Hajm ulushi- bu erigan modda hajmining eritmaning umumiy hajmiga bo’lgan nisbatidir.
Molyar ulushi-erigan modda molar miqdorining eritma molar miqdoriga nisbati bilan o’lchanadigan kattalik.
Molyar konsentratsiya- bir litr eritmadagi erigan moddaning molar soni bilan o’lchanadigan qiymat.
Molyal konsentratsiya- bu erigan modda mollar sonining erituvchi massasiga bo’lgan nisbatidir.
Massa konsentratsiya yoki titr- bu erigan moddaning og’irligini eritmaning hajmiga bo’lgan nisbatidir.
Massa konsentratsiya yoki titr- bu erigan moddaning og’irligini eritmaning hajmiga bo’lgan nisbatidir.
Molyar ekvivalent konsentratsiya-bu erigan modda ekvivalent miqdorining eritma umumiy hajmiga (litrda) nisbatidir.
Milligramm-foiz konsentratsiya—100mg eritmada erigan moddaning milligrammdagi miqdorini korsatadi. Klinika laboratoriyalarida qon, qon zardobi va boshqalarni miqdoriy taxlil qilish uchun ishlatiladi.
Mikrogramm foiz konsentratsiyada esa qon, qon zardobi va boshqalarda microelement, vitamin, garmonlarning konsentratsiyasi ifodalanadi.
Gazlarning suvda eruvchanligini ta`riflovchi qonunlar
Har xil konsentratsiyali eritmalar chegarasida erituvchi molekulalarining yarim otkazgich membrana orqali bir tomonlama diffuziyasi osmos deyiladi.
Osmos vaqtida erigan modda zarrachalarining idish devorlariga ko`rsatayotgan bosimi osmotik bosim deyiladi, ya`ni bu osmosga qarshilik qilishda vujudga keladigan bosimdir.
Osmotik bosimning qiymati Vant-Goff qonuni yordamida hisoblanadi.