Toshkent «noshir» 2017


Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar va ularning xususiyatlari



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar va ularning xususiyatlari.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning umumiy tushunchasi
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari
— o‘z egalarining bosh-
qa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majbu-
riyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emi-
tentning optsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar
va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli
qog‘ozlar
Hosila qimmatli qog‘ozlar (HQQ) – bu shartnomalar
bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli qog‘ozlarning
ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda
sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi.
Ko‘pincha bazis aktivi (ya’ni shartnoma asosida yotuvchi


34
35
qimmatli qogoz) sifatida aksiyalar va obligatsiyalar ishtirok
etadi.
O‘zbekistonda hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va
ular muomalada bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularning muomalada
bo‘lishi haqidagi Nizomga muvofiq respublika hududida
faqat ularning negizida akdiyadorlik jamiyatlarining qimmatli
qog‘ozlari yotadigan hosila qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi
mumkin. Mazkur hosila qimmatli qog‘ozlarning emissiya
risolasi davlat ro‘yxatidan o‘tishi va belgilangan tartibda
ro‘yxatga olish raqamiga ega bo‘lishi lozim.
Hosila qimmatli qog‘ozlarning emitenti – bu HQQni
chiqaruvchi va ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining oldida
ular bo‘yicha o‘z nomidan majburiyatga ega bo‘lgan yuridik
shaxsdir. Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi
qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan emitentning bosh-
qaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi.
Hosila qimmatli qog‘ozlar naqd hamda naqdsiz shakllarda
chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shaklda chiqarilgan hollarda
ular global sertifikat HQQning naqdsiz shaklidagi butun
nashrini (yoki bir qismini) tasdiqlovchi va depozitariyda
saqlanadigan, shuningdek, bir martalik sertifikat uchun talab
etiladigan barcha rekvizitlar, HQQ nashri emissiyasi va muo-
malasining umumiy shartlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat
bilan rasmiylashtiriladi.
Hosila qimmatli qog‘ozlar sinflarga va seriyalarga bo‘-
linishi mumkin.
Sinf – bu uning negizida bitta bazis aktivi yotadigan bir
turidagi hosila qimmatli qogozidir.
Seriya – bu ijro bahosi va amal qilish muddati bir xil
bo‘lgan bir sinfning hosila qimmatli qog‘ozlaridir.
Hosila qimmatli qog‘oz bazis aktivining sertifikatsiyasi
qimmatli qog‘ozning turi, xili, toifasi, uning nominal qiymati,
bir donasining narxi, miqdori, emitenti, umumiy qiymati
haqidagi axborotni va boshqa ayrim ma’lumotlarni o‘z ichiga
olishi kerak.
Hosila qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi muddatini ke-
chiktirishga; bitim rasmiylashtirilayotgan yilda sotuvchining
mulki bo‘lmagan hosila qimmatli qog‘ozlarning sotilishiga,
shuningdek, HQQning amal qilish muddati tugayotgan kunda
ularning sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish