Al-Xorazmiy haqida ma'lumot.
Xorazmiyning tulik ismi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, uning tugilgan va vafot etgan yillari xaqida aniq ma’lumotga ega emasmiz. U O’rtal Osiyolik mashxur matematik va astronom. Ba’zi manbalarda kursatilishicha, Xorazmiy Xorazm (Xiva)da 783 yil tug’ilib, 850 yil Bag’dod (Irok)da vafot etgan.
Xorazmiy qanday oilada tugilgan, dastlabki ma’lumotni kimdan va qaerda olgani ham noma’lum. Xorazmiyning tarjimai xoli bilan shugullangan olimlarning fikri turlicha. Masalan, T.I.Raynov «Uzbekistonning buyoq olimlari» nomli kitobida: «Afsuski, al-Xorazmiyning ta’lim-tarbiyasi xaqida xech narsa ma’lum emas. U bilimni o’z uyida olganmi yoki boshqa yerda olganmi, buni aytish qiyin. Extimol, u o’qishni Xorazmda boshlab, uni Bagdodda tugallagandir», — deb yozadi.
Tabiiy fanlar targibotchisi I.Depman va fan tarixchisi M. Isxokovlar «Muhammad Xorazmiy» degan maqolada quyidagilarni yozadi:
«Xorazmiy o’qish, yozish va sanashni maxalliy diniy maktab - madrasada o’rgandi. U shaxarda birinchi o’quvchi edi. U ilmiy masalalarni uz o’qituvchilaridan yaxshiroq tushunar, juda ko’p o’qir, o’z ustida tinimsiz ishlar, madrasaning majburiy darsliklari bilan chegaralanib qolmas edi...».
Bu aytilganlardan Xorazmiy buyk iste’dod egasi ekani ko’rinadi.
Ammo uning yoshlik davri Xorazmni arablar zabt etgan, Xorazm o’z boshidan tushkunlikni kechirayotgan davrga to’g’ri keladi.
Xorazmiydan keyin yashagan xorazmlik olim Beruniy arab istilochilari Xorazmning milliy madaniyatini yoq qilib yuborganini, kitoblarni kuydirganini, olimlarni o’zlari bilan olib ketgani, buysunmaganlarini esa o’ldirishganini yozadi. Beruniy Xorazmning eski urf-odati, ilm-fanini aks ettiruvchi birorta ham ma’lumot qolmaganidan, odamlarning savodsizlashib ketganidan afsuslanib bunday yozadi:
«Kutayba ibn Muslim al-Boxiliy xorazmliklarning kitoblarini xalok etib, bilimdonlarini uldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli, ular savodsiz bo’lib qolib, o’z extiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar»
Shu sababli bo’lsa kerak Xorazmiy VIII asr oxirida Bag’dodga keladi. Bu asrning o’rtallarida davlat boshiga abbosiylar kelgan va sharkiy arab xalifaligida (poytaxti Bagdod) xayot o’z iziga tusha boshlagan edi. Bagdodga turli kasb egalari, olimlar to’plana boshlashdi. Fanning rivojlanishi Xorun ar-Rashid (786—809) va uning ugli al- Ma’mun xalifalik qilgan (813— 833) davrga to’gri keladi.
Al-Ma’mun Bagdodda «Bayt al-xikmat» («Donishmandlar uyi»)ni kurdiradi. «Donishmandlar uyi» koshida yaxshi jixozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Uni o’z davrining Fanlar Akademiyasi deb atash mumkin edi.
Xorazmiy Bagdodga kelgach, ilmiy tekshirish ishlari bilan shugullanadi. Kadimgi yunon matematiklari Evklid, Arximed va Apolloniylarning hamda qadimgi xind astronom va matematiklarining ishlarini qunt bilan o’rganadi. Uning Bagdoddagi dastlabki ishi xindlarning «Sindxanta» nomli astronomik asarining arabcha tarjimasini taxrir qilish bo’ldi.
Tez orada Xorazmiy matematika, astronomiya, geografiya, tarix va tabobat ilmi buyicha butun O’rtal Sharkda shuxrat qozondi. U «Bayt al-xikmat»dagi kutubxona, rasaxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga raxbarlik qildi». Agar «Donishmandlar uyi»ni Fanlar Akademiyasi desak, u xolda Xorazmiy o’sha Akademiyaning prezidenti lavozimida edi.
Ma’lumki, arablar zabt etgan mamlakatlardan chiqqan olimlar o’z asarlarini arab tilida yozishgan. Xorazmiy ham o’zining arifmetika, algebra, astronomiya, geografiya, tarix, tibbiyot va boshqa soxalarga doyr asarlarini arab tilida yozgan, chunki bu davrda Yaqin va O’rta Sharqda fan tili arab tili edi.
Xorazmiyning matematikani rivojlantirishga qo’shgan xissasi beqiyos. Uning «Xind xisobi» nomli risolasi unli sistema raqamlari (0,1,2,3 4,5,6,7,8,9)ga bagishlangan. Xorazmiy Xindistonda kashf etilgan bu raqamlarni soddalashtirdi va birinchi bor arab tilida bayon etdi. Bu raqamlar XI asrda Xorazmiyning risolasi tufayli xindlardan arablarga, keyinroq Evropaga o’tdi.
Xorazmiy algebra fanining asoschisi xisoblanadi. «Algebra» termini uning «Al- jabr val-mukobala» nomli asaridagi «al-jabr» so’zining lotincha yozilishidan kelib chiqqan.
Bu asarida Xorazmiy birinchi bo’lib, chiziqni va kvadratik tenglamalarni sinflarga ajratdi va ularni yechish usullarini kursatib berdi,
Matematikadagi «algoritm» termini ham Xo-razmiyning nomi bilan bog’liq u «al- Xorazmiy» yoki lotincha «Algaritm» so’zidan kelib chiqqan.
Xorazmiy o’rta asr Sharqida yaratilgan eng birinchi zij - matematik va astronomik jadvallarning muallifi. U geografiyaga doyr «Er surati» nomli asar yozgan. Bu asar Xorazmiy tomonidan chizilgan bir nechta karta va unga yozilgan sharxlardan iborat. Amerikalik sharqshunos D.Sarton Xorazmiyni «Barcha zamonlarning eng buyoq matematiklaridan biridir» deb ta’riflaydi.
Al-Xorazmiyning quyidagi masalalarini 8 sinfda kvadrat tеnglamalar mavzusiga misol tariqasida kiritsak bo’ladi. Shu bilan birga Misrlik olim Abu Komil masalasini, Umar Rayyom masalasini ham kvadrat tеnglamalar mavzusiga kiritamiz. Al – Xorazmiy masalalari.
Kvadratlar ildizga tеng, ya'ni cx2=bx c,b- musbat sonlar
М: х2=5х х=5, х2=25
2. Kvadratlar songa tеng, ya'ni
сх2=а; а,с-musbat sonlar М: 5х2=80, х2 =16, х=4
3. Ildizlar songa tеng, ya'ni
М: х=3, х2=9, 1,5х=10, х=20, х2=400
2 . Kvadratlar va ildizlar yig’indisi songa tеng, ya'ni а х2 + вх=с. M: х2 + 10 х =39ni quyidagicha yozgan.
Bu tеnglamaning ikkinchi yasashga ko’ra еchimi: katta kvadrat yuzi 39+( )2=64 ga tеng. Uning tomoni х+ =8 bundan х=3.
Bu holdagi gеomеtrik yasashga quyidagi algеbralik almashtirish mos kеladi. х2 +pх=q; x2+2* x+( )2=q+( )2
Xorazmiy manfiy еchimlarni e'tiborga olmagan. Xorazmiy bеshinchi kononik ko’rinishga mansub. x2+q=px tеnglamani еchadi, еchimi
U diskriminant nol bo’lganda х=р/ 2 holni ham birinchi eslatib o’tadi. ( )2
Al-Xorazmiy masalasi. Gеomеtriya fanida uchburchakka yasalgan kеsimlarni topishga misol tariqasida ishlatsak bo’ladi.
Uchburchakli еr maydonning tomonlari o’n va o’n gaz, asosi o’n ikki gaz; uning ichida kvadrat еr maydoni bor. Eng katta kvadrat tomonlari qanday. Al-Xorazmiy masala еchimini so’z orqali ko’rsatgan. Biz uni rozirgi bеlgilashlarda еchamiz. Katta uchburchak balandligi
yuziS= .12.8=48kvadrat tomonini x dеsak, yuzi x2. Yon tomonidagi kichik uchburchaklar yuzi: *(6- )*х=3х- х2 1/2(8-х)*х=4х-1/2х2; bularning hammasi yig’indisi48=2*(3х- 1х2)+4х- +х2
bundan 10х=48; х=
Do'stlaringiz bilan baham: |