Indeksatsiya
- bu fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha davlat
umumsiyosatining bir turi bo’lib, aholining, ayniqsa qashshoq qatlamdagi
fuqarolar
(pensionerlar,
nogironlar,
ko’p
bolali
oilalar,
shuningdek
stipendiatlar)ning pul daromadlarini va ularning sotib olish qobiliyatini saqlab
qolishga qaratilgan.
Indeksatsiya bir yo’lakay beriladigan ish haqi, nafaqa, stipendiya va boshqa
turdagi daromadlarning darajalarini qayta ko’rish yo’li bilan ham bajarilishi
mumkin. Indeksatsiya ob’ekti bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: pensiyalar;
stipendiyalar; sotsial nafaqalar (ko’p bolali oilalarga, ishsizlarga, vaqtinchalik ish
300
qobiliyatini yo’qotganlarga va boshqalar.); mulk shaklidan qat’iy nazar barcha
korxona, muassasa va tashkilotlarda band bo’lgan xodimlarning ish haqi; xalq
bankiga qo’yilgan omonat pullar; davlat zayomlari va boshqa qimmatli qog’ozlar
va boshq.
Indeksatsiyani amalga oshirishda iste’mol buyumlariga bo’lgan baho indeksi
asos qilib olinadi.
Jahon amaliyotida asosan ikki usulda indeksatsiya qilish ma’lum: avtomatik;
yarimavtomatik (shartnoma asosida).
Avtomatik usulda
ish haqi bahoning o’sishi sur’atiga qarab mutanosib
ravishda oshiriladi va aholining zarar ko’rgan daromad qismi to’la qoplanadi.
Ammo bu usul ish haqining samarali tashkil qilinishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi,
chunki bunda ish haqining oshishi mehnat unudorligi bilan bog’lanmagan holda
bajariladi.
Yarim avtomatik usulning
mohiyati quyidagidan iborat: bahoning
oshishini hisobga olgan holda ish haqini qanchaga oshirish uchta tomon ishtirokida
(davlat, kasaba uyushmalari va ishlovchilar) shartnoma tuzish yo’li bilan echiladi.
Bu usul jahon umumiy bozorida qatnashuvchi mamlakatlarda kengroq qo’llaniladi.
Indeksatsiyani amalga oshirishda eng kam iste’mol savati tarkibini aniqlash
zaruriyati tug’iladi. Bu savatning o’zi juda shartli qilib olinadi. Insonga zarur
bo’lgan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilik uchun kifoya
qiladigan hajmi «ite’mol savati» deb ataladi. Bunda gap eng zarur talablarni bir
amallab qondirish va kuchni tiklash haqida boradi, ya’ni shu narsalarsiz inson
odamlardek hayoti kechirishi amri mahol bo’lib qoladi.
Aholi daromadlarini muzlatish deganda aholi pul daromadlarining o’sishini
sekinlashtirish yoki to’xtatib qo’yishga qaratilgan siyosat hamda qo’llaniladigan
chora-tadbirlar tushuniladi. Bu siyosat ikki maqsadni ko’zlaydi: pulning bozor
muomalasiga tushishini susaytrish orqali inflyatsiyaga qarshi turish; aholi
daromadini o’stirmay davlat, korxona, tashkilotlar daromadini oshirib qo’shimcha
jamg’arma hosil qilish va shu yo’l bilan investitsiya uchun imkon berib, iqtisodiy
o’sishni ta’minlash.
301
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |