Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish 
O’zbekiston Respublikasida davlatning tashabbusi bilan qimmatli qog’ozlar 
bozorini rivojlantirish va davlat korxonalarida korporativ boshqarish samarasini 
oshirish maqsadida ichki audit instituti shaklantirila boshlandi. 
2006 yil 27 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-475 
sonli “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora tadbirlari 
to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq 2007 yil 1 yanvardan boshlab aktivlarning balans 
qiymati 1 milliard so’mdan ko’p bo’lgan korxonalarda kuzatuv kengashlari 
tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlari
tashkil etila boshlandi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 
№215 sonli “Ustav fondida davlatning ulushi bo’lgan korxonalarni boshqarish 
samaradorligini ta’minlash va davlat mulkining mutanosib hisobini olib borish 
choralari to’g’risida”gi Qarori bilan Korxonalarda ichki audit xizmati 
to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan bo’lib, u ichki audit va auditorlar xizmat 
faoliyatini belgilovchi birinchi me’yoriy hujjatdir. Islohotlar iqtisodiyotning 
nodavlat sohasini ham qamrab oldi. O’z vaqtida “Aktsionerlik jamiyatlari va 
aktsionerlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” va “Mas’uliyati cheklangan va 
qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 


179 
Qonunlariga tegishli o’zgartirishlar kiritildi. Natijada ichki audit xizmatini 
shakllantirish zarurligi to’g’risidagi me’yoriy talablar nafaqat ustav kapitalida 
davlat ulushi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlargagina emas, balki
respublikaning boshqa yirik nodavlat korxonalariga ham taalluqli bo’lib qoldi. 
2010 yil 26 noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1438 
sonli “2011-2015 yillarda respublika bank tizimi yanada isloh qilish va 
barqarorligi oshirishning ustivor yo’nalishlari va yuqori xalqaro reyting 
ko’rsatkichlariga erishish to’g’risida”gi Qarori ichki auditorlar instituti faoliyatini 
huquqiy-me’yoriy tartibga solish uchun qo’shimcha rag’bat bo’ldi. Ushbu qaror 
bilan Respublikaning mikromoliyalashtirish sohasi va bankdan tashqari moliyaviy 
sektorini 2011-2015 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar 
tasdiqlangan bo’lib, unda Ichki auditorga malakaviy talablar hamda ichki audit 
xizmati xodimlarini sertifikatsiyalash tizimini tadbiq etishga taalluqli huquqiy-
me’yoriy hujjatlarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Hukumat 
qarori loyihasi ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan. 2011 yil 14 sentyabrda 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №258 sonli “O’zbekiston 
Respublikasi hukumatining ba’zi bir qarorlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar 
kiritish to’g’risida”gi Qarori respublikada ichki audit institutini me’yoriy tartibga 
solishni takomillashtirish bo’yicha islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi.
Qarorga muvofiq Ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom matniga ba’zi 
o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilib, ularga ko’ra ichki audit xizmatida 
ishlash uchun nomzodlarga malakaviy talablar qaytadan ko’rib chiqildi. Bu 
o’zgarishlar bo’yicha ichki audit xizmatida ishlashga da’vogarda ichki auditor 
sertifikati bo’lishi lozim. Shuningdek, ichki audit xodimlari sertifikatlash tartibi 
auditorlarning 
respublika 
professional 
jamoat 
birlashmalari 
tomonidan 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanishi 
ko’rsatilgan. 


180 
O’zbekiston Respublikasida ichki audit Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 
oktyabrdagi 215-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq ishlab chiqilgan 
“Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi. 
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit 
amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir 
takliflarni tayyorlash; 
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 
korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning 
bartaraf etilishini nazorat qilish. 
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funktsiyalari hisoblanadi: 
har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga 
muvofiq ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha tegishli tekshirishlar o’tkazish yo’li 
bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari 
bo’yicha); 
tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi 
yuzasidan ekspertiza o’tkazish; 
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda 
korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, 
bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish; 
texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining 
takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi 
auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi 
kengashiga ko’maklashish. 
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga egadir: 
ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha 
korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv 
organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning 


181 
tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va mas’ul 
shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish; 
ichki auditni o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli 
mutaxassislarini jalb etish. 
Ichki audit xizmati quyidagilarga majbur: 
ichki auditni amalga oshirishda boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya 
qilish; 
moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish; 
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya 
qilish; 
korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar 
etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol 
korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli 
yozuvni qayd etish; 
aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z 
vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish. 
Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga 
muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin. 
Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi 
kerak: 
Ichki auditorning malaka sertifikatiga ega bo’lish; 
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga 
tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga, 
oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq 
nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega 
bo’lish. 
Ichki audit xizmatiga tegishli auditor sertifikatiga ega bo’lgan uning rahbari 
boshchilik qiladi. 


182 
Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik 
smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga 
taqdim etadi. 
Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega 
bo’lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish 
vositasida saqlanishi kerak. 
Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har 
yili attestatsiyadan o’tkazilishi kerak. 
Quyidagilar ichki audit xizmati mustaqilligining asosiy shartlari hisoblanadi: 
ichki audit xizmati rahbarini va uning xodimlarini lavozimga tayinlash va 
egallab to’rgan lavozimidan ozod etish, korxona kuzatuvchi kengashining 
qarorlari bo’yicha ularga ish haqi miqdorini va boshqa to’lovlarni belgilash; 
korxona kuzatuvchi kengashiga bevosita bo’ysunish. 
Davlat tomonidan quyidagi turkumdagi korxonalarda ichki audit o’tkazilishi 
majburiy talab hisoblanadi: 

kredit tashkilotlari; 

qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari; 

notarial tashkilotlar; 

sug’urta tashkilotlari va lizing kompaniyalari; 

investitsion fondlarni boshqaruvchi tashkilotlar. 
Korxona tomonidan ichki nazorat, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 
ma’lumotlarni hujjatlashtirish tartibi, moliyaviy axborotlarni maxfiyligini 
ta’minlash hamda kadrlarga qo’yiladigan malakaviy talablarni o’zida aks etuvchi 
qonun qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Davlat organlari tomonidan majburiy moliyaviy nazoratda bo’lishi kerak 
bo’lgan operatsiyalar qonunchilik tomonidan belgilab qo’yilgan. Bunday 
operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar pul mablag’lari va boshqa mulklar bilan 
operatsiya qiladigan tashkilotlardan vakolatli organ – O’zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlarni 


183 
legallashtirishga qarshi kurash Departamenti (vakolatli organ)ga topshiriladi. 
Budan tashqari, tashkilotlar vakolatli organga, agar shunday asos bo’lsa, mazkur 
operatsiya terrorizmni moliyalashtirish yoki daromadlarni berkitish maqsadida 
foydalalaniladigan operatsiyalar (shartnomalar) bo’yicha ham ma’lumot 
topshiradilar. Quyidagilar bundan darak berishi mumkin: shartnomaning 
chalkash va odatdan tashqari tarzda bo’lib, uning yaqqol iqtisodiy ma’nosi va 
yaqqol iqtisodiy maqsadi yo’qligi; shartnoma tashkilotning ta’sis etilish hujjatlari 
ko’zda tutgan maqsadlarga nomuvofiqligi; operatsiyalar va shartnomalar bir 
necha marta amalga oshirilganda, ularning maqsadi majburiy nazoratdan chetga 
chiqish bo’lganini aniqlanishi.
Ochiq tashkilotlarda ichki nazoratni tashkil etish talablarini taqqoslash shuni 
ko’rsatadiki, ular xorijdagi me’yorlardan deyarli farqlanmaydi. 
“Ichki nazorat tizimi” termini xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali olib borish va nazorat qilish, aktivlar va 
hisobot hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, firibgarlik va xatoliklarning odini 
olish va aniqlash, buxgalteriya yozishmalarning aiqligi va to’liqligi va haqqoniy 
moliyaviy axborotning o’z vaqtida tayyorlanishi maqsadida qabul qilingan 
tashkiliy choralar, metodika va muolajalar (ichki nazorat vositalari) majmuini 
bildiradi.
Ichki nazorat tizimi bevosita buxgalteriya hisobi tizimi kiradigan masalalar 
doirasidan chetga chiqadi va nazorat muhitini o’z ichiga oladi. Nazorat muhiti 
deyilganda korxona rahbariyatining ichki nazorat tizimini o’rnatish va olib 
borishga, shuningdek ushbu tizim ahamiyatini tushunish anglanadi. Nazorat 
muhiti nazoratning konkret vositalarining samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi va o’z 
ichiga quyidagilarni oladi: 
a) korxonani boshqarish usuli va asosiy tamoyillari; 
b)korxonananing tashkiliy tarkibi; 
v)javobgarlik va vakolatlarning taqsimlanishi; 
g)amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati; 


184 
d)tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy (buxgalteriya) hisobotini 
tayyorlash tartibi; 
e)ichki boshqaruv hisobini yuritish va ichki maqsadlarda hisobotlarni 
tayyorlash tartibi; 
j)korxona xo’jalik faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligini 
ta’minlash; 
z)korxona boshqaruvi tarkibida taftish komissiyasi, ichki audit xizmatining 
mavjudligi va ular ishini tashkil etishning o’ziga xosligi.
Korxona rahbariyati o’rnatadigan

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish