86
Standartga muvofiq
auditning umumiy rejasi
tuzilganidan so’ng
audit dasturi
tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur.
Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim
bo’lgan buxgalterlik hisobining barcha bo’limla-rini tekshirish, shuningdek ichki
nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha hatti-harakatlari aks
ettirilgan bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish
yuzaki bajarilmasligi lozim,
chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi,
dasturning har bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va
auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim.
№3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Au-ditorlik tanlash», №9-
«Jiddiylik va auditorlik riski», №6-«Auditni hujjatlashtirish»
va auditorlik
tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o’zaro
chambarchas bog’liq. Shunday qilib, boshqa standartlardagi talablarni
o’rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin
emas.
Auditor o’z ishini shunday
rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy)
hisobotlarini, moliya-xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini,
hamda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z
vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak.
Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
a) buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining
samaradorligi to’g’risida zarur
axborotlarni olish;
b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini
va hajmini aniqlash;
Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini
ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi:
audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi;
87
bajariladigan ishlar hajmi;
auditor qo’llaydigan usullar va amallar.
Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan
muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish
va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati
bilan muvofiqlashtirishga
imkon yaratadi.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini
aniq hisobga olish uchun eng avvalo:
auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi;
o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;
maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi;
tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi
qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning
auditga ta’sirini o’rganishi;
tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik
darajasini aniqlashi;
ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil
qilishi;
korxonaning alohida balansga
ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari,
bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini
o’rganishi;
ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi chog’ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: