173
kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit
amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga
doir takliflarni tayyorlash;
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish
yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni
tezkorlik bilan kiritish,
ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
Ichki auditorlar o’zlarining tekshirayotgan ob’ektiga ko’ra va korxonaning
faoliyatidan kelib chiqib o’z oldiga bir qancha vazifalarni qo’yishi mumkin,
ammo ichki auditorlarning umumiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi
tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;
korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilinishini;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning holatini;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblab chiqilishi va
to’lanishini;
moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya
etilishini;
aktivlarning holatini;
ichki nazoratning holatini tekshirish va ularning monitoringini olib borish
yo’li bilan faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun
hujjatlariga muvofiqligi
yuzasidan ekspertiza o’tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda
korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya,
soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha
maslahatlar berish;
texnik topshiriqlarni
ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining
takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi
auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning
kuzatuvchi kengashiga ko’maklashish.
174
Kuzatuvchi kengash tomonidan korxona ixtisosidan
kelib chiqib qonun
hujjatlariga muvofiq tekshirishni o’tkazishning boshqa yo’nalishlari belgilanishi
mumkin.
B.A.Hasanovning ilmiy izlanishlarida ko’rsatilishicha
ichki audit
xizmatining asosiy vazifasi
korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan o’zining
Nizomi, mutaxassislik maqomi asosida korxona rahbariyatini mehnat
unumdorligini va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish bo’yicha
axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Ichki audit tizimini yaratishda quyidagi muhim tamoyillar asos qilinib
olinishi kerak.
Ichki auditning aniq maqsadga qaratilganligi tamoyili;
Ichki audit tizimining yaxlitligi va to’liqligi tamoyili;
Ichki auditning hujjatlarga asoslanganlik tamoyili;
Axborotni avtomatik tarzda qayta ishlash tamoyili;
Tezkorlik tamoyili.
O’zbekiston korxonalarida ichki audit xizmatini
tashkil qilish quyidagi
afzalliklarga ega:
Birinchidan,
korxona boshqaruv kengashiga bo’limlar ustidan samarali
nazorat o’rnatish imkonini beradi.
Ikkinchidan,
ichki auditorlar o’tkazadigan maqsadli tekshiruv va tahlilning
istiqbolli yo’nalishlarini aniqlab beradi.
Uchinchidan,
ichki auditorlar tekshiruv bilan bilan birga bosh korxona,
uning filiallaridagi moliyaviy – iqtisodiy , buxgalteriya va boshqa bo’limlar
xodimlariga maslahatlar berish vazifasini ham bajaradilar.
Ichki audit
nafaqat xususiy mulk egalari, balki kompaniyaning
menejmentiga ham zarur. Menejerlarning maqsadi – oldiga qo’yilgan
maqsadlarga erishishda samarali yo’llar orqali biznesni boshqarish. Ushbu
masalalarni ijobiy hal etish ikki masalaga bog’liq:
175
1)
Menejer boshqaruv masalalarini to’g’ri hal etish uchun etarli
ma’lumotga egaligi;
2)
Ichki auditning asosiy maqsadi – menejerlarga o’z
zimmalariga
qo’yilgan vazifani bajarishda yordam berish, ularga kompaniya aktivlarining
samarali ishlatilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: