88
Auditorlik tadbirlari ro’yxati
O’tka-
zish
davri
Bajaruvchi
Auditorning ish
hujjatlari
Izoxl
ar
Xujjatlarni olish
A.Nazorat vositalari testlari
1. Ichki nazorat tizimi bo’yicha test
o’tkazish (INT)
14.03.2013
Pulatov G.R.
Savolnoma
2. Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha
test o’tkazish (BHT)
14.03.2013
Pulatov G.R.
Savolnoma
3. Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun
tuzilgan hisob siyosatining tahlili
14.03.2013 Mavlonov V.T. Savolnoma
4. Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan
hisob siyosatining tahlili
14.03.2013 Mavlonov V.T. Savolnoma
5. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya
hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarning
bir xilligini tekshirish
14.03.2013 Salimov D.G.
Savolnoma
6. Auditorlik tanlash hisob-kitobi
15.03.2013
AkbarovS.I.
Xisob-kitoblar
7.Tanlab olish miqdori va tuzilishi
15.03.2013 Salimov D.G.
Xisob-kitoblar
8. Monetar tanlab olishning tuzilishi
15.03.2013 Salimov D.G.
Xisob-kitoblar
9.Stratifikatsiyali tanlab olishning
tuzilishi
15.03.2013 Salimov D.G.
Xisob-kitoblar
B.Mohiyati bo’yicha muolajalar
1. Inventarizatsiya
17.03.2013
Pulatov G.R.
Buyruk, inventarizatsiya
xujjatlari,moddiy
javobgarlik shartnomasi
2. Shartnomalarni ko’rib chiqish
(tekshirish)
18.03.2013 Mavlonov V.T. Shartnomalar, kelishuv
baennomasi
3. AV kirimi, chiqimi va hisobini
hujjatlashtirilishini to’g’ri
rasmiylashtirilganligini tekshirish
19.03.2013 Salimov D.G.
Dalolatnoma,buyruk, smeta
loixa xujjatlari
4. AV aktivlarga kiritilish
mezoniga
mosligini tekshirish
20.03.2013
Pulatov G.R.
Boshlangich xujjatlar, xisob
registrlari
5.AV baholash va kirimini hisobda qayd
etilishini qonunchiliqga va hisob
siyosatiga mosligini tekshirish
21.03.2013 Mavlonov V.T. Kabul kilish – topshirish
aktlari, inventar kartochkalar
6. AV hisobi va amortizatsiya
hisoblashni to’g’riligini va uni hisob
siyosatiga mosligini tekshirish
22.03.2013 Salimov D.G.
Asosiy vositalar
eskirishining xisob kitobi,
xisob registrlari, xisob
siyosati
7.AV ta’mirlash xarajatlarini
rasmiylashtirish va hisobini to’g’riligini
tekshirish
22.03.2013 Mavlonov V.T. xisob siyosati , buyruk,
smeta, shaxslar xisobotlari
8 Asosiy vositalarni qayta baholash va
natijalarni hisobda aks ettirilishi
23.03.2013
Pulatov G.R.
inventarizatsiya xujjatlari,
xisob registrlari
9. Sotib olingan va chiqib ketgan AV
bahosini hisob ma’lumotlari bilan
solishtirib, tekshirish
23.03.2013 Salimov D.G.
Boshlangich xujjatlar, xisob
registrlari
10.Hisobotlardagi muhim axborotlarni
oshkor qilinishini tekshirish
24.03.2013 Mavlonov V.T. Boshlangich xujjatlar, xisob
registrlari
S. Bo’lim bo’yicha yakuniy
ma’lumotlar
1.Xato va kamchiliklarning taxminiy
ro’yxati
24.03.2013
Pulatov G.R.
Xisob-kitoblar
2. Tizimli (sistemali) kamchiliklar
to’g’risida ma’lumot
24.03.2013
Pulatov G.R.
Xisob-kitoblar
3. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha
aniqlangan kamchiliklar ro’yxati
25.03.2013
AkbarovS.I.
Xisob-kitoblar
4. Audit bo’limi bo’yicha xulosa
25.03.2013
AkbarovS.I.
Xisob-kitoblar
89
Auditorlik tashkiloti rahbari
Vasikov P.N.
Auditorlik guruhi rahbari
AkbarovS.I.
Auditorlar tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va
sifatini tasdiqlaydigan, asosiy hujjatlardan bo’lib
hisoblangan, ish hujjatlarini
tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to’g’risidagi
zarur ma’lumotlar; bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim.
Xususan quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi (yoppasiga yoki
tanlab), yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv
natijasida aniqlangan
kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro’yxati;
amaldagi qonun-chilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bar-taraf
qilish usullari to’g’risida auditorning fikrlari; mijozining moliya-xo’jalik
faoliyatini yaxshilashga qaratil-gan boshqa tavsiyalar.
Shuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo’jalik
nazorat
tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko’rsatgan
holda); o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur.
Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to’plangan ma’lumotlar
ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga
muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor haqiqatan ham aynan
shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun etarli guvohliklar to’planganligini ham
baholashi zarur.
Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan
moliyaviy hisobotdagi
ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va
ikki xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim.
Auditorning ish hujjatlari maxfiy hisoblanadi. Audit yakunlanganidan so’ng
ish hujjatlarini himoyalash bo’yicha barcha zaruriy choralar ko’rilishi kerak. Ish
huj-jatlari begona shaxslarga, agar boshqa holatlar O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligida ko’zda tutilmagan bo’lsa, faqat mijoz-korxonaning
roziligi bilan
berilishi mumkin.
90
Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki
bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon
qilinadi va o’tka-ziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi
bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan
ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: