lum, xolos. U "Qonuncha"
• ("Kichik qonun"), deb ataladi. Kitobda o‘sha vaqtdagi tibbiyotning asosiy
masalalari, ixcham bayon etilgan. Chag‘miniyning bu kitobi haqida turlicha fikr mavjud. Ba’zilar bu kitob
Chag‘m iniyning o ‘z qalamiga mansub
asar desalar, boshqalar u Ibn Sinoning "Tib qonunlari" nomli asarining
qisqartirilgan variantidir, deydilar.
Ammo, ikkinchi fikr to‘g‘ri bo‘lmasa
kerak. Chunki, Chag‘miniyning "Qonu ncha”si Ibn Sinoning "Tib
qonunlari" kitobidan o ‘zining tuzilishi va masalalarning bayon etilishi
jihatidan boshqachadir. Aftidan
Chag‘m iniy o ‘z "Q onuncha"sida ko‘p
m ualliflarning kitoblarini um um lashtirib bayon etgan bo‘lsa kerak. Bu
fikrni Chag‘miniyning o‘zi ham tasdiqlaydi. U o ‘z kitobi haqida so'zlab,
"mazkur kitobni tuzishda men ko‘p
mualliflarning kitoblaridan
foydalandim ", deb yozgan.
^ Q onuncha 10 bobdan iborat. U larning har biri bir necha qismga
bo'lingan. Kitobda quyidagi m asalalar bayon etilgan: tabiat hodisalari va
ularning kishi organizmiga ta ’siri; jug‘rofiy m a’lum otlar, inson tanasining
tuzilishi (anatom iya); salom atlikni saqlash tadbirlari; teridagi har xil
chiqiqlar va ularni davolash, yara-chaqalar, tashqi a ’zolar kasalliklari,
oziq-ovqatlar; ichim liklar, ularni tayyorlash va iste’mol qilish va h.k.
C hag‘m iniy organizm ning tabiati (xususiyati) m asalasida unsurlar
nazariyasiga asoslangan. Olim ning yozishicha unsurlarning xususiyatlari
(m izojlan) sharoitning ta ’siriga qarab, o ‘zgarishi m um kin. M asalan,
yoz faslida havo issiq va quruq mizojli b o ‘ladi. K uzda esa sovuq-quruq
mizojh bo‘lib qoladi. Qishda havo sovuq va ho‘l mizojli bo‘ladi. Havoning
bunday 0‘zgarib turishi kishi organizm iga salbiy ta ’sr etib, unda kasallik
keltirib chiqarishi m um kin.
Chag’maniy kо’proq ichki kasalliklar bilan shug'ullangan bo‘lsa kerak.
Chunki, u ichki a’zola r (o‘pka, m e ’da, jigar, ichaklar, yurak)
kasalliklarini batafsil bayon etgan.
0‘pkada uchraydigan kasalliklardan
sil, zotiljam , havo o ‘tkazuvchi yo 'llar (traheya, bronxlar) kasalliklari
hamda o'pkadan qon kelishi (qon tupurish) kabi holatlarni juda mufassal
yozgan. Bu kasalliklarning belgilari va davolash usullarini ko‘rsatib bergan.
Me’da-ichak kasalliklarini davolashda har xil dori-darmonlardan tashqari
parhez usulidan foydalanishni ham tavsiya etgan. Boshqa a’zolarning
kasalliklariga ozroq o‘rin bergan. Ularda bosh miya, buyrak, jinsiy a’zolar
va teri kasalliklari ko‘rsatilgan.
Chag‘maniyning "Qonuncha"si
o‘zining masalani aniq, ravshan va
qisqa lfodalab berishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun o‘sha davrdagi
tabiblarning ko‘pchiligi shu "Qonuncha"dan foydalanganlar.
Chag'maniy О’zbekistonda tibbiyot bilimdoni sifatida ham yaxshi iz qoldirgan
Do'stlaringiz bilan baham: |