«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»
gi O’zbekiston Respublikasi qonuni,
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy
standartlari, Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab
chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarning tarkibi va moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom, yuqori tashkilotlarning
yo’riqnoma, Nizom va ko’rsatmalari; Korxonaning hisob yuritish siyosati.
Hukumat, moliya va statistik organlarining me’yoriy hujjatlari bilan bir
qatorda, o’rganilayotgan sohadagi tekshirilayotgan korxonalarning xususiyatlarini
ifodalaydigan ta’sis hujjatlariga alohida ahamiyat beriladi.
Mazkur masala bo’yicha auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
Buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga doir yo’riqnomalar va
ko’rsatmalar schyotlar rejasini qo’llashning to’g’riligi: hisobning jurnal-order
yoki jadval avtomatlashtirilgan shakllaridan qo’llaniladigan shaklni yuritish qoi-
dalariga rioya qilinishi; dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga o’z vaqtida kelib
tushishi va hujjatlar tashkil etilishi: hisob registrlarining o’z vaqtida va to’g’ri
qo’llanilishi sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga mos
kelishi: dastlabki hujjatlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish usullarining
qo’llanili-shi (ish haqi, materiallar, ishlab chiqarish xarajatlari va sh. k.) ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga olishning to’g’riligi; davr xarajatlarini hisobga
olishning to’g’riligi; ishlab chiqarishga sarflangan materiallarni baholashning
to’g’riligi; balansdagi barcha moddalarning inventarizatsiya qilinishini to’g’ri
tashkil etilishi, shuningdek, inventarizatsiyani va uning natijalarini hisob va
hisobotda o’z vaqtida hamda to’liq aks ettirilishi: bosh buxgalter tomonidan
96
materiallar, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish, buxgalterlik hisobini
tashkil etish va yuritishning qonuniyligi ustidan nazorat o’rnatilishi; banklarga,
soliq organlariga, aktsiyadorlarga va boshqalarga taqdim etiladigan balans va
boshqa hisobot shakllariga buxgalterlik hisobi ma’lumotlarining to’g’ri kelishi;
byudjet bilan hisob-kitoblarning to’g’riligi va o’z vaqtidaligi; foyda (daromad)ni
aniqlashning to’g’riligi; foydani taqsimlash va rezervlar yaratishning to’g’riligi.
Bulardan tashqari auditor quyidagilarni ham tekshirishi zarur:
buxgalteriya apparati ishining to’g’ri tashkil etilganligi;
buxgalteriya xodimlari lavozim yo’riqnomalarining mavjudligi;
bajarilgan ish uchun har bir xodim javob beradigan qilib, xizmat vazifalarining
buxgalteriya xodimlari o’rtasida taqsimlanganligi;
auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan tashkilot (firma) rahbariyati tomonidan
ishni bajaruvchi mansabdor shaxslar, ombor mudirlari, mexaniklar va
boshqalar)ning dastlabki hisobotlar va hujjatlarni taqdim etish grafigining
tasdiqlanganligi, grafikka rioya qilish ustidan nazorat o’rnatilishi va uni
buzgan aybdor shaxslarga nisbatan intizom choralari va boshqa choralarning
qo’llanilishi; buxgalteriya ichida ayrim ish turlarining bajarilish muddatlari
ko’rsatilgan, hujjatlar aylanishi grafigining borligi (ish haqi hisob-kitobi
vedomostlari, moddiy qiymatliklar harakatining yig’ma vedomosti, asosiy
vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash vedomosti, hisob
registrlarini yakuniy (yillik) hisobotlari tuzish); buxgalteriya xodimlari joriy
ish jarayonida zarur bo’lgan, tegishli qo’llanmalar, yo’riqnomalar va hisob-
kitob jadvallari bilan ta’minlanganligi;
bosh buxgalter tomonidan unga to’liq berilgan moliyaviy nazoratchilik
huquqlarining amalga oshirilishi, buxgalterlik hisobi va hisobotiga doir bosh
buxgalterning
farmoyishlari,
shuningdek,
xususan
moliya-xo’jalik
muomalalarini
rasmiylashtirish
va
talab
qilinadigan
huj-jatlar
va
ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish, korxonaning barcha xodimlari
uchun majburiyligi kabi korxonadagi ichki tartibga rioya qilinishi, yuqorida
97
ko’r-satilgan hisob, hisobot va moliyaviy nazorat masalalariga doir bosh
buxgalter farmoyishi va ko’rsatmalarining bajarilmaganligi yoki buzilganligi
uchun aybdor xodimlarga nisbatan audit o’tkazilayotgan korxona rahbariyati
tomonidan xayfsan yoki mukofotdan (to’liq yoki qisman) mahrum etish
choralarining qo’llanilishi; buxgalteriya xodimlari bilan boshqa bo’linmalar
o’rtasida o’zaro munosabatlarining to’g’ri yo’lga qo’yilganligi, bosh buxgalter
boshqa bo’linmalar rahbarlari bilan hamkorlikda audit o’tkazilayotgan
korxona moliyaviy xo’jalik hisobi, hisobo-ti ma’lumotlariga asosan tahlil
qilishi;
balansning asosiy materiallar, pul mablag’lari va hisob-kitob moddalarini
inventarizatsiya qilish; buxgalteriya hisobotlari va balanslari to’g’risidagi
Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya qilinishi; o’tkazil-gan
inventarizatsiya va uning sifati qandayligi, inventarizatsiya natijasida barcha
balans moddalari haqqoniy-ligining ta’minlanganligi;
buxgalterlik hisobi va nazoratning tashkil etilishi pul mablag’lari va material
qiymatliklar kamomadi, etishmovchiligi va noqonuniy sarflanishi va boshqa
kamchilik hamda suiste’mol qilishlarning oldini olishni ta’minlashi, dastlabki
hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish va ularning ishonarliligi ustidan puxta
nazorat o’rna-tish; xo’jalik muomalalarini, pul mablag’lari va mulklar,
material qiymatliklar mavjudligi va saqlanishini davriy inventarizatsiyasi va
to’satdan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari va shu kabilar;
tuzilgan davriy va yillik hisobotlar ma’lumotlarining buxgalterlik va statistik
hisobot ma’lumotlariga to’g’ri kelishi.
Har bir auditor, garchi bitta auditorlik tekshiruvida to’liq ishtirok etgan
bo’lsa ham, buxgalteriya hisobini tartibga solish va soliqqa tortishning mavjud
tizimida istalgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalterlik (moliyaviy) hiso-
botining u yoki bu darajadagi xatolarga yo’l qo’ymasligi o’ta murakkab
ekanligini tushunib etadi.
Auditor bunday xatolarni aniqlaganida quyidagi vazifalarni hal etishi lozim:
98
buxgalterlik hisobotidagi xatolarning bayonini yozish;
buxgalterlik hisobi va hisobotini tashkil etish hamda yuritishning qonunchilik
bilan belgilangan qoidalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari tomonidan
bilmasdan yoki ataylab buzilgan hollar aniqlanganida auditorlik tashkiloti
qanday ish tutishi xususiyatlarini aniq-lash;
buxgalteriya hisobotining ishonchliligiga ta’sir qiladi-gan xatolar auditor
tomonidan aniqlanganligi munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va
auditorlik tashkiloti mas’uliyatlarini bir-biridan ajratib belgilash;
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning buzib ko’rsatilish xavf-xatari omillarini
aniqlash.
Ko’pincha auditor audit o’tkazish chog’ida buxgalterlik (moliyaviy)
hisobotlarga qanday maqsadlarda ataylab xatolar kiritilganligini aniqlashga
urinib, unga xos bo’lmagan funktsiyalarni zimmasiga olishga harakat qiladi (balki
buxgalterlik hisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni chalg’itish uchun
g’arazli maqsadlar ko’zlangan bo’lishi mumkin).
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining buxgalterlik hisobotida xatolar
paydo bo’lishiga olib keladigan, ataylab qilingan hatti-harakatlari (yoki
loqaydliklari) to’g’risida xulosa qilish faqat vakolatli organ tomonidan amalga
oshirilishi mumkinligini auditor hisobga olishi zarur. Auditor uchun aniqlangan
xatolarning ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligini aniqlash ham muhim
hisoblanadi.
Har bir auditor o’z tajribasidan kelib chiqib, muayyan tekshiriladigan korxona
uchun buxgalterlik hisobining qaysi bo’limlari eng xatarli ekanligini yaqqol
tasavvur qilib, auditni rejalashtirishda o’z ishini shunday tarzda ehtiyotkorlik
bilan qilishi kerakki, noto’g’ri auditorlik xulosasi tuzish va taqdim qilish xavf-
xatari imkon qadar kamaysin.
Agar rahbariyatga taqdim qilingan axborotlar natijalari bo’yicha buxgalterlik
hisobotiga tegishli o’zgartishlar kiritilmagan bo’lsa, u holda auditor audit jarayonida
aniqlangan buxgalterlik hisobotidagi buzib ko’rsatilgan faktlar to’g’risidagi
99
ma’lumotlarni auditorlik xulosasiga kiritishi kerak.
Auditorlar ham, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ham,
shuni unutmasliklari zarurki, buxgalterlik hisobotlarini ataylab yoki bilmasdan
buzishlarning yuzaga kelishi uchun; shunday xatolarning oldini olish bo’yicha
choralar ko’rilmaganligi uchun; ularni bartaraf qilmaganligi yoki kechikib
to’g’rilaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari javobgardir.
Auditorlik tashkiloti esa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma
ravishda taqdim qilinadigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasida
buxgalterlik hisobotining ishonchliligi to’g’risida ob’ektiv va asoslangan fikr
bildirganligi uchun javobgar hisoblanadi.
Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim:
korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi;
ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati maqsadlariga
muvofiq ishlatilishi;
korxonada
mahsulotlarni
etkazib
berish
bo’yicha
shartnoma
majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil
etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining bajarilishini
hisobga olgan holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibga rioya
qilinishi;
mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan
yo’qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar);
chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning
bajarilishi; mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib
berganlik uchun ko’rilgan zararlar;
mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar
bajarilmasligi oqibatida ko’rilgan zararlar;
xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona
foydalanish;
korxona jamoasi maqsadlarning tizimi, har bir xodimga vazifalarning oqilona
100
taqsimlanishi;
ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga etishishda barcha xodimlar
(ishchidan tortib bosh direktorgacha) iqtisodiy manfaatlarni ta’minlaydigan
mehnatga haq to’lash tizimi;
mahsulot chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining buxgalterlik
hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi;
mahsulotlar
hisobotiga
hisobot
davrida
tayyorlanib
tugallanmagan
mahsulotlarning kiritilmaganligi va hisobotlarda boshqa qo’shib yozish hamda
chalkashliklarga yo’l qo’yilmaganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |