TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
TIBBIY VA BIOLOGIK KIMYO KAFEDRASIDA
O‘TKAZILGAN MA’NAVIYAT SOATI
BAYONNOMASI № 22
Toshkent sh. 11.02.2022yil
QATNASHDILAR: Rais – kafedra mudiri, D.X.Tursunov. professorlar: R.A.Sabirova,F.X.Inoyatova, .M.Masharipov; dotsentlar: M.P.Alimuxamedova, X.S.Tojieva,A.T.Ergashov, N.X. Muxamedova, D.M.Azizova; katta o‘qituvchilar: Galieva Z.I., YUsupxodjaeva X.S., O.X.Muydinov, Omonov A.A., M.S.Xayitov, assistentlar: To‘raeva G., Karimova N.M., Aslanova A.X. SHotursunova M.A., Tojiboeva I.M., Abdullaeva M.T. Islamova N.U., Babaeva G.O., magistrutura, 2 bosqich talabalari.
KUN MAVZUSI: “IKKINCHI RENESSANS HODISASINING YIRIK NAMOYANDASI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HAYOTI VA FAOLIYATI”
Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi va ijodining jahon tarixi, adabiyoti, san’ati va ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rni, Bobur she’riyati janriy tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, “Boburnoma” asarining o‘zbek nasri taraqqiyotidagi mavqei, g‘oyaviy-badiiy-ilmiy jihatdan o‘ziga xosligi, qomusiy harakteri, o‘zbek va jahon adabiyotshunosligida Bobur hayoti va ijodi keng o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da tilga olingan yoshlarni aqlan, yetuk, ma’nan barkamol qilib tarbiyalash maqsadida Bobur shaxsi va ijodini o‘rganish, uni yoshlar ongiga singdirish, namuna qilib ko‘rsatish bugungi dolzarb masalalardan.Avvalo, yuksak badiiy mahorat egasi, yetuk shoir sifatida e’tirof etiluvchi Bobur she’riyatining mavzu ko’lami, unda Vatan va xalq manfaatlarining ulug’lanishi, ma’naviy-axloqiy masalalarning mahorat bilan kuylanganligi kabi masalalarni ochib berish orqali yoshlar ma’naviy olamini boyitish, Vatanga, adabiyot va san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash juda muhim. Shularni hisobga olgan holda, XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movarounnaxrda ijtimoiy-siyosiy, adabiy muhit va unda Boburning tutgan o’rni, Bobur hayot yo‘li va ijodining adabiyotshunoslikda o‘rganilishi, Boburning ijodiy merosi, she’rlarining janriy tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, “Vaqoe’” – “Boburnoma”ning qomusiy asar ekanligi masalalarini bugungi kun nuqtai nazaridan baholash oldimizda turgan eng ulkan vazifalardan.
Bobur hayoti va ijodi shu kungacha adabiyotshunoslar, tilshunoslar, tarixchilar, geograflar va fanning boshqa soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilib kelindi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,
IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
MA’LUMOTLAR
2022-2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
https://uza.uz/oz/posts/2022-2026-yillarga-moljallangan-yangi-ozbekistonning-taraqqiyot-strategiyasi-togrisida_342151
INSONPARVARLIKNING YUKSAK NAMUNASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
https://uza.uz/oz/posts/insonparvarlikning-yuksak-namunasi_342294
MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
https://uza.uz/oz/posts/madaniyat-va-sanat-sohasini-yanada-rivojlantirishga-doir-qoshimcha-chora-tadbirlar-togrisida_343485
Kafedra mudiri : Tursunov D.X.
Kafedra ma’naviyat va
ma’rifat ishlariga ma’sul: Yusufxodjayeva X.S
Do'stlaringiz bilan baham: |