O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Buyuk kclajagimizni mard va
olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" nomli asarining mazmun-mohiyati. "Buyuk kelajagimizni
mard olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" mavzuidagi ma'naviy-maTifiy tadbir haqida
2018 yil 21 iyun kuni Toshkent davlat axborot-texnologiyalari universiteti huzuridagi akademik litsey
ma'naviyat va ma'rifat markazining anjumanlar zalida "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz
bilan birga quramiz" mazuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tuma ni Ichki
ishlar organlari faoiiyatini muvofiqlashtirish boshqamasi, uning 6-sonli ichki ishlar bo'limi, Toshkent davlat
Axborot-texnologiyalari universiteti huzuridagi akademik litsey hamda Geodeziya va kartografiya kolleji
bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish
borasidagi islohotlar, mazkur jarayonlarda yoshlarning ishtirokiga oid masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, o'sib kelayotgan yoshlarning vatanparvarligi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularda
qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday ko'rinishlariga murosasizlik hissini shakllantirish
maqsadida IIV Akademiyasi kunduzgi ta'Iim kursantiarining huquqiy, madaniy va ma"rifiy mavzulardagi
ma'ruzalari tinglandi, jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo'yicha chiqishlari namoyish etildi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o'qituvchilari tomonidan interfaol
usullardan foydalangan holda o'quvchi-talabalar bilan "Siz huquq va burchlaringizni bilasizmi?"
mavzusida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida", "Voyaga
yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida" hamda "Jismoniy va
yuridik shaxslaming murojaatlari to'g'risida"gi qonunlari normalarining mazmun-mohiyatini yetkazish
bo'yicha "Huquq bilimdoni" viktorina o'tkazildi.
Bellashuv g'oliblariga Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o'qituvchilari tomonidan nashretilgan
kitoblar sovg'a qilindi.
Qizg'in savol-javoblarga, munozara va muhokamalarga boy tarzda o'tgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir unda
ishtirok etgan yoshlarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga daxidorlik hissi,
101
qonunga itoatkorlik, Vatanga, kasbga sadoqat fazilatlarini shakllantirishga, yangi bilimlar olishga qiziqishni
yanada faollashtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |