Bo‘lsa boshdosh ba’zi holing ayla do‘sti jona sharh.
Faqiriy «Ko ‘ring» g‘azalida ishonch bilan oliyhimmat, vafodor,
sadoqatli deb o‘ylagan do‘stlari baxil va bevafo, ikki yuzlamachi, «shum
fikr», «ta’magir», «g'arazgo'y» bo‘lib chiqqanligini ta’kidlab yoshlami
do‘st tanlashda hushyorlikka da’vat etadi:
Do‘stlar, dahr ichra ba’zi oshnolarni ko‘ring,
Ba’zi yuzgo‘y, shum fikr ro‘yi siyolarni ko‘ring.
Ko‘rsa kimdin foyda, ta’rifin aylar oldida,
Bu ta’magin daqqi-yu baxti qoralarni ko‘ring.
Ko‘rmasa n afin hamisha, taxt etar boshdin-oyoq,
Ayamas, ustoz, atosin behayolarni ko‘ring.
Do‘st bo‘lsa har kishiga boimag; aslo beg‘araz,
Bu g‘arazgo‘y, to‘rba-xurjunsiz gadolarni ko‘ring...
Faqiriyning oila va turmush haqidagi g‘azallarida esa insonning
insonga bo‘lgan mehri kishiga ruhiy qanot bag‘ishlovchi, uni tarbiyalab
voyaga yetkazuvchi vosita sifatida talqin qilinadi:
Kim oqil ersa bir yor ila umrin o‘tkarur doim,
U nodondur janonni har labi xandoniga muhtoj.
Na armondur kishining bir vafolig* dilbari bo‘lsa,
531
Hamisha bo‘lsalar, bir-birining farmonig‘a muhtoj.
Murabbiy shoirning oilaviy turmush odobi va mehmondorchilik
odobi to‘g4risidagi quyidagi fikr va mulohazalari xalq mulkiga aylanib
ketganligi shubhasizdir. Shoir axloqiy-didaktik g6oyalarining qimmati
ham ana shundadir:
Kelsa mehmon tund vaqtingda, ochilg‘il gul kabi,
Xushsuxanlnk qilg‘il oldida oning bulbul kabi.
Sarf etib boru yo‘qingni ayla xizmat qul kabi,
G ar musibat tushsa ham ranging sovutma qul kabi.
Yoki:
Hohish tanish, xoh yot kelusun, himmatingni tut baland,
Xoh faqiru, xoh g‘ani, tutg‘il azizu arjumand.
Birga o‘n hissa natijalar ko‘rarsan chand-chand,
Ba9zilar boy kelsa xo‘b, qashshoqni qilmas pisand,
Ham yana bir sharti bordur, kelsa mehmoni xudo,
Choh bo‘lmoqqa kelur, bo‘lgach makonida judo.
Shodu xurram aylabon, ketguncha xizmat qil bajo,
BaMazon faxr etma, borisi bo‘lur armon, riyo.
Xoh kelur do‘st, xohi dushman, siyla xandonlig‘ bila,
Qil tavoze xolisanillo mardonlig‘ bila.
Bo‘lsa ham gar dushmaning, do‘st bo‘lg‘ay osonlig‘ bila,
Kina koflr fe’lli ammo, qilma nodonlig‘ bila.
Ko‘ngling ol, xullas kalom, kim bo‘lsa bo‘lsun tut adab,
Yetkurur rizqini g‘oyibdin senga ul damda rab.
Birga no‘sh et gar taom, gar to‘q esang ham labbalab,
Bil, bu ishlardur du olam obro‘yingga sabab.
Bayoniy va Faqiriyning asarlaridagi ta’lim-tarbiyaga oid boMgan
didaktik mazmundagi nasihatomuz fikrlar ilmiy-ma’rifiy va tarbiyaviy
ahamiyatga
ega
boiib,
yosh
avlodning
ongini
ocstirishga,
dunyoqarashini mukammallashtirishga, madaniy darajalarini oshirishga
yordam beradi.
XIX
asr oxiri va XX asming boshlarida Xorazmda yashab ijod
qilgan ma’rifatparvar shoirlaming umumpedagogika va didaktikaga oid
oyalarini tahlil qilib, shunga to ia ishonch hosil qilish mumkinki,
ma’rifatparvarlar umumpedagogik va didaktik masalalami talqin
qilishda bir-birlaridan ajralib tursalar-da, ulaming qarashlariga xos
umumiy tomonlar aniq koczga tashlanadi.
532
Buni feodal-xonlik tuzumiga qarshi munosabat, xalq ommasi
manfaatlarini himoya qilish, taraqqiyot va ilm-ma’rifat, yuksak axloqiy
g‘ oyalar uchun kurashga chaqirishlarida yaqqol ko‘ rishimiz mumkin.
Ayniqsa, shuni alohida qayd etish lozimki, podshoh, shoir, qomusiy
olim, ajoyib inson Muhammad Rahimxon Feruz hammadan awal o‘z
ijodining ilg‘or tomonlari bilan bizga qadrlidir. U hukmronlik qilgan
davrda Xiva xonligida yangi madrasalar, maktablar quriladi, o‘lkaning
boshqa madaniy muzofotlar, xalqlar bilan aloqasi yaxshilanadi. Bu esa
o‘z navbatida, adabiy-madaniy aloqalar va ma’rifiy-pedagogik fikrlar
rivojiga ijobiy ta’sir etganligi shubhasizdir. XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida Xorazmda Munis, Ogahiy, Komil, Mirzo, Avaz 0 ‘tar o‘g‘li,
Tabibiy, So‘fi, Bayoniy, Faqiriy kabi shoirlar yashab o‘tganlar. Xorazm
ma’rifatparvar shoirlari ijodida pok insoniy xislatlar uchun kurash,
insonning ijtimoiy burchi, surat va siyratning go‘zalligi haqida
qayg‘urish, eng yaxshi fazilatlami targ‘ib etish bosh mavzu bo‘lgan.
Ular ilmu-ma’rifat tarqatishni, yoshlami ma’naviy kamolotini shior etib
ma’rifiy-didaktik asarlar yaratganlarki, bu g‘oyalar o‘zidan keyingi
ma’rifatparvar shoirlar Mutrib, Devoniy, Chokar, Safo Muanniy
ijodida ham rivoj topdi. Chunonchi, Mutrib bir masnaviysida
<(Behunar, beilm odam»larning «xalq ichra e'tibor» topmasligini alo-
hida uqtirib, yoshlami ilm olishga chorlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |