Amerika fond birjasining bozor qiymatli indeksi
(AMEX Market Value Index)
Bu indeks Amerika fond birjasida o‘z aksiyalarini kotirovka
qiladigan 100 dan ortiq kompaniyalarning faoliyatini o‘rganadi
(o‘lchaydi) va tavsiflaydi.
NASDAQ milliy savdo tizimi yig‘ma indeksi
(The NASDAQ National Market System Composity)
Ushbu indeks birjadan tashqari bozorda savdo qiluvchi
kompaniyalarning aksiyalari bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
NASDAQ indeksi Milliy birja dilerlar uyushmasini avto-
matik kotirovkalash tizimi uchun o‘rnatilgan. U 3500 ta
kompaniya aksiyalarining qiymatiga asoslanib, hisoblab
chiqariladi. Bu indeks uning o‘z tarkibiy qismlari bozor
qiymati bo‘yicha chamalab hisoblangan ko‘rsatkichdir. U
dastlab 1971-yil fevralda hisoblab chiqarilgan bo‘lib, o‘sha
davrda 100 ga teng bo‘lgan. 1984-yildan NASDAQ sanoat,
transport, moliya, sug‘urta kompaniyalari, banklar va h.k.
larning aksiyalari bo‘yicha tarmoq indekslarini chop etadi.
«Uilshir – 5000» indeksi (Wilshire 5000)
Mazkur indeks «Uilshir assoshieyts» kompaniyasi
tomonidan hisoblab chiqarilib, Amerika qimmatli qog‘ozlar
bozori tizimida chop etiladigan eng taniqli (nufuzli) indeksdir.
o‘zida birlashtirgan indeks edi. Dou-Jons yig‘ma indeksi
kabi, «Stendard end Purz» ham sanoat tarmoqlari bo‘yicha
mayda segmentlarga bo‘linib, alohida-alohida chop etiladi.
Bular – 400 ta sanoat kompaniyalari, 20 ta transport, 40 ta
moliya va 40 ta kommunal kompaniyalardir. Ular asosan
Nyu-York fond birjasida ro‘yxatga olingan (NYSEda kotirov-
ka qilinadigan barcha chiqarilgan aksiyalar bozor qiymatining
80 foizini tashkil etadi), Amerika fond birjasining kichiq
qismi va birjadan tashqari bozordagi kompaniyalardir. Dou-
Jons indeksiga nisbatan «Stendard end Purz»-500 yanada
aniqroq va ayni yilda murakkab indeks hisoblanadi, chunki
unda nisbatan ko‘proq kompaniyalarning aksiyalari taqdim
etilgan bo‘lib, buning ustiga kompaniyaning har bir aksiyasi
aksiya egalarida mavjud bo‘lgan barcha aksiyalar qiymati
kattaligiga qiyoslanib, chamalab hisoblangan.
100 (S & R 100) indeksi ham «Stendard end Purz»-500
kabi hisoblab chiqariladi, ammo u Chiqago optsionlar
birjasida optsionlari ro‘yxatga olingan kompaniyalarning
aksiyalaridan tarkib topgan. Mazkur kompaniyalarning
ko‘pchiligi o‘z aksiyalarini Nyu-York fond birjasida ham
kotirovka qiladi. «Stendard end Purz»-100 indeksi bo‘yicha
optsionlar – Chikago savdo birjasida, fyucherslar esa, Chiqago
tovar birjasida kotirovka qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |