Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-Davolash fakulteti 110-"A" guruhi



Download 33,77 Kb.
bet1/2
Sana13.06.2022
Hajmi33,77 Kb.
#661040
  1   2
Bog'liq
1254.docxFDGHD


Toshkent tibbiyot akademiyasi


1-Davolash fakulteti 110-“A” guruhi
talabasi Hoshimov Mirhojiddinning
“ Tibbiyot tarixi “ fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi

Mavzu:Xorazshohlar davridagi tibbiyotga o’z
hissasini qo’shgan tabiblar
Reja:
1.Abu Abdulloh Iloqiy
2.Ismoil Jurjoniy
3.Umar Chag’miniy

Abu Abdulloh Iloqiy


Abu Abdulloh Iloqiy (Sharafuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn
Yusuf Iloqiy) asli Toshkent vohasidan bo'lgan. U vaqtda bu voha "Iloq
vohasi" deb atalgan. Iloqiyning tug‘ilgan yili ma’lum emas, vafoti 1068-
yil.
Iloqiy dastlab Shosh (hozirgi Toshkent)
madrasalaridan birida ta’lim
olgan. U vaqtda Shosh qadimgi
0‘zbekistonning boshqa shaharlari kabi
Sharqda juda rivoj topgan shaharlardan biri edi. Shaharda masjid-madrasalar,
xonagohlar, savdo rastalari, karvonsaroylar ko‘p bo'lgan. Shular qatorida
kasalxona, shifoxona va dorixonalar ham bo‘lgan. Shaharda ko‘p olimlar,
faylasuflar va tajribali hakim lar yashaganlar, m adrasalarda diniy aqidalar
bilan bir qatorda dunyoviy bilim lar ham o‘qitilgan.
Iloqiyda yoshligidan hakim (o ‘qim ishli tabib) bo‘lib yetishish niyati
bor edi. Shu maqsadda u Toshkentdagi madrasada asosiy bilimlami egallab
olganidan so‘ng Buxoroga, Abu Ali ibn Sinoning oldiga jo‘nadi. Ammo,
Iloqiy Buxoroga yetib kelganida Ibn Sino Xorazmga ketib qolgan edi.
Iloqiy Buxoroda bir oz vaqt to ‘xtab, bu yerdagi olim lardan har xil
fanlardan saboq olib, so‘ng Xorazmga, Ibn Sinoning oldiga jo‘naydi. Bu
vaqtda Iloqiy o ‘z bilim va tajribalari bilan ancha ko‘zga ko‘rinib qolgan
edi. Shuning uchun uni Xorazmda yaxshi kutib oladilar va "Ma’mun
akademiyasi" a’zolari qatoriga kiritadilar.
Xorazm da Iloqiy o ‘z maqsadiga erishib, Ibn Sinodan tib ilmining sir asrorlarini
O‘rganib oladi. Xorazmda Iloqiy uzoq vaqt yashadi va
Urganchdagi saroy kasalxonasida ishlab
o‘z tajribalarini yanada orttirdi.
Bu yerda Iloqiy faqat bemorlarni davolash bilan cheklanib qolmay,
kasallar va har xil kasalliklar ustida tadqiqot ishlari olib bordi. So‘ng bu
kuzatish natijalarini umumlashtirib, kerakli xulosalar chiqardi. Shunga
asosan kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash ishlarini takomillashtirdi.
Iloqiy shularning hammasini jamlab,
o‘tmish buyuk hakimlarining
asarlarini chuqur mutolaa qilib, o‘zi ham tibbiyotning turli masalalariga
oid ko‘pgina asar yaratdi. Shulardan bizga quyidagi kitoblari ma’lum:
"Kasalliklarning sabablari va belgilari", "Davolash usullari", "Tibbiyot
to‘plami", "Qisqacha qonun".
"Kasalliklarning sabablari va belgilari" da Iloqiy. tashxis masalalarini
yoritadi. Kasallik sabablari haqida olim
o‘sha vaqtda asosiy tushuncha bo‘lgan
rutubatlar patologiyasi nuqtai nazarida turadi. Bunda u qon va safroga
alohida ahamiyat bergan. Shuning uchun bemorlarni davolashda u dastlab
qon olish va safro haydovchi dorilar berishni tavsiya qilgan.
Tashxis masalasida Iloqiy bemorlarni sinchiklab ko‘zdan kechirish,

kasallikning har bir belgisiga e’tibor berishni ta’kidlagan. Bemorning
tomirini tekshirishni u asosiy usul, deb hisoblagan. Bemorning
chiqindilarini (siydik, ahlat, balg‘am va h.k.) tekshirish ham zarur
ekanligini eslatib o‘tadi.
"Davolash usullarida muallif o‘sha davrda ma’lum bo'lgan barcha davo
tadbirlari — dori-darmon berish, qon olish, parhez usuli bilan davolash
va hokazolar haqida batafsil ma’lumot bergan. Bulardan tashqari tabiat
omillaridan (toza havo, suv, quyosh nuri, dengizda cho'milish, sayr
qilish) foydalanish ham yaxshi natija berishini eslatgan. Parhez taomga
ham katta ahamiyat bergan. U ning ko‘rsatishicha, ba’zan kasalni faqat
parhez bilan davolash ham mumkin.
"Tibbiyot to ‘plami" asarida o ‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan nazariy va
amaliy tibbiyot yutuqlarini umum lashtirgan. Bunda u ilgari o‘tgan
olimlarning fikrlarini ham keltiradi.
"Qisqacha qonun" kitobida Iloqiy asosan Ibn Sinoning "Tib qonunlari"
kitobida bayon etilgan fikr va tavsiyalarni qisqa qilib, ifodalab bergan. Bu
kitob 0 ‘rta Osiyo tabiblari o ‘rtasida keng tarqalgan edi. Undan tabiblar
o‘z amaliy ishlarida foydalanganlar.

Ismoil Jurjoniy


Ismoil Jurjoniy (Zayniddin Abu Ibrohim ibn Hasan ibn Mahmud
ibn Ahmad al-Husayn Jurjoniy) 1080-yilda Jurjon shahrida tug‘ilgan. U
yoshligida juda o‘tkir zehnli va zo‘r qobiliyatli bola bo‘lgan. Ko‘p fanlarga
qiziqqan. Ammo, tibbiyot ilmiga ko‘proq ahamiyat bergan. Bu fanga oid
kitoblarni o‘qib yaxshi o'zlashtirib olgan. So‘ng bemorlarni davolay
boshlagan.
Jurjoniy o'zining chuqur bilimi va tajribalari tufayli aholi o‘rtasida
juda tez shuhrat qozongan. U tashxis qo'yish va kasallami davolashda katta
muvaffaqiyatlarga erishadi. Shuning uchun nufuzli kishilar, hatto shohlar
ham betob bo‘lib qolganlarida unga
murojaat qilganlar.
1110-yilda Xorazm shohi Qutbiddin
Muhammad Anush Tegin Ismoil
Jurjoniyni o‘z saroyiga taklif etib,
o‘ziga shaxsiy tabib qilib tayinlaydi.
Qutbiddin Muhammad hukm ronlik qilgan vaqtda Xorazmda Ma’mun
davrida bo‘lganidek, ilm -fan yuksak darajada rivojlanadi. Ma’mun
Akademiyasi tiklandi, unga yangi olim lar qo‘shiladi. Jurjoniy ham
Akademiyaga kiritiladi.
Jurjoniy shohning shaxsiy tabibi bo‘lish bilan birga Urganchdagi
saroy kasalxonasiga ham boshlilik qiladi. Kasalxonada u har xil
kasalliklarning kechishini kuzatib boradi va tegishli xulosalar chiqarib,
yangi tashxis va davo choralarini ishlab chiqadi. Bu sohadagi o‘z
tajribalarini um umlashtirib, o‘z asarlarida bayon etadi.

Jurjoniyning Xorazmda yashagan davri uning hayotida eng unum li


yillar bo‘lgan. U Xorazmda o‘zining eng asosiy asarlarini yozdi. Shulardan
eng mashhuri‘’Xorazm shoh zaxirasi"dir. Bundan tashqari Jurjoniy
Kasalliklarga tashxis qo‘yish", "Tibbiyotning mohiyati", "Dorilar zaxirasi"
va "Ibn Sino haqida so‘z" nom li asarlar ham tasnif etdi. Bu kitoblarning
har biri nazariy va am aliy tibbiyotning ayrim m uhim m asalalariga
bag‘ishlangan. Bu asarlar o ‘rta asr Sharq tibbiyotining rivojlanishida katta
rol o‘ynadi.
"Xorazmshoh zaxirasi" 600 sahifadan oshiq katta ilmiy asardir. Asarda
muallif odam anatomiyasi va fiziologiyasidan boshlab, kasalliklarni
aniqlash (tashxis qo‘yish) va ularni davolashgacha barcha muhim
m asalalarni bayon etgan. Kitob 10 qism dan iborat bo‘lib, har bir qismi
tibbiyotning ayrim sohalariga bag‘ishlangan. Kitobda m uallif tibbiyot va uning vazifalari haqidagi o‘z fikr-
mulohazalarini bayon etgan. Xususan,
Jurjoniy о’zining bu asarida tibbiyotning asosiy masalasiga
to‘xtalib, birinchi galda kishilar salomatligini saqlash tadbirlarini ko‘rsatgan.Uning yozishicha salomatlikni saqlash uchun birinchi galda sog‘liqqa salbiy ta’sir
etuvchi barcha omillarni bartaraf qilish zarur.
Kitobda muallif yana quyidagi muhim
masalalar haqida so‘z yuritadi:
Odam a ’zolarining tuzilishi va ularning funksiyasi, sog‘ va kasal
organizmning holati, har xil kasallik
larning belgilari, bemor
organizmini tekshirish usullari, tomirni ushlab ko‘rib tekshirish, organizm
chiqindilarini tekshirish, odam organizmiga turli omillarning ta ’siri,
ovqat moddalari va ularning ahamiyati, gigiyenik qoidalar, ularning sog‘liq
uchun aham iyati, odam hayotida suv, havo, tuproq, kiyim-kechak,
turar joy, uyqu va uyqusizlikning aham iyati. So‘ng Jurjoniy har xil
kasalliklarning oqibati (prognostika) haqida ham so‘z yuritadi.
Kasalliklarning umumiy sababi haqida Jurjoniy barcha Sharq hakimlari
singari rutubatlar nazariyasi va mizojlar tushunchasiga asoslangan. Jurjoniy
ham Ibn Sino singari kasalliklarni
umumiy a ’zo kasalligi va ayrim a ’zolar
kasalliklariga bo‘lgan. Umumiy a ’zo kasalligiga birinchi galda yuqumli
kasalliklarni kiritgan. Ayrim a ’zolar kasalligini 21 qismga bo‘lgan. Shu
qismlarning har biri ayrim bir a’zo haqida. Bunda muallif avval har bir
a ’zoning o ‘zi, uning tuzilishi haqida
ma’lumot berib, so‘ng unda
uchraydigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash choralarini ko‘rsatadi.
Kitobda travmatologiya, teri kasalliklari, zaharlanishlar, ularga qarshi
choralar ham batafsil bayon etilgan.
Ismoil Jurjoniyning yozishicha har bir kasallik olti jarayon ta’sirida
kechadi. Bu jarayonlar quyidagilardan iborat: birinchisi to‘rt unsur (yer,
suv, havo, olov), ikkinchisi to ‘rt mizoj (issiqlik, sovuqlik, quruqlik,
ho llik), uchinchisi to‘rt rutubat (qon, xilt, safro, savdo), to‘rtinchisi
tanadagi uchta ruh (tabiiy, hayvoniy, fikriy ruhlar), beshinchisi tananing
tabiiy holati, oltinchisi tananing oddiy va murakkab qismlari. Jurjoniyning
yozishicha shu olti omil odatdagidek ya’ni mo‘tadil holatda bo‘lsa kishi
sog'lom , agar ulardan birida chekinish ro‘y bersa kishida kasallik paydo
bo'ladi. Jurjoniyning mulohaza qilishicha kasallik juda murakkab jarayonda
kechadi. Har bir tabib bemorga tashxis qo‘yish va uni davolashda buni
hisobga olishi kerak. Shunday qilib, Jurjoniy kasalliklarning mohiyati,
sabablari va oqibatlari haqida o ‘ziga xos fikr va mulohazalar yuritgan.
"Xorazm shoh zahirasi"da tibbiyot ilm ining barcha sohalari qamrab
olingan. Bu kitobni hozirgi tilda "ichki kasalliklar propedevtikasi” deb
atash mumkin. Kitob o‘zining hajmi,
mazmuni va ahamiyati jihatidan
ibn Sinoning "Tib qonunlari kitobi" dan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.
Jurjoniy Anush Tegin vafot etganidan so‘ng uning o‘g‘liga bir oz vaqt
xizmat qilib, so‘ng Xorazmdan ketadi.
Umrining oxirida Marv shahrida
yashab, shu yerda 1141-yilda vafot etadi.



Download 33,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish