“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga zaruriyat nimadan iborat edi?
Mamlakatimizda yaqin kungacha davlat xaridlari sohasi 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinardi, bunda yaxlit tizim mavjud emas edi. Buning oqibatida esa ba’zan huquqiy jihatdan bir-birini rad etuvchi holatlar ham vujudga kelgan. Ayrim holatlarda esa takrorlovchi tartib-taomillar korrupsiyaga sharoit yaratgan va ko‘p vaqt yo‘qotishga sabab bo‘lgan.
Bu kabi muammolarning oldini olish, davlat xaridlarini tartibga soluvchi yagona va yaxlit normativ-huquqiy bazani shakllantirish hamda uni bir xilda qo‘llash maqsadida 2018 yil 9 aprelda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
12 bob, 79 moddadan iborat ushbu Qonun davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini ta’minlaydi, davlat byudjeti, markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar mablag‘laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi.
Qonun davlat xaridlarini amalga oshirishning amaldagi tajribasini hamda xalqaro tajribani, jumladan, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha Komissiyasining (YuNSITRAL) model qonunchiligining asosiy qoidalarini, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlar qonunchiligini hisobga olgan. Qonun loyihasi xalqaro tashkilotlar, ekspert va biznes-hamjamiyati, vazirlik va idoralar vakillari bilan muhokamalardan o‘tkazilgan.
Qonun bilan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda birinchi bor yagona yetkazib beruvchidan xaridni amalga oshirish tartib-taomili turi, davlat xaridlarini o‘tkazish uchun Odob-axloq qoidalarini qabul qilish va davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan yuqori texnologik va innovasion ishlab chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning saqlanishi hisobga olinishi kabi normalar xarid amaliyotiga kiritildi.
Xarid tizimida davlat buyurtmachisining ikkita kategoriyalari birlashtirildi. Bular - byudjet buyurtmachilari (davlat organlari; byudjet tashkilotlari; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘larini oluvchilar; davlat maqsadli jamg‘armalari) hamda korporativ buyurtmachilar (davlat korxonalari; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar; ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar).
lgari davlat xaridlarining barcha tartib-taomili(turi) uchun shartnoma summalari ma’lum bir ekvivalentdagi AQSH dollari bilan mezonlangan bo‘lsa, endi ular quyidagicha joriy vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bo‘ldi.
Davlat xaridlari tizimida vakolatli organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi belgilandi. (2019 yil yanvar oyidan buyon Moliya vazirligi) Ilgari davlat xaridlari sohasida vakolatli organ mavjud emas edi. Faqat elektron auksion savdolar bo‘yicha Hukumat Komissiyasi faoliyat yuritardi,xolos.
Қонун билан киритилган яна бир янгилик бу давлат харидлари соҳасидаги шикоятларни кўриб чиқиш бўйича махсус комиссияни шакллантирилганлигидир. Давлат харидлари соҳасидаги шикоятларни кўриб чиқиш бўйича тузилган Комиссиянинг фаолияти харидларнинг барча турларига тадбиқ этилади. Илгари давлат харидларини назорат қилиш масаласи тартибга солинмаган, низо ва келишмовчиликлар фақат электрон савдолар бўйича махсус комиссия томонидан кўриб чиқилган. Эндиликда шикоятларни кўриб чиқиш бўйича махсус комиссияга шикоятни қисқа давр мобайнида давлат буюртмачиси ва иштирокчининг иштирокида кўриб чиқиш, ҳамда шикоят олинганидан кейин етти иш куни ичида қарор чиқариши ва ахборотни махсус ахборот порталига жойлаштириш вазифаси юклатилди.
Yunsitral “Tovarlar va xizmatlarni sotib olish to‘g‘risida” qonuni 1994 yil BMTning xalqaro savdo huquqi Komissiyasining 27-sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, u bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat va jamoat uchun xaridni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘zida mujassamlashtiradi.
Ushbu qonun, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatlarda, xususan, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida davlat buyurtmasini joylashtirish bo‘yicha model sifatida ishlab chiqilgan.
Yunsitral shakliy qonunidan ko‘zlangan maqsad raqobatni maksimal darajada rivojlantirish, davlat xaridini amalga oshirishda mol yetkazib beruvchilarga nisbatan adolatli munosabatni ta’minlash, xarid jaryonini ochiqliligi hamda ob’yektivligini oshirishdan iborat. Mazkur qonun, milliy xavfsizlik va mudofaa sohalaridan tashqari, barcha sohalarda xaridni amalga oshirish uchun qo‘llashni nazarda tutadi.
Mazkur hujjatning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
Ochiqlilik va shaffoflik qismida – xarid to‘g‘risida yozma shakldagi hisobot yuritilishi, shuningdek, davlat burtmachisining shartnomani tuzishi haqida ommaviy e’lon qilishi;
Kvalifikasiya qism bo‘yicha – mol yetkazib beruvchilar kvalifikasiyasga bo‘lgan talablarni tartibga solish, ular kvalifikasiyasini o‘rganish jarayoni va tartibi, shuningdek, birlamchi kvalifikasion tanlovlarni amalga oshirish tartibi;
Jaryonni amalga oshirish sifatida – ochiq tanlov xaridni amalga oshirishning asosiy usuli ekanligi; oddiy mahsulotlar uchun, nafaqat ochiq, balki yopiq tanlov yo‘li bilan, ya’ni kotirovka so‘rovnomasi va yagona mol yetkazib beruvchidan xarid qilish; ikki bosqichli tanlov o‘tkazish, raqobatli muzokara olib borish, murakkab mahsulotni yoki maslahat xizmatlarni sotib olish uchun taklif so‘rovnomasi;
Ochiq tanlov jarayoni: savdo to‘g‘risida e’lon nashr etish; potensial mol yetkazib beruvchilarga tanlov shartlarini yetkazish; tanlov arizalarini tayyorlash, zaruriy o‘zgartirishlar va tushuntirishlar kiritish; tanlov arizalarini berish; tanlov arizalarini ishtirokchilar oldida ochish; arizani baholash; arizani qabul qilish va mol yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomani qonuniy kuchga kirishi; Qonun xaridning boshqa turlarini amalga oshirishni detallashtirgan holda keltirib o‘tadi.
Yuzaga keladigan munozaralarni hal etish bo‘limida, mol yetkazib beruvchini davlat buyurtmasini joylashtirishi bo‘yicha yuzaga keladigan nizolarni ma’muriy, sud organlari orqali hal etish mumkinligi aks ettirilgan.
Xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi bo‘yicha shartnoma. 1994 yilda ko‘p tomonlama savdo muzokaralarining Uruguvay raundida qabul qilingan Hukumat xaridi bo‘yicha Kelishuv (Agreement on Government Procurement), o‘z ahamiyatiga ko‘ra, ikkinchi muhim xalqaro hujjat hisoblanadi. U Savdo va tariflar buyicha umumiy shartnomaning (GATT) muhim elementi hisoblanadi va Xalqaro savdo tashkilotiga(XST) ishtirok etish doirasida mamlakatlar tomonidan imzo chekiladi. Hukumat xaridi bo‘yicha Shartnomani imzolash XSTga kirishning sharti hisoblanmasada, ammo keyingi yillarda XSTning yirik ishtirokchilari bo‘lgan AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Isroil, Yaponiya, Shveysariya kabi mamlakatlar nomzod mamlakatlar uchun ushbu hujjatni imzolanishini ikki yoqlama muzokoralarning sharti sifatida qo‘ymoqdalar. Ammo, 2008 yilga kelib, XSTga a’zo bo‘lgan 152 ta davlatdan faqatgina 39 tasi Hukumat xaridi bo’yicha mazkur Shartnomani imzolaganlar.
Hukumat xaridi Shartnomasiga ko‘ra davlat xaridini joylashtirishning uchta shakli keltirilgan: ochiq, tanlanma, chegaralangan. Agar savdoda barcha qiziqish bildirgan tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar ishtirok etishi mumkin bo‘lsa, bunday jarayon ochiq hisoblanadi. Agar savdoda faqatgina sotib oluvchi tashkilot tomonidan taklif olgan mol yetkazib beruvchilar ishtirok etadigan bo‘lsa, bunday jarayon tanlanma deyiladi. Chegaralangan jarayonda sotib oluvchi tashkilot tovar va xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilot bilan shartnomada kelishilgan shartlar asosida alohida aloqa o‘rnatadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |