Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish



Download 387,5 Kb.
bet7/8
Sana29.12.2021
Hajmi387,5 Kb.
#76023
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
шарқаллома

Bеruniy haqida ma'lumot.

(973—1048)



Beruniy (tulik ismi — Abu Rayxon Beruniy Muhammad ibn Axmad)- urta asrning buyuk komuschi olimi. U Xorazm o’lkasining Kiyot shaxrida tugilgan. Kiyot Amudaryoning ung qirg’og’i - xozirgi Beruniy shaxrining urnida bulgan, u yaqin vaktlargacha Shobboz deb atalgan.

Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshox Abu Abdullox Muhammad ibn Axmad ibn Iroq xisoblanadi. Xorazmshoxning jiyani- amakisining o’g’li Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi.

Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar - astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va minerologiya edi. U o’zining «Geodeziya» asarida 990 yil Kiyot shaxrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Ma’lumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan etarlicha bilimga ega bo’lish lozim.

995 yil Kiyotni Xorazmning ikkinchi poytaxti Gurganj (Urganch)ning amiri Ma’mun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Ma’munning gazabidan qochib, Ray shaxriga (xozirgi Texron yaqinida) keladi. U Rayda mashxur olim-matematik va astronom al-Xujandiy, tabib va faylasuf ar- Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda o’zining «Al-Faxriy sekstanta» risolasini yozadi.

997 yil Beruniy Kiyotga qaytdi. Bu davrda Xorazmda o’zgarishlar bo’lib, Ma’mun vafot etib, uning o’rniga Ali ibn Ma’mun taxtga chiqqan edi.

998 yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004 yilgacha yashadi.Uzining o’nbeshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning «Kadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar» asari 1000- yil atrofida shu yerda yozilgan.

1004 yil baxorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masixiy, tabib al- Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005 yil baxorida buxorolik mashxur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keldi.

Gurganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning ba’zi masalalari bilan shug’ullandi. Minerallarni aniqlash, ularni sistemaga solishda solishtirma og’irliklardan foydalanish goyasi ham mana shu yerda tugildi. 1017 yil yozida Maxmud Gaznaviy Xorazmni bosib oldi. Gaznaviyning buyrugiga ko’ra Beruniy asir sifatida Gaznaga olib ketildi. U yerda og’ir sharoitda yashadi. 1019 yildan keyin ilmiy ish bilan shugullanish sharoitiga erishdi.

1022-1024 yillar Maxmud Xindistonga kilgan yurishida Beruniyni o’zi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shugullandi. U Panjobdagi Nandna kal’asi yonida yer shari meridiani bir gradusining uzunligini o’lchadi va u 110,895 km ekanini aniqladi. Bu ma’lumot xozirgi zamon ulchashlari natijasi-111,1 km bilan taqqoslansa. Beruniy o’lchashlarining aniqligi qay darajada ekani ko’rinadi. U Xindistonda bo’lajak asari «Xindiston tarixi» uchun material yigdi va uni 1030 yil yozib tugatdi. Usha yili Maxmud vafot etdi va uning o’rniga o’g’li Mas’ud taxtga chiqdi. Mas’ud Beruniyga ko’p iltifotlar ko’rsatdi. Shu sababli, Beruniy o’zining shox asarini Mas’udga bag’ishlab «Qonuni Mas’udiy» deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid bo’lsa ham Beruniyning matematikaga oid, ya’ni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan.

Beruniyning matematikaga va fanning boshqa soxalariga qo’shgan xissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko’rish mumkin. Ulardan eng yiriklari- «Xindiston». «Yodgorliklar», «Qonuni Mas’udiy», «Geodeziya», «Minerologiya» va «Astronomiya». Qo’lganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari - 22 ta; astronomik asboblar xaqida -10 ta; astrologiklari -21 ta; turli fanlar (fizika, minerologiya. adabiyot, tarix va boijalar)-38 ta; turli tillardan tarjima asarlar - 21 ta.

Afsuski, Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha etib kelgan. Beruniy Gaznada vafot etgan.

Bеruniy masalasi. 9 sinfda gеomеtrik progrеssiyalarni o’rganayotganimizda qo’l kеladi. U o’zining «Yodgorliklar» asarining «Bir erani ikkinchi era yordamida risoblash» dеgan bo’limida birinchi radi 1 va maxrajni 2 ga tеng bo’lgan gеomеtrik progrеssiya 64 xadining yigindisini risoblaydi. Bundan oldin u ikki qoidani kеltirib o’tadi. 1. Shaxmat taxtasidagi birorta katakdagi (jami 64 ta) sonni o’ziga ko’paytirsak, rosil bo’lgan ko’paytma ko’payuvchi son turgan katak birinchi katakdan qancha uzoqda bo’lsa, shu katakdan ushancha uzoqda turgan katak soni rosil bo’ladi. M: 5 katakdagi 16 ni 16*16=256 dеsak bu son 9 katakda bo’ladi. Ya'ni 5-1=9-5 katakda bo’ladi. Bеruniyning bu qoidasi gеomеtrik progrеssiyaning o’rta radini topish raqidadir.

2. «Agar biror katakdagi, sondan bir ayrilsa, qolgan son o’sha katakdan oldingi hamma kataklardagi sonlarning yig’indisiga tеng bo’ladi».



М: а6112345, яъни 32-1=1+2+4+8+16=31


Download 387,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish